O’ZBEKISTON RESPUBILKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI ANDIJON DAVLAT UNVERSITETI SIRTQI TA’LIMI PEDAGOGIKA-PSIXOLIGIYA YO’NALISHI 4- KURS 405 -GURUH TALABASI _________________________________________________________ PEDAGOGIKA FANINI O`QITISH METODIKASI FANIDAN Tashkilotchi va o'quvchilarning o`z -o `zini boshkarish ishlarining metodikasi mavzusida
KURS ISHI
Ilmiy rahbar: _______________________________
Andijon 2022 MAVZU: TASHKILOTCHI VA O'QUVCHILARNING O`Z -O`ZINI BOSHKARISH ISHLARINING METODIKASI
KIRISH Mavzuning dolzarbligi: O’quvchilarda tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish va rivojlantirish nafaqat psixologik-pedagogik balki ijtimoiy muammo sifatida ham o’ziga xos dolzarblik kasb etadi. Tadqiqot muammosini nazariy va metodik jihatdan muvaffaqiyatli tadqiq etish tashkilotchilik, tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish tizimi kabi tushunchalar mohiyatini to’g’ri anglash o’quvchilarida shakllantirish mumkin bo’lgan tashkilotchilik sifatlarini aniqlab olishni taqazo etadi.
Harakatlar strategiyasining davomi sifatida “Taraqqiyot strategiyasi”da ham jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, yosh avlodning yetishtirish
oshirilayotganligi uzluksiz ta’lim tizimining barcha bosqichlarida tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish orqali boshqaruvchilik faoliyatini yanada rivojlantirishni taqozo etadi.
Muhtaram Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev aytganlaridek: Yosh avlodimizda qat’iy hayotiy pozitsiya va Vatanimiz taqdiri uchun yuksak ma’suliyat tuyg’usini shakllantirish alohida muhim ahamiyatga ega. Bizning asosiy maqsadimiz-yoshlarning sifatli ta’lim olish imkoniyatiga ega bo’lishiga erishish, ularning o’z qobiliyati va iste’dodini ro’yobga chiqarishi uchun barcha zarur sharoitlarni yaratib berishdan iborat. Yoshlarimizni mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega bo’lib, dunyo miqyosida o’z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo’sh kelmaydigan insonlar bo’lib kamol topishi, baxtli bo’lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning bor kuch va imkoniyalarini safarbar etamiz
Boshlang’ich ta’lim tizimida o’quvchilarning tashkilotchilik sifatlarini shakllantirish imkoniyatlari mavjud ekanligi, ammo, ushbu masalaga jiddiy e’tibor qaratilmayotganligi, boshlang’ich sinfda tashkilotchilik sifatlarini shakllantirishga imkon beruvchi pedagogik shart-sharoitlar, omillarning o’rganilmaganligi, texnologik yondashuvning qaror topmaganligi, sinfdan va darsdan tashqari sharoitlarda ma’naviy-ma’rifiy ishlarning muhim yo’nalishi e’tirof etilmaganligi ko’rsatadi. Kelgusida jamiyatning to’laqonli a’zosi va malakali mutaxassis sifatida ijtimoiy munosabatlar hamda kasbiy faoliyat jarayonida faol ishtirok etish, zimmadagi ijtimoiy burchlarni sidqidildan ado etishda shaxsning tashkilotchilik sifatlariga ega bo’lishi o’ziga xos ahamiyatga egadir.