SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
www.scientificprogress.uz
Page 817
ARAB XALIFALIGIDAN MUSTAQIL TOHIRIYLAR DAVLATINING
AJRALIB CHIQISHI
Dilshod Ravshan o’g’li Sharopov
BuxDU Buxoro tarixi kafedrasi o’qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada IX asrda Arab xalifaligi tarkibidan ajralib chiqgan Tohiriylar
davlatining ijtimoiy-siyosiy hayoti qisman yoritilgan.
Kalit so’zlar: Tohiriylar, Abdumuhammad Talxa ibn Abdulloh, Sijiston, Xorun
ar-Rashid, Tabariston, Jurjon, Ray, Kirmon, Xuroson.
SEPARATION OF THE INDEPENDENT STATE FROM THE ARAB KHALIFA
ABSTRACT
This article partially covers the socio-political life of the Tahirid state, which broke
away from the Arab caliphate in the ninth century.
Keywords: Tahiris, Abdumuhammad Talha ibn Abdullah, Sijistan, Harun ar-
Rashid, Tabaristan, Jurjan, Ray, Kerman, Khurasan.
KIRISH
IX-XIII asrlar - rivojlangan o`rta asrlar bo`lib, o`zbek xalqi davlatchiligi tarixida
turli sulolalarning boshqaruv usullari va ma`muriy tizimiga xos qonuniyatlar hamda
xususiyatlar rivoj topgan. Arab xalifaligi hududida mahalliy xalqning hukmron
ma`murlar zulmiga qarshi qo`zg’olonlari avj olgach, xalifalik o`zlariga sodiq mahalliy
zodagonlarni tobe` yerlarni boshqarishga jalb qila boshladilar. Shu munosabat bilan
Xurosondagi
Tohiriylar
xonadoni
kuchayadi.
Sijiston
(Seiston)
hokimi
Abdumuhammad Talxa ibn Abdulloh qo`lida Husayn va Tohir degan farzandlari Hirot
viloyatidagi Bushanj shahrini boshqarishgan.
ASOSIY QISM
Ma`lumki, Xorun ar-Rashid (786-809) vafotidan keyin uning o`rniga katta o`g’li
Amin xalifa bo`ldi. Xuroson noibi bo`lib turgan uning kichik o`g’li Abdulla (keyin
Ma`mun laqabini olgan) hokimiyat uchun kurashda Tohir yordamidan foydalanadi.
Tohir qo`mondonligida qo`shinlar Amin lashkarini tor-mor keltiradi. 813 - yili Ma`mun
Bag’dodni egallagach, Tohirni sipahsolor etib iayinlaydi. 821- yilda esa Tohir Xuroson
viloyatiga noib bo`ladi. 822 - yili Tohir o`ldirilgach, uning o`g’li Talxa (822-828)
hokim bo`ldi. Undan keyin Tohirning ikkinchi o`g’li Abdulloh (824-844) taxtga o`tirdi.
833 - yili Ma`mun vafot etgach, Abdulla o`zini xalifalikdan mustaqil deb e`lon qildi.
SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 2 ǀ ISSUE 7 ǀ 2021
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
Dostları ilə paylaş: |