“YANGI DAVR PEDAGOGI”
Buxoro viloyat xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi direktorining 2019 yil 4 sentabrdagi 088-2 sonli buyrug‘iga asosan ta’limda raqobatbardosh bo‘la oladigan maktab o‘qituvchisining bugungi davr talablari asosida o‘z faoliyatidagi nazariy va amaliy bilimlarini hayotga tadbiq etishi va uning mazmun-mohiyatini chuqur anglashi, jamiyat taraqqiyoti va yoshlarni hayotda o‘z o‘rnini topishida ustoz va murabbiylarning faoliyat samaradorligini, barkamol shaxsni tarbiyalashdagi fidoyiligini yanada oshirish maqsadida “YANGI DAVR PEDAGOGI” ko‘rik-tanlovi II bosqichda o‘tkazildi.
2020 yil 21-fevral kuni tadbirning birinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda “Malaka ishi mazmuni va taqdimoti” bo‘yicha jami 20 tinglovchi ishtirok etib, 8 ishtirokchi ikkinchi bosqichga tanlab olindi.
25-fevral kuni tadbirning ikkinchi bosqichi o’tkazilib, unda “MENING INNOVATSION G‘OYAM“ mavzusida tayyorlagan materiallarining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 5 daqiqa davomida tinglovchilar o‘z g‘oyalari bilan o‘rtoqlashdilar. Bunda g‘oyaning nomlanishi, maqsad va vazifasi, amalga oshirish mexanizmi, erishiladigan natijasi e’tiborga olindi. Ushbu shart 5 ballik tizim asosida baholandi. Ikkinchi shart “Blis so‘rov”da tinglovchining pedagogik bilim, ko‘nikmalari. Ishtirokchilar 5 daqiqa ichida 5 ta savolga javob yozib berishdi. Ushbu shart 5 ballik tizim asosida baholanadi:
Tanlov yakunida hay’at a’zolari tomonidan har bir qatnashchi haqida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilarning umumiy to‘plagan ballari e’lon qilindi.
1-2-3 o‘rinni olgan g‘oliblar markazning I-II-III-darajali diplomlari bilan taqdirlandi.
“YANGI DAVR PEDAGOGI” ko‘rik-tanlovning umumiy natijalariga ko‘ra quyidagi tinglovchilar g‘olib bo‘ldi:
Dostları ilə paylaş: |