Microsoft Word Economic theory lecture 11



Yüklə 215,3 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/10
tarix01.12.2023
ölçüsü215,3 Kb.
#170854
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Economic theory - lecture 11



11-mavzu. KORXONA (FIRMA) XARAJATLARI VA FOYDASI 
Korxonalarning bozorga mahsulot yetkazib berishga bo‘lgan layoqatini aniqlab beruvchi 
muhim omil sarf-xarajatlar darajasi hisoblanadi. Har qanday tovarni ishlab chiqarish iqtisodiy 
resurs sarflarini taqozo qiladi, ular ham ma’lum narxga ega bo‘ladi.
Korxona bozorga taklif qiladigan tovar miqdori iqtisodiy xarajatlar, resurs narxlari 
darajasiga, resurslardan foydalanish samaradorligi va tovarlar bozorida sotiladigan narxlarga 
bog‘liq.
Bu mavzuda biz sarf-xarajatlarning umumiy tabiati va tarkibiga to‘xtalamiz hamda 
foydaning tashkil topishini tahlil qilamiz, shuningdek korxonalarning bankrot bo‘lishi (sinishi) 
va sanatsiya qilinishi haqida tushunchalar beramiz. 
11.1. Ishlab chiqarish xarajatlari mazmuni, tarkibi va uning turlari. 
Ishlab chiqarish xarajatlari deganda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish va 
iste’molchilarga yetkazib berishga qilinadigan barcha sarflar tushuniladi. Ishlab chiqarish sarf-
xarajatlari tarkibiga xom ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, yonilg‘i va energiya uchun 
qilingan xarajatlar, asosiy kapital amortizatsiyasi, ish haqi va ijtimoiy sug‘urtaga ajratmalari, 
foiz to‘lovlari va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarishga qilingan barcha sarf-xarajatlarning 
puldagi ifodasi mahsulot tannarxini tashkil qiladi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarini ikkiga bo‘lib o‘rganish mumkin: ishlab chiqarish xarajatlari 
va muomala xarajatlari (11.1-rasm). 
11.1-rasm. Xarajatlarning namoyon bo‘lish sohasiga ko‘ra turkumlanishi. 
 
Tovar birligining qiymatida ishlab chiqarish xarajatlari faqat uning bir qismini tashkil 
qiladi. Ishlab chiqarish xarajatlari tovar qiymatidan foyda miqdoriga kam bo‘ladi. Muomala 
xarajatlari tushunchasi tovarlarni sotish jarayoni bilan bog‘liq bo‘lib, shu tovarlarni ishlab 
chiqaruvchidan olib, iste’molchiga yetkazib berguncha ketadigan sarflarga aytiladi. Ular ikki 
guruhga bo‘linadi: qo‘shimcha muomala xarajatlari va sof muomala xarajatlari. Tovarlarni 
o‘rash, qadoqlash, saralash, transportga ortish, tashish va saqlash xarajatlari qo‘shimcha 
muomala xarajatlari hisoblanadi. Muomala xarajatlarining bu turlari ishlab chiqarish 
xarajatlarining davomi hisoblanib, tovar qiymatiga kiradi va uning qiymatini oshiradi. 
Xarajatlar tovarlar sotilgandan keyin olingan pul tushumi summasidan qoplanadi. 
Sof muomala xarajatlari sotuvchi maoshi, marketing, reklama va shu kabi xarajatlardan 
iborat bo‘ladi. Sof muomala xarajatlari tovar qiymatini oshirmaydi va ishlab chiqarish 
jarayonida yaratilgan tovarni sotgandan keyin olingan foyda hisobidan qoplanadi. 
Ishlab chiqarish xarajatlarining ikkinchi yo‘nalishdagi kontsepsiyalari marjinalistlar va 
neoklassiklar tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, ular bu boradagi klassik nazariyalarni ham 
mu’lum darajada hisobga oladilar. Biroq, bu kontsepsiyalarning o‘ziga xos tomoni shundaki, 
Umumiy xarajatlar
Ishlab chiqarish xarajatlari 
Muomala xarajatlari
Ish haqi
Xom ashyo 
xarajatlari 
Yonilg’i va moyalash 
materiallariga xarajatlar
Amortizatsiya va h.z.
Qo’shimcha 
muomala xarajatlari 
Sof muomala 
xarajatlari 


ular ishlab chiqarish xarajatlarini tushuntirishda resurslarning cheklanganligi va ulardan 
muqobil foydalanish imkoniyatlaridan kelib chiqadilar. 
Ma’lumki, muayyan bir resursni ishlab chiqarishning biron-bir yo‘nalishi bo‘yicha 
sarflanishi endilikda bu resursdan boshqa yo‘nalishlarda foydalanish imkoniyatini cheklab 
qo‘yadi. Shunga ko‘ra, tadbirkor yoki resurs egasi mazkur resursni eng yuqori darajada naf 
keltiruvchi yo‘nalishga sarflashga harakat qiladi. 
Iqtisodiy resurslarni eng yuqori naf olish maqsadida boshqa muqobil yo‘nalishlarda 
ishlatilishiga yo‘l qo‘ymay o‘ziga jalb etish uchun to‘lov iqtisodiy xarajat deb ataladi. 
Iqtisodiy xarajatlar mikrodarajadagi iqtisodiy ko‘rsatkichlardan biri bo‘lib, korxona 
(firma) miqyosida muayyan turdagi mahsulot ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatishning 
samaradorlik darajasini ifodalashda muhim ahamiyat kasb etadi. 
Marjinalistik sarf-xarajatlar nazariyasi bo‘yicha korxona ishlab chiqarish jarayonida 
foydalaniladigan resurslar o‘z resurslari yoki jalb qilingan resurslar bo‘lishi mumkin. Shunga 
ko‘ra xarajatlar ichki yoki tashqi xarajatlarga bo‘linadi (11.2-rasm). 

Yüklə 215,3 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin