Aqliy hujum” metodi



Yüklə 45,5 Kb.
tarix25.09.2022
ölçüsü45,5 Kb.
#64120
“Aqliy hujum” metodi


Aqliy hujum” metodi



Mazkur metod muayyan mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo‘llaniladigan metod sanalib, u mashg‘ulot ishtirokchilarini muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritish, shuningdek, o‘z tasavvurlari va g‘oyalaridan ijobiy foydalanish borasida ma’lum ko‘nikma hamda malakalarni hosil qilishga rag‘batlantiradi.


Ushbu metod yordamida tashkil etilgan mashg‘ulot jarayonida ixtiyoriy muammolar yuzasidan bir necha original yechimlarni topish imkoniyati tug‘iladi. «Aqliy hujum» metodi tanlab olingan mavzular doirasida ma’lum qadriyatlarni aniqlash, ayni vaqtda ularga muqobil bo‘lgan g‘oyalarni tanlash uchun sharoit yaratadi.
Aqliy hujum metodi to‘g‘ri va ijobiy qo‘llanilganda shaxsni erkin, ijodiy va nostandart fikrlashga o‘rgatadi.
Bu metod biror mavzu yuzasidan berilgan muammolarni hal etishda keng qo‘llanadi. Mazkur metod o‘quvchilarni muammo xususida keng va har tomonlama fikr yuritishga undaydi. «Aqliy hujum» metodi yordamida qo‘yilgan muammo yuzasidan bir necha yechimlarni topish imkoniyati yuzaga keladi.
Aqliy hujum” metodidan foydalanishda quyidagi qoidalarga amal qilish lozim:
1. Berilgan muammo yuzasidan o‘quvchilarning atroflicha va chuqur mulohazalar yuritishga undash va shunga erishish.
2. O‘quvchilarning fikrlari va g‘oyalarini rag‘batlantirib borish tanqid ostiga olinmaslik, ularning erkin fikrlashlariga sharoit yaratish.
3. Har bir o‘quvchi fikrlariga va g‘oyalariga asoslanishi mumkin, ularni o‘zgartirishi mumkin.
4. O‘quvchilar tomonidan bildirilgan fikrlar va g‘oyalarni baholamaslik.
Bunday yo‘l tutilsa, ya’ni fikr va g‘oyalari baholansa, o‘quvchilar fikrlashdan to‘xtab qolishlari mumkin.
Aqliy hujum” usulining bosqichlari quyidagilardan iborat:
1.Ta’lim oluvchilarga savol tashlanadi va ularga shu savol bo‘yicha o‘z javoblarini (fikr, g‘oya va mulohaza) bildirishlari so‘raladi;
2.Ta’lim oluvchilar savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishadi;
3.Ta’lim oluvchilarning fikr-g‘oyalari (magnitafonda, videotasmada, rangli qog‘ozlarda yoki doskada) to‘planadi;
4.Fikr-g‘oyalar ma’lum belgilar bo‘yicha guruhlanadi;
5.Yuqorida qo‘yilgan savolga aniq va to‘g‘ri javob tanlab olinadi.
“Aqliy hujum”niuyushtirish bir muncha sodda bo‘lib, undan ta’lim mazmunini o‘zgartirish jarayonida foydalanish bilan birgalikda ishlab chiqarish muammolarining yechimini topishda ham juda qo‘l keladi. Dastlab guruh yig‘iladi va ular oldiga muammo qo‘yiladi. Bu muammo yechimi to‘g‘risida barcha ishtirokchilar o‘z fikrlarini bildiradilar. Bu bosqichda hech kimning o‘zga kishi g‘oyalariga hujum” qilishi yoki baholashiga haqqi yo‘q. Demak, “aqliy hujum” yo‘li bilan qisqa minutlarda o‘nlab g‘oyalarni yuzaga chiqish imkoniyatlari mavjud bo‘ladi. Aslini olganda g‘oyalar sonini qo‘lga kiritish asosiy maqsad emas, ular muammo yechimini oqilona ishlab chiqish uchungina asos bo‘ladilar. Bu metod shartlaridan biri hech qanday tashqi ta’sirsiz qatnashuvchilarning har biri faol ishtirokchi bo‘lishi kerak. Bildirilgan g‘oyalarning besh yoki oltitasigina asosiy hisoblanib muammo yechimini topishga salohiyatli imkoniyatlar yaratadi.
VAZIFASI. “Aqliy hujum” qiyin vaziyatlardan qutulish choralarini topishga, muammoni ko‘rish chegarasini kengaytirishga, fikrlash bir xilliligini yo‘qotishga va keng doirada tafakkurlashga imkon beradi. Eng asosiysi, muammoni yechish jarayonida kurashish muhitidan ijodiy hamkorlik kayfiyatiga o‘tiladi va guruh (sinf) yanada jipslashadi.
OBYEKTI. Qo‘llanish maqsadiga ko‘ra bu metod universal hisoblanib tadqiqotchilikda (yangi muammoni yechishga imkon yaratadi), o‘qitish jarayonida (o‘quv materiallarini tezkor o‘zlashtirishga qaratiladi), rivojlantirishda (o‘z-o‘zini bir muncha samarali boshqarish asosida faol fikrlashni shakllantiradi) asqotadi.
QO‘LLANISH USULI. “Aqliy hujum” ishtirokchilari oldiga qo‘yilgan muammo bo‘yicha har qanday mulohaza va takliflarni bildirishlari mumkin. Aytilgan fikrlar yozib borildi va ularning mualliflari o‘z fikrlarini qaytadan xotirasida tiklash imkoniyatiga ega bo‘ldi. Metod samarasi fikrlar xilma-xilligi bilan tavsiflandi va hujum davomida ular tanqid qilinmaydi, qaytadan ifodalanmaydi. Aqliy hujum tugagach, muhimlik jihatiga ko‘ra eng yaxshi takliflar generatsiyalanadi va muammoni yechish uchun zarurlari tanlanadi.
Yüklə 45,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin