Andijon davlat pedagogika instituti “Aniq va tabiiy fanlar” fakulteti “Informatika va aniq fanlar” kafedrasining Matematika va Informatika yo’nalishi 2- bosqich 203 guruh talabasi Dodoyev Abdusalimga Tavsifnoma Andijon davlat pedagogika instituti Ilmiy kengashining 2022-yil 30-avgustdagi 1-sonli bayonnomasiga asosan tasdiqlangan ishchi o‘quv reja bo‘yicha taxsil olayotgan 60110600-Matematika va informatika yo‘nalishi kunduzgi ta’lim 2-bosqich talabalari olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish, maktab ta’lim-tarbiya hayoti bilan tanishtirish, o‘quvchilar bilan ishlash ko‘nikmasini hosil qilish maqsadida kuni Andijon shahar Xalq ta’lim bo’limi tasarrufidagi 31-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022-yil 21-Sentabrdan 2023-yil 25-may kuniga qadar malakaviy amaliyotni o‘tadilar. Ushbu talabalar malakaviy amaliyotni a’lo darajada o’tadilar. Darslarga vaqtida kelib, topshiriqlarni o’z vaqtida va sifatli bajarib, darslarga ko’rgazmali qurollar tayyorlashda yuqori sinf o’qituvchilariga yordamlashdilar hamda o’zlari mustaqil ko’rgazmali qurollar tayyorladilar.
Matematika va informatika guruh rahbarlarining ish jurnallari va ish rejalari bilan tanishib chiqdilar. Dars ishlanmalari va maktab tarixi bilan yaqindan tanishdilar. Amaliyotda Dodoyev Abdusalim ishtirok etib, Amaliyot davrida mazkur guruh talabasi maktab jamoasi bilan yaqin munosabatda bo‘lib, ularning pedagogik-psixologik holatlarini o‘rganishga harakat qilishdi. Amaliyotchi talaba matematika va informatika o‘qituvchilarini darslarini oflain kuzatib bordilar. Amaliyotdan ko‘zlangan maqsadlarga erishdilar.
Maktab direktori: S.F.Dadajonov Matematika o‘qituvchisi: X. Ortiqov Amaliyot rahbari: S.M.Saliyeva
Andijon davlat pedagogika instituti “Aniq va tabiiy fanlar” fakulteti “Informatika va aniq fanlar” kafedrasining Matematika va Informatika yo’nalishi 2- bosqich 203 guruh talabasi Dodoyev Abdusalimning 4+2 o`quv dasturi bo’yicha amaliyot HISOBOTI Pedagogik ta’lim sifatini oshirish va pedagog kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora- tadbirlari to’g’risidagi O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son Qaroriga muvofiq pedagog kadirlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari kunduzgi ta’lim shaklida taxsil olayotgan 2-4-bosqich talabalari uchun haftalik o`quv mashg`ulotlari “4+2” tartibida, shu jumladan darslarning to`rt kuni oliy ta’lim muassasasida, ikki kuni umumiy o`rta ta’lim muassasalarida amaliyot o`tash tartibi ijrosini ta’minlash maqsadida, “Maktab ta’limini rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar”ga bag‘ishlab o‘tkazilgan yig‘ilishda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Andijon davlat pedagogika instituti Ilmiy kengashining 2022-yil 30-avgustdagi 1-sonli bayonnomasiga asosan tasdiqlangan ishchi o‘quv reja bo‘yicha tahsil olayotgan 60110600-Matematika va informatika yo‘nalishi kunduzgi ta’lim 2-bosqich talabalari olingan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llay olish layoqatini shakllantirish, maktab ta’lim-tarbiya hayoti bilan tanishtirish, o‘quvchilar bilan ishlash ko‘nikmasini hosil qilish maqsadida Andijon shahar Xalq ta’lim bo’limi tasarrufidagi 31-umumiy o’rta ta’lim maktabida 2022-yil 21-Sentabrdan 2023-yil 25-may kuniga qadar malakaviy amaliyotni o‘tadilar. Dodoyev Abdusalim amaliyot davrida mazkur guruh talabasi maktab jamoasi bilan yaqin munosabatda bo‘lib, ularning pedagogik-psixologik holatlarini o‘rganishga harakat qilishdi. Amaliyotchi talaba matematika va informatika o‘qituvchilarini darslarini ofline kuzatib bordi. Talaba o’qituvchilarning ish hujjatlarini o’rgandi, ish jurnallari va ish rejalari bilan tanishib chiqdi va o’zi uchun kerakli ma’lumotlarni kundalik daftariga qayt qilib bordi. Amaliyotdan ko‘zlangan maqsadiga erishdi.