Amir Temur va Temuriylar davri tarixi tarixshunosligi



Yüklə 78 Kb.
tarix25.01.2023
ölçüsü78 Kb.
#80621
Amir Temur va Temuriylar davri tarixi tarixshunosligi
Banklarni kreditlash reytingini aniqlash, Baxtiyor.uz-malumotnoma-namunasi, 1-Mavzu O’zbekiston Respublikasida ta’lim tizimini rivojlantiri, 2-ma’ruza geometrik figuralar, ularning ta’rifi, xossalari.(6-s (1)

Amir Temur va Temuriylar davri tarixi tarixshunosligi

Reja:




  1. Amir Temur davrida ma’nuriy, ijtimoiy va madaniy sohadagi o’zgarishlar.

  2. Xondamirning “Xabib us siyar” asari Temuriylar davri tarixiga oid munim manba.

  3. A. Temur va Temuriylar davri tarixining o’rganilishi.



Tayanch iboralar: Amir Temur, Temurnoma, ibn Arabshox, ibn Xaldun, Zafarnoma, SHomiy, Abdurazzok Samarkandiy, Klavixo, Ali YAzdiy,Samarkandiy,Zubdat ut-tavorix

XIV asrning o’rtalariga kelib Movarounnahrning siyosiy hayotiga Xoji Barlos bekning jiyani Amir Temur qo’shiladi. U 1336 yili Kesh shahri yaqinidagi Xo’ja Ilg’or qishlog’ida tugildi. Uning otasi Turag’ay barlos qabilasidan edi. Temur dastlab «turli beklarning qo’shinini boshqardi». 1360 yildan boshlab u 10 yil davomida goh u, goh bu feodal hukm­dor tomonida kurashdi va bir vaqtning o’zida barloslar qabilasini o’z atrofida jipslashtirib bordi. 1361 yilda u Tug’lug’ Te­mur tarafiga o’tdi va buning evaziga SHahrisabz hamda Qarshi hukmdori etib tayinlandi. Biroq, u Tug’lug’ Temurning raqibi Balx hukmdori amir Husayn bilan ittifoq tuzdi. Ular birgalikda mo’g’ullarga qarshi isyon ko’tardilar. Biroq mag’lubiyatga uchragach, O’rta Osiyoni tashlab Seyistonga qochishga majbur bo’ldilar. Seyistondagi harbiy harakatlaridan birida Temur o’ng qo’li hamda o’ng oyog’idan yaralanadi. SHundan keyin u bir umr cho’loq bo’lib qoldi va kelgusida ulkan davlat tuzgan bu zot «Temurlang» (Oqsoq Temur) laqabini oldi. 1360 yilda SHahrisabz va Qarshining begi bo’lgan amir Temur 1370 yilga kelib, ya`ni 10 yil ichida butun Movarounnahrning hukmroniga aylandi.


Ibn Arabshoh ma`lumotlaridan ko’rinadiki, Temurning otasi Turag’ay xudojo’y musulmon bo’lgan, u olim va darveshlarning, ayniqsa shayx SHamsiddin Kulor (Kulol)ning do’sti bo’lgan. Bu taqvodor zotning xoki Go’ri Amir maqbarasiga qo’yilgan yoki ko’chirilgan, Temurning yangi diniy maslahatchisi hamda homiysi Sayd Baraka umrining oxiriga qadar Temurning maslahatto’yi va ma`naviy padari bo’lib, Temur Xorazmga yurish qilganda ham ishtirok etadi. Sayd Baraka va termizlik sayidlardan so’ng ma`lum bir nufuzga, obro’-e`tiborga ega bo’lgan zotlar samarqandlik shayxul-islom Xoja Abdul-Avval va uning jiyani Xoja Isomiddin, keshlik Xoja Afzal va keshlik shayxul-islomning o’g’illarn Abdul-Homid va Abdurahmon hamda samarqandlik shayxul-islom al-Maliklardan iborat edi. Ibn Arabshohning so’zlariga ko’ra, amir Temur Zohid Zoyi al-din Abu Bakr Toyobodiyni (1381 yil-dan Xuroson ruhoniylarining etakchisi, Xuroson yonidagi Tonobod qishdog’idan chiqqan) o’zi erishgan zafarlarda katta xizmati bo’l­gan SHamsiddin Kulol va Sayd Baraka qatori homiylaridan biri deb hisoblagan.
V. V. Bartol’dning ta`kidlashicha, SHohruh davrining tarixchilari CHingizxon qonunlari oldida islom shariati yuqori mavqega erishgan bir paytda, tabiiyki, Temurning xudojo’yligini va dinga bo’lgan jonkuyarligini bo’rttirib ko’rsatishga moyil bo’lganlar. SHubhasiz, amir Temur ulamo ahlining homiysi bo’lgan, ular bilan tengma-teng muloqotlar olib borgan va ayniqsa payg’ambar avlodlariga alohida hurmat bilan qaragan: sohibqironning o’z tug’ishganlaridan tashqari uning davlatida hayoti daxlsiz hisoblangan yakkayu-yagona odamlar sayidlar bo’lgan deyish mumkin. Bundan tashqari, Hofizi Abru yozishicha, Temur dini islomni mustahkamlash uchun g’amxo’rlik qilgan, u hech qachon vaqflarning pul bilan bog’liq ishlariga aralashmas edi. Bartol’d yana bir o’rinda Temur tarixni juda yaxshi bilgan, deb yozadi. Bartol’dning bu so’zlari tarixchi Ibn Xaldunning Temur bilan bo’lgan suhbati mazmuniga suyanib yozilgan.
Temur o’zining ona tili bo’lgan turk tilidan tashqari, forsiyni ham yaxshi bilgan va bu tilda olimlar bilan suhbatlar qurgan, o’z saroyida tez-tez bo’lib turadigan «qissaxonlik» lardan olgan tarixiy bilimlari bilan tarixchi Ibn Xaldunni ham hayratda qoldirishi turgan ran edi. SHuning uchun ham jahonda taniqli bo’lgan sharqshunos V. B. Bartol’d Temurni shunday ta`riflaydi: «U shaxmat o’yiniga qiziqar va bu sohada yuqori darajaga erishgan; islom dini ta`limotining negizlarini shu darajada yaxshi bilardiki, diniy munozaralarni kuzatib borishi va ularda bemalol ishtirok etishi mumkin bo’lgan. Bularning hammasi uning harbiy mu-vaffaqiyatlariga ham yordam bergan.»
Uning amri bilan ajoyib bog’lar yaratildi, muhtasham binolar qad ko’tardi (birgina Samarqandda bunday binolar 20 mingdan oshiq edi), shaharlar, qishloqlar obod qilindi, yo’llar tiklandi, sug’orish inshootlari barpo etildi. SHarafiddin Ali YAzdiyning aytishicha, u hosil ko’tarish mum­kin bo’lgan biron bir er bulagining behuda yotishiga yo’l qo’ymagan ekan. Uning yaratuvchilik faoliyati vayrongarchilik ishlari kabi kishini lol qoldiradi. O’rta Osiyodagi ko’plab ulug’vor me`morlik yodgorliklari Temur va uning avlodlari nomi bilan bog’lik. an, to’y qozo-ninnng yuqori diametri ikki yarim metrni tashkil etadi. Unda bir yo’la 1000 oshxo’rga etarli palov damlash mumkin».
SHarafiddin Ali YAzdiyning yozishicha, Temur Samarqandga hunarmandchilik, me`morlik, fan va boshqa sohalarda foydasi tegishi mumkin bo’lgan barchani olib kelaverishni buyurgan. «U tur­li kasbdagi hunarmandlarni yig’ishga urindi», deb yozgan edi Klavixo. A. YU. YAkubovskiyning ma`lumotiga ko’ra, Samarqand­ning ishlab chiqarish qudratini oshirmoq maqsadida Temur bu erga Oltin Urda, Xuroson, Ozarbayjon, Armaniston, Fors, Mesopotamiya va boshqa viloyatlardan majburiy ravishda hunarmand­larni ko’chiradi. Tarixchilar XV asrda Samarqand aholisi etnik jihatdan rang-barangligini ta`kidlashgan.
Hunarmandlar Movarounnahr shaharlari aholisining shoirlari, qo’shiqchilari, musiqachilari, tarixchilari jam bo’lgan mad-niy qatlamiga kiradilar. Ular safida Samarqandning XV- XVI asrlardagi mutafakkirlari sovun qaynatuvchilar guruhi boshlig’i shoir Javhariy, bichiqchi Mavlono Xavofiy, tikuvchihunarmand Mavlono Mir Arg’un Homado’z, Mavlono qobuliy Gazfurush (kalava sotuvchi), Mavlono Tolo`i Kamardo’z (kamar tikuvchi), Bisotiy Samarqandiy (gilam to’quvchi usta) va boshqalar bor edi.
Temur harbiy yurishlar chog’ida jamg’argan boyligining katta qismini o’z poytaxti Samarqandni bezashga, yangi yo’llar va savdo rastalari qurishga sarfladi. Ibn Arabshohning guvohlik berishicha, Temur «dunyo savdogarlar sharofati bilan royishdir» deb hisoblaydi va nafaqat nchki, balki tashqi savdoni ham rivojlantirishga urinadi: bunda u faqat YAqin va Urta SHarq mamlakatlari emas, boshqa ko’plab mamlakatlar, jumladan Ispaniya, Frantsiya, Angliya bilan savdo aloqalarinn yaxshiladi. Bu o’rinda Samarqandning g’arbiy Ovrupo mamlakatlari bilan tashqi savdo aloqalariga tarixiy-jo’g’rofiy jihatdan baho berish kerak.
XIV-XV asrlar chegarasida Temur shaxsi zamondoshlarinnng e`tiborini jalb qilibgina qolmasdan, balki Temurning diplomat sifatidagi faoliyati ham mutaxassislar nazariga tushdi. Tarixchilar Temurning g’arbiy Ovrupo davlatlari rahbarlari bilan qilgan yozishmalari haqida salmoqli dalillarga egadir. Tarixshunoslik bu borada etarli ma`lumotlarga ega. Ammo Temur davlatining SHarq va g’arb mamlakatlari bilan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va madaniy o’zaro aloqalari tarixchilarimiz tomonidan kam o’rganilgan. Bu hol ayniqsa XV asrning boshi, Temurning Usmoniylar davlatiga qarshi g’arbga yurishi, ya`ni «etti yillik» urushiga (1399-1404) tegishlidir.
XIV asr oxirida Turkiyaning harbiy qudrati osha bordi. 1389 yildan boshlab Turkiya Bolqon yarim oroli va Ovrupo xalqlariga nisbatan bosqinchilik yurishlarini boshladi. U Serbiya, Bolgariyani bosib oldi. Vengriya (Majoristonga) tahdid qila boshla­di. Sulton Urhon va Eldirim Boyazid 1396 yili g’arbiy Ovrupo ritsarlari ustidan g’alaba Qozonib, endi Konstantinopol (Stambul)ni olishga jon-jahdi bilan tayyorlanardi. SHuning uchun Vi­zantiya imperatori Manuil va uning noibi Ioann Paleolog yor-dam so’rab, Ovrupo saroylarini aylanib chiqdi. Xalqaro miqyosda bu davr Ovrupo uchun eng murakkab davr edi.
Ba`zi mamlakatlar turklar bilan sulh tuzib o’zlarini xavfdan qutqarmoqchi bo’lardilar. Boshqalari Rim otasi boshchiligida ittifoq tuzib, g’ayridinlarga qarshi kurashmoqchi edilar. Kichik Osiyoda ikkn hukmdor Te­mur va Boyazid to’qnashishdi. Xalqaro vaziyat Temur foydasiga edi. Boyazid tomonidan mahv etilgan kichikosielik amirlar Te­mur saroyida panoh topishgan va unga xizmat qilar, Boyazidning engilishini tilar edilar. g’arbning nasroniy davlatlari: Vizan­tiya regenti (monarx o’rniga vaqtinchalik hukmdor) va Genuya hukmdori Galat, Frantsiya qiroli Karl VI, Sultoniya shahrining (SHimoliy eron) katolik doiylari missionerlari Temurdan kumak so’rashdi. Temur esa o’z navbatida Venetsiya va Stambul - Konstantinopolning dengiz kuchlarini Usmoniylar davlatiga qarshi ishlatishdan manfaatdor edi.
Imperator Manuilning Stambul - Konstantinopoldagi noibi Ioann Paleolog Temurdan yuqoridagi taklif bitilgan maktub oldi. Konstantinololdan Venetsiyaga keltirilgan bu xat bizgacha asl nusxasida emas, Italiya tarixchisi Marino Sanudo (XV- XVI asrlar) tomonidan birmuncha buzib qidingan tarjima holida etib kelgan. Tarixchi Temur xatining tarjimasini o’zining «Venetsiya hukmdorlari hayoti» kitobiga kiritgan. Bu nodir hujjatning ruscha tarjimasi ilk bor taniqli sharqshunos olim SamDD professori I. I. Umnyakov tomonidan amalga oshirilgan.
Matnning to’la tarjimasini u 1969 yili «Samarkand tarixi» kitobining I jildida e`lon qilgan.
Temur haqida birinchi rasmiy tarix u hayotligida Nizomiddin SHomiy tomonidan tuzilgan bo’lib, uning nomi ham «Zafarnoma» g’alabalar kitobi) edi. SHuni alohida ta`kidlab o’tish joizki, bu majmua Temurnnng rasmny tarixi bo’lsa-da, Nizomnddin SHomiy uni saroydan olisda yozgani uchun bizning fikrimizcha, faktlar va tarixiy jarayonlar bayonida birmuncha xolislik bor. Nizo­mnddin SHomiy va SHarafiddin Ali YAzdiy kitoblari mustaqil asarlar bo’lsa-da, ular bir-birlarini to’ldiradilar va XIV asr oxiri, XV asr boshlarida O’rta Osiyo xalqlarinnng tarixini chuqurroq o’rganish imkonini beradilar. Nizomnddin SHomiy kitobi Ovrupoda 1937 va 1956 yillari nashr etilgan bo’lsa, SHarafid­din Ali YAzdiyning «Zafarnoma» si Sovet Uzbekistoni tarixchi-lari va sharqshunoslarining katta mehnatlari tufayli 1972 yili YUNESKOning qarori bilan Temuriylar davri san`ati tarixi masalalariga bag’ishlangan xalqaro simpoziumga bag’ishlab nashr etildi.
Uzbek klassik adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy SHarafiddin Ali YAzdiy haqida uning komilligi jumlai jahon tomonidan e`tibor etilgan, deb yozgandi. SHarafiddin Ali YAzdiy YAzddan uncha uzoq bo’lmagan Taft shahrida (Eron) tug’ilgan. 1415-1435 yillari SHohruhning o’g’li, Ulug’bekning akasi Ibro­him Sulton xizmatida bo’lgan. Ibrohim Sulton SHarafiddin YAzdiyga «Zafarnoma» ni yozishda homiylik qilgan.
«Zafarnoma» O’rta Osiyo xalqlarining nodir madaniy obidasidirki u faqat O’rta Osiyoning emas, butun SHarq mamlakatlari tarixi manbai, shuning uchun u hozirda ham sharqshunos tadqiqotchilarning diqqatini o’ziga jalb qilmoqda va o’ziga xosligi, to’plangan materiallarning haqqoniyligi bilan ko’rsatilgan davr tarixiy manbalari ichida alohida o’rin tutadi. «Zafarnoma» tuzilishiga ko’ra ikki qismga bo’linadi: 1) Muqaddima, u Temur shajarasiga bag’ishlangan, unda turk urug’lari va CHingizxonning to’rt ulusi haqida umumiy ma`lumotlar beriladi, umuman, bular yuqorida sanab o’tilgan asarlarda batafsil bayon qilingan (Masalan, Rashididdin, «Jome` at-tavorix», Juvayniy, «Tarixi jahonkushan» va boshqalar). 2) Asosiy qism (Temurning o’z tarixi). Muallif ma`lumotidan ko’rinadiki, bu tarixiy asar SHarafiddin Alini saroyiga taklif qilgan SHohruhning o’g’li Ibrohim Sulton tashabbusi bilan yozilgan. SHoh o’zining bobosi haqida maxsus kitob yaratishni istadi va u 822 (1419-1420 yy.) sohibqiron Temur haqida ma`lumotlar to’plash haqida farmon berdi. Muqaddimada bu jarayon quyidagicha tasvirlangan. To’plangan ma`lumotlar shohidlarning og’zaki hikoyalari bilan taqqoslangan, so’ng SHarafiddin Ali YAzdiy bu ma`­lumotlar bilan tanishib chiqib, Ibrohim Sultonga ular haqida fikrini aytgan, shundan so’ng u «Zafarnoma» kitobini yozishga kirishgan. Muallif to’plangan ma`lumotlarni uch guruhga bo’ladi: voqealar shohidlarining hikoyalari, ikkinchi va uchinchi o’quvchilar turi va fors manbalarining bilimdonlari. Barcha sanalar, o’rinlar jug’rofiy koordinatlar va ular orasidagi masofalar Ibrohim Sulton farmoniga ko’ra har tomonlama tekshiruvdan o’tkazilib, so’ng SHarafiddin Ali YAzdiyga beriladi. Bunda muallifga ko’rsatma berilgandiki, birinchidan, badiiy nafosatli hamda tushunarli tilda bitilgan kitob bo’lsin, ikkinchidan, mu­allif hujjatga qat`iy amal qilmog’i, dastlabki bitiklardan chekinmasligi, hech narsani bo’yab-bejamasligi shart edi. SHu yo’sinda Temurning keng miqyosda rasmiy tarixi dunyoga keldi.
Xondamir ( to’liq ismi : G’iyosiddin ibn Xumomiddin Muhammad ibn Xoja Jaloliddin Muhammad ibn xoja Burhoniddin ) 1475 yili Xirotda tug’ilgan . Uning otasi Xumomiddin Muhammad o’qimishli , fozil kishi bulib , Sulton Abu Saidning ug’li Sulton Maxmud mirzoning vaziri edi.Onasi esa mashxur muarrix Mirxondning qizi bo’lgan. Xondamir Xirotda o’qib voyaga yetdi. U tarix , adabiyot , va insho ilmlarini mukammal egallab , zamonasining peshqadam olimi bo’lib yetishdi.
Xondamir tarix ilmiga ko’proq qiziqar , va bu havas u balog’atga yetgan hamono uyg’ongan edi. Buning uchun unga to’la sharoit yaratilgan edi. O’sha zamonda Xurosonda eng boy hisoblangan Navoiy kutubxonasining kaliti Xondamirning qo’liga topshirib qo’yilgan edi.Hondamir orta asr fani , xususan tarix ilmi taraqqiyotiga barakali xissa qo’shdi. U o’rta Osiyo , Eron , Afg’oniston xamda Xindistonning o’rta asrlardagi ijtimoiy –siyosiy va madaniy hayotini o’z ichiga olgan 10 ga yaqin yirik asar yaratdi. Uning ko’pgina asarlari originalligi va turli tuman faktik ma’lumotlarga boyligi bilan muhim o’rin tutadi.
“ Xulosat ul-axbor fi ahvol il- ahyor “ ( Xayirli kishilar ahvolida jahon xabarlarining xulosasi ) bu asar 1498- 1499 yillar orasida Alisher Navoining iltimosi bilan yozilgan . asar muqaddima , xotima va 10 bob ( maqoladan ) iborat bo’lib , uni Mirxondning mashxur “ Ravzat us –safo” asarining qisqartirilgan varianti deyish xam mumkin. Lekin uning Sulton Xusayin mirzo ( 1470 -1506 yillari xukmronlik qilgan ) ga bag’ishlangan o’ninchi bobi va xotimasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Asarning o’ninchi bobida Sulton Xusayin mirzo bilan Yodgor Muhammad mirzo o’rtasida bo’lgan Xuroson taxti uchun 1469- 1470 yillarda olib borilgan kurash o’z aksini topgan . Xotimada esa Xirot shahri , uning ichkari va tashqarisidagi mashhur binolar ( madrasalar. Masjidlar , honaqolar, shifoxonalar , kutubxonalar , qal’alar ) , bog’u bustonlar shuningdek , Navoiy bilan zamondosh bo’lgan mashhur shayhlar, ulamo, Olim , va shoirlar , xattot va musiqashunoslar haqida hikoya qilinadi. Binolar orasida Alisher Navoiyning nomi bilan bog’liq bo’lganlari ham oz emas. Xirotda qurilgan xonaqoh va “ Ihlosiya “ madrasasi, “ Dorushshifo “ bilim yurti , Saripuldagi ( Xirot yonida joylashgan manzilgoh) masjid shular jumlasidandir. Xirotdagi eng ulkan Jomiy masjidni qayta tiklashda ( 1498- yil ) ham Navoiyning say- xarakati katta bo’lgan. Xondamir bu asarida Navoiy zamonida o’tgan shayxlar , sayyidlar , fozillar , shoirlar va boshqa mashxur kishilar haqida qimmatli ma’lumotlar keltiradi.
“ Dastur al –vuzaro” ( Zavirlar uchun dastur) yoki “ Tarixi vuzaro” nomi bilan ma’lum bo’lgan bu asar xam Alisher Navoiyning topshirig’i va ko’magi bilan yozilgan. Xondamir uni 1500 yili yozib tamomladi. Oradan 9 yil o’tgach , yani 1509 yili qayta ishlab , qisman kengaytirdi.
“Dastur al vuzaro “ temuriylar sulolasining inqiroziga qadar Sharqda o’tgan vazirlar xaqida qisqacha ma’lumot beradi.
Muallif asarni ma’lum bir tartib bilan bitgab . dastlab sharqda xukmronlik qilgan sulolalar va podsholarning nomlari hamda ularning umumiy soni qayd etilib , so’ng ularning davrida o’tgan mashhur vazirlar haqida o’ta muhim ma’lumotlar keltiriladi.
Chingizhon va chingiziylar va ularning vazirlari orasida xorazmlik Mahmud Yalavoch va uning o’g’li Ma’sudbek haqidagi ma’lumotlar ayniqsa diqqarga sazovordir. Xondamir Mahmud Yalovoch boshliq Chingizxon elchilarining Xorazmga , sulton Muhammad Xorazmshox huzuriga kelishi voqeasiga to’xtalib , qiziq ma’lumot keltiradi . V.V.Bartold bu ma’lumotni Muhammad ibn Ahmad Shahobiddin Nisoviyning 1241 yili yozgan “ Sirot as – sulton Jaloliddin Manguberdi “ ( Jaloliddin manguberdining tarjimai xoli ) asaridagina mavjudligiga ishora qiladi.
“ Dastur al vuzaro “ da aytilishicha , Mahmud Yalovoch asli Xorazmlik bo’lib , Sulton Muhammad xorazmshoh hokimiyat tepasiga kelgach , qandaydir sabab bilan mamlakatdan chiqib ketgan va Chingizhonning hizmatiga kirgan. . Chingizhon esa uni Xorazmshoh huzuriga elchi qilib yuborgan .
Chingizhon Mahmud Yalovoch elchiligidan mamnun bo’lgan va uni o’zining vaziri qilib olgan. Chingizhon vafotidan so’ng u toju taxt vorisi O’g’adoy xoqonga ham vazir bo’lgan. Shimoliy Xitoy batamom istilo qilingandan (1234) keyin Mahmud Yalovoch u yerga hokim qilib yuborilgan . Mahmud Yalovoch umrining oxirigacha Xitoyni idora qilgan.
Mahmud Yalovochning o’g’li Ma’sudbek esa Chig’atoyxonning nabirasi Olg’u va uning taxt vorisi Baroqxonning xam vaziri bo’lgan.
“ Maosir al muluk “ ( Podsholarning asrdoshlari ) Xondamirning bu asari ham 1500 yili yozib tugatilgan . Lekin bizgacha yetib kelmagan, aniqrog’I hali qidirib topilmagan. Afg’onistonlik sharqshunos Go’yo E’timodiyning so’zlariga qaraganda ,asarda sulton Husayn Bayqaro va Alisher Navoiy bilan zamondosh bo’lgan podshox va xukmdorlar , ulamolar va hokimlar xaqida so’z boradi.
“ Xabib us siyar “ Xondamirning eng yirik va qimmatli asari bo’lib , 1515 -1523 yillar ichida yozilgan. Lekin muallif Xindistonda bo’lgan yillarida (1528-1535 ) uni yana ikki marta tahrirdan chiqargan . shuning uchun ham bu asarni shu yillar orasida tugal tamomlangan deb xisoblash mumkin.
Xondamir bu asarini yuqorida nomi zikr etib o’tilgan vazir xoja Habibullo Sovajiyga atagan , chunki u Xondamirga o’z vaqtida ko’p marhamat va iltifotlar ko’rsatgan edi.
Asarda qadim zamonlardan to XVI asrning 30 yillariga qadar musulmon mamlakatlarida , xususan Eron , Afg’oniston . Iroq , va O’rta Osiyoda sodir bo’lgan voqealar talqin etiladi.
Xabib us- siyar muqaddima , xotima va uch bobdan ibroat . Har bob o’z navbatida to’rt qismga bo’linadi.
Birinchi bobda johiliyat , yani islomiyatdan ilgari o’tgan “payg’ambarlar” va arab hamda ajam mamlakatlarining Arab halifaligi tashkil topgunga qadar bo’lgan umumiy ijtimoiy – siyosiy ahvoli , Muhammad payg’ambar , shuningdek xalifalar Abu Bakr , Umar , Usmon , Ali zamonida yuz bergan voqealar bayon qilinadi .
Ikkinchi bobida shia mazhabidagi imomlar , ummaviya va abbosiya sulolasidan bo’lgan xalifalar davrida Arab xalifaligi hamda uning bosqinchilik urushlari , arablar davrida xukmronlik qilgan boshqa sulolalar : tohiriylar, safforiylar , va somoniylar haqida hikoya qiladi .
Uchinchi bob Chingizhon va uning avlod ajdodlari , Chingizhon bilan zamondosh bulgan boshqa sulolalar hamda temuriylarga bag’ishlangan . bundan tashqari mazkur bobda Movaraunnahr so’ngra Xurosonning Muhammad Shayboniyhon yetakchiligida ko’chmanchi o’zbeklar tomonidan bosib osilinishi va Ismoniy Safaviy davrida Eron , Afg’oniston va Iroqning siyosiy ahvoli hikoya qilinadi .
Asarning uchunchi bobi , xususan uning 3-chi va 4 – qismlari original bo’lib , unda temuriy Sulton Husayn mirzo va Ismoil Safaviy zamonida Eron va Afg’onistonning , shuningdek , XV asr oxiri va XVI asr boshlarida O’rta Osiyoning umumiy ijtimoiy – siyosiy ahvoli keng va atroflicha yoritilgan . Shuning uchun ham bu qismlarni o’sha davrni keng yorituvchi yagona va to’liq manba desa bo’ladi .
Shayboniyhon va ko’chmanchi o’zbeklarning istilosi arafasida Xurosonning ham siyosiy ahvoli og’irlashgan edi. Mamlakatda feodal tarqoqlik shu qadar kuchaygan ediki , hatto ishbilarmon va tadbirkor Sulton Husayn ham uni bartaraf qilish , va tobora inqirozga yuz tutayotgan Temuriylar imperiasini halokatdan saqlab qolishga ojizlik qildi. Mamlakatda huddi Temur va Shoxrux vafotidan keyin yuz bergan vaziyat hukm surar edi.
Xondamir o’z asarida yuqorida zikr etib o’tilgan voqealarga batafsil to’htalib o’tgan va bu haqda qimmatli ma’lumotlar keltirgan.
“ Habib us-siyar “ ning safaviylar , bu sulolaning asoschisi Ismoil Safaviyga bag’ishlangan qismi ( 3 bobning 4 qismi ) ham katta ahamiyatga ega bo’lib , safaviylar tarihini yorituvchi asosiy manba hisoblanadi
“ Makorim ul – ahloq “ ( olijanob sifatlar haqida kitob ) Alisher Navoiyga bag’ishlangan bu asar 1501 yili yozib tamomlangan . “ Makorim ul – ahloq “ 10 bob ( maqsad) , muqaddima va hotimadan iborat .
Asar muqaddimasida Alisher Navoiyning tug’ilishi hamda uning bolalik va yoshlik yillariga oid ayrim muhim ma’lumotlar keltirilgan.
“ Makorim ul – ahloq “ning 5 – bobida Alisher Navoiyningyirik davlat arbobi bo’lganligi , olimlar , hususan ko’zga ko’ringan shayhlarga qilgan katta himmati , shuningdek , darvishlar , mexnatkash xalqqa ko’rsatgan marhamatlari ular uchun qurdirgan honaqohlari , mamlakat obodonligi yulida barpo qilgan boshqa qurilishlari ( robotlari, langarlar, ko’prik, hammomlar, hovuzlar va boshqalar, ) hususida xikoya qiladi . Bu bobda u shayhlarga atab yozgan “ Nasoim ul – muhabbat” va mashhur “ Lison ut-tayr” asarlari haqida ham ma’lumotlar bor .
Navoiy el yurtni obodonlashtirishda katta hizmat ko’rsatdi, , bu ishga o’z jamg’armasidan katta mablag’ sarfladi. “ Makorim ul ahloq “ ning 6 bobida uning 1499 yili Xirot atrofida ulkan Jomiy masjid qurdirgani, , G’iyosiddin ibn Muhammad ibn Som davrida Hirotda qurila boshlangan , keyinchalik vayron bulib ketgan Jomiy masjidni qayta tiklaganligi , Hirot va boshqa shahar hamda qishloqlardagi 12 masjidni ta’mirlatganliklari haqida so’z boradi . Undan tashqari Navoiy umrining sunggi yillari (1499-1500) bilan bog’liq bo’lgan ayrim siyosiy ma’lumotlar ham shu boblarda uchraydi . Bu ma’lumotlar mamlakatdagi ijtimoiy siyosiy ahvol , feodal va toju – taxt uchun kurashning benihoyat avjga chiqqanidan hamda Temuriylar imperiasining inqirozga yuz tutib borayotgan binosi ulug’ Navoiy ko’rgan chora tadbirlari va uning zo’r obrusi tufayli gina vaqtincha tutib turilganligidan darak beradi.
Asar xotimasida Navoiyning bolalik yillari , Samarqandda tahsil olib yurgan paytlari bilan bog’liq bulgan ba’zi hikoyatlar, movaraunnahrning ko’chmanchi o’zbeklar istilosi arafasidagi ijtimoiy- siyosiy ahvoliga tegishli ayrim faktlar bayon qilinadi.
Xondamirning “ Nomayi nomiy “ ( Atoqli nomalar) asari hanuzgacha ilmiy jamoatchilikka yahshi ma’lum emas va shu sababdan bulsa kerak bu asar ularning diqqat etiboridan chetda qolib kelayotir.
“ Nomayi nomiy “ 9 bobdan iborat bulib , qadim zamonlardan to 1521 – 1522 yillargacha musilmon mamlakatlarida insho ilmida qalam tebratgan yetuk olimlar va fozil kishilar haqida m’lumot beradi. Undan tashqari tabaqa podsho va sultonlar , ulug’ amirlar , sadrlar, qozilar , shoirlar va boshqalarga oid maktublar podsho va honlarnig yorliq va farmonlaridan na’munalar , shuningdek yozma farmonlarni bitish tartib qoidalri ham bayon etilgan .
1 bobning sadrlar bilan oily hukmdorlar urtasida bulgan yozishmalariga bag’ishlarngan 3 qismida sadr lavozimining qachondan joriy etilganligi va uning sabablari haqida ma’lumot keltirilgan .
Asarda yana bir qancha davlat lavozimlari haqida ma’lumot mavjud. Parvonachi – markaziy hukumat va uning devonlari tarafidan chiqarilgan farmon va maktublarni mahalliy hukmdorlarga yetkazib turuvchi mansabdor.
Munshiylar – podsho va honlarnning shahsiy kotiblari voqeanavislari.1 tabaqali munshiylar kundalik voqealar tarihini yozib turish , 1 tabaqalar maktublar yozish , 3 tabaqa farmon va yorliqlar bilan hozirlash bilan mashg’ul bulganlar .
Mustavfiy – moliya devonining boshlig’I .
Ixtisob – diniy urf –odatlar va shariyat qoidalarining musilmonlar tarafidan bajarilishini nazorat qilib turivchi mansabdor.
Hofizlar - . aslida o’rta asrlarda quron majidni qiroat bilan uquvchi kishilar shu nom bilan ataganlar.
Mubashshir – podsho va honlarnning viloyatlarga muntazam yuborib turadigan muhtor vakili.
Komonchilar, tirtarosh va tirandozlar – ko’proq harbiylarga mansub bulgan bu kasblar shoh Ismoil Safaviyning 1522 yili chiqarilgan farmoniga qayd qilingan .
Kalontar – lug’aviy ma’nosi eng katta , eng ulug’ va umuman boshliq demakdir.
Xullas Xondamirning “ Nomayi noma “ asari Eron va O’rta Oaiyoning XVI asrdagi siyosiy iqtisodiy va ma’naviy hayotiga oid qimmatli ma’lumotlarga egadir.

Adabiyotlar:




1. Karimov I.A “Tarihiy hotirasiz kelajak yo’q” T.1998 yil
2. Karimov I.A “Yuksak ma’naviyat yengilmas kuch” T. Ma’naviyat 2008 yil
3. Saidkulov T.S.O’rta Osiyo xalklari tarixining tarixshunosligidan lavxalar (1 kism) T. «Ukituvchi» 1993 y.
4. Ibn Arabshoh “Temur tarixi” T. Mehnat . 1992
5. Sharofiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma” T. 1997
6. Amir Temur Yevropa elchilari nigohida. T. 2007
Yüklə 78 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2023
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə