Arablar istilosi va movarounnahrning ijtimoiy-siyosiy tuzumi



Yüklə 21,24 Kb.
səhifə1/2
tarix21.12.2022
ölçüsü21,24 Kb.
#77004
  1   2
ARABLAR ISTILOSI VA MOVAROUNNAHRNING IJTIMOIY-SIYOSIY TUZUMI (VII-VIII ASRLAR)


ARABLAR ISTILOSI VA MOVAROUNNAHRNING IJTIMOIY-SIYOSIY TUZUMI (VII-VIII ASRLAR)
Reja:
1. Turkiston yerlarining arablar tomonidan bosib olinishi va ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda yuz bergan o'zgarishlar.
2. Arab xalifaligi hukmronligi davrida Movarounnahrning davlat tuzumi.
Turkiston yerlarining arablar tomonidan bosib olinishi va ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda yuz bergan o'zgarishlar
Arablarning mamlakatimiz hududiga uyushtirgan harbiy yurishlarini ikki davrga bo'lish mumkin. Birinchi davr 650-705-yillarni o'z ichiga olsa, ikkinchi davr 705-yildan keyingi davrdir. Arablar birinchi davrda O'rta Osiyo hududlarini zabt etishni eraas, balki bunday maqsaddagi harbiy yurishlar uchun tayyorgarlik ko'rish, mahalliy hukmdorlarning kuch-qudratlarini sinovdan o'tkazish, o'lkaning geografik joylanish hududiy sharoitlarini o'rganish va kichik-kichik harbiy yurishlar qilib, o'lkaning boylik va o'ljalarini tashib olib ketishni o'z oldilariga vazifa qilib qo'ygan edilar. Birinchi yurish 651-yilda noib Abdulloh ibn Amir hukmronligi davrida bo'lgan. 651-652-yillarda arablar Xurosondagi bir qator shaharlarni egallab, Balx va Chag'oniyonni bosib oladilar. 666 (46)-yilda Ziyod bin Abu Sufyon Amudaryo bo'ylariga keladi, Marvni qayta talaydi. 670-yilda Xuroson noibi Ubaydulloh ibn Ziyod Buxoroga qo'shin tortib keladi, Romiton va Boykandni egallaydi. Buxoroda bu davrda taxtni malika Xotun boshqarar edi. 676 (56)-yilda Buxoroga Sa'id ibn Usmon qo'shin tortib kelgan. So'g'diyona, Kesh, Nasaf qo'shinlarini tor-mor qilgan. Ana shu yurishlar davrida arablar O'rta Osiyodan juda ko'plab zeb-ziynat, boyliklar va asirlarni o'z yurtlariga olib ketadilar.
685-705-yillarda xalifalik taxtini Abdumalik ibn Marvon boshqardi. U Qutayba ibn Muslimni Xurosonga o'zining noibi (704-705) etib tayinladi. Ana shu davrdan boshlab arablar tomonidan Movarounnahrni zabt etishning ikkinchi davri boshlandi. Endi ular O'rta Osiyoni batamom bosib olishni o'z oldilariga asosiy maqsad qilib qo'ydilar. 705-yilda boshlangan hujum natijasida Qutayba ibn Muslim Balx, Chag'oniyon, Shumanni egallab, O'rta Osiyo janubidagi kichik viloyatlarni o'ziga bo'ysundiradi. U 706-yilda Boykandni, 708-709-yillarda Buxoro va uning atrofidagi yerlarni egallaydi. 710—712-yillarcia Xorazmshoh Chag'on Qutayba bilan tinchlik bitimi tuzadi va 10 ming qoramol miqdorida boj to'laydi. Qutayba endi o'z nigohini Samarqandga qaratadi. Unga Xorazmshoh va Buxorxudot qp'shinlari yordam berdilar. Bu paytda Samarqandda norozilik qo'zg'oloni bo'lib, Tarxun taxtdan ag'darilgan edi. Samarqand taxtiga Tarxunning ukasi G'urak (710-737) o'tirgan edi. U arablarga qattiq qarshilik ko'rsatsa-da, yengildi. Ikki o'rtada sulh tuzildi. Shartnomaga ko'ra, G'urak So'g'd, Kesh, Nasaf hokimi sifatida tan olindi. G'urak Qutaybaga 3000 ta qo'y, 50.000 misqol oltin, 2 mln. dirham pul, 2000 boiak gazmol to'lash majburiyatini oldi. Qutayba Samarqanddan ketish paytida bu erda o'z ukasi Abdurahmon ibn Muslimni saralangan qo'shin bilan qoldiradi. Ammo 712-yilda shaharda arablarga qarshi qo'zg'olon ko'tarildi. Qo'zg'olon faqat 713-yil bahoridagina Qutayba tomonidan shafqatsizlarcha bostirildi. Biroq arablarga qarshi kurash lo'xtamadi. Bu gal arab istilochilariga qarshi So'g'd, Choch, Farg'ona ittifoq tuzadi. Ittifoqqa Panjikent hokimi Divashtich ham qo'shiladi. Qutayba faqat 715-yil boshidagina Buxoro, Kesh, Nasaf va Xorazmdan 20 ming askar yordam olgach, raqiblarini tor-mor keltira oldi, xolos. U o'sha yili Qashqargacha bo'lgan yerlarni bosib oldi va hamma viloyatlarda arab amirlarini noiblikka qo'ydi. Xuddi shu yili arab xalifasi Volid vafot etadi. Uning o'rniga taxtga Sulaymon ibn Abdumalik o'tiradi. Qutayba unga bo'ysunmay qo'zg'olon ko'tardi. Biroq Qutaybaning o'zi 715-yilda Farg'onada askarlar tomonidan o'ldirildi.
Shunday qilib, arablar O'rta Osiyoni bosib olish uchun o'n yil jang qildilar va uni o'z mustamlakalariga aylantirdilar. Buning eng asosiy va bosh sababi o'lka xalqlari o'rtasida birlik va ahillikning bo'lmaganligi, aholining har xil diniy g'oyalarga sig'inganligidir.
Arablar Movarounnahrni istilo qilganidan so'ng, bu hududning yer-mulklari xalifaga qarashli bo'lib qoldi. Ilgarigi yerlar, masalan, Buxoroda yirik zodagon qatlam - buxorxudotlarning xususiy mulki sanalsa, endilikda ular xalifalik mulklariga aylandi. Yirik yer egalari - dehqonlar arab xalifaligi davrida ham o'z yerlarining egalari bo'lib qoldilar, biroq ular endilikda ijaradorga aylanib, daromadning ma'lum qismini xaljfalik xazinasiga jo'natish majburiyatini olgan edilar. Ko'p xudolilikka sig'inuvchi xalqlarning hududlari arablar tasarrufiga o'tganidan so'ng, bu aholining katta qismi, asosan islomni qabul qilmaganlar soliq to'lovchilar sanalar va ular zimmiylar deb atalar edi.
Movarounnahrdagi qishloqlarda yerlar mayda xo'jaliklar tomonidan ishlov berilgan. Yirik yer egalari - dehqonlar yerlarini mayda bo'laklarga taqsimlab ziroatkorlarga ijara tarzida bo'lib berishgan. Mehnatkashlar tarkibiga yarim ozod kadivaiiar, ozodlikka chiqqan qullar va qaram qullar kirar edi. Dehqonlarning arablar bilan yaqinlashuvi, ularni istilochilar uchun ishonchli xizmatkorligini ta'minlash bilan bir qatorda, yer-mulklari va boshqa boyliklarini muhofaza qilinishiga imkoniyat yaratdi. So'gdiylarning asosiy qismi jiz'ya va xiroj to'lashgan (jiz'ya jon solig'i bo'lsa, xiroj yer solig'i hisoblanar edi). Xiroj hosilning ma'lum miqdorida, ko'pincha u yalpi mahsulotning uchdan bir qismi hisobida olingan. Soliqning bunday turi «muqassama» degan nomda ham aytilgan.
Movarounnahrning xiroj to'lovchi mehnatkashlar guruhi «harros» atamasi bilan nomlangan. Xo'janddagi aholining qo'zg'oloni 723-yilda bostiril-gandan so'ng arablar jamoatchilarni xiroj va jiz'ya solig'i to'lashga majburlab, ularning bo'yinlariga qo'rg'oshindan qilingan muhrlar - xavatim osib yurishni talab qilganlar. Bunday muhrlarda ma'lum joyning norfii bilan bir qatorda to'lanadigan soliq miqdori qayd etilgan. Arab manbalarida ijarachilar akkor, sharik, munasif, fors manbalarida barzikor yoki kadivar deyilgan.
Movarounnahr va unga qo'shni hududlarda jamoachilar soliqlar, uzluksiz urushlar, talon-tarojlardan qiynalib yirik yer egalaridan panoh izlashga intilishgan. Bu jarayonda jamoachilar yerni ishlash huquqini saqlab qolgan holda yirik zamindorga soliq to'lash asosida o'zaro kelishib olganlar. Zamindorlarning jamoachilar bilan bunday munosabati «ilja'», «at-talji'a», «al-malaja» atamalari bilan izohlangan.
Soliq yig'uvchilar «amil» degan nom bilan yuritilardi. Bag'doddan Buxoroga maxsus soliq yig'uvchi kelib, soliqlarni o'zi jamlab olib I ketardi. Soliqlar pul yoki mahsulot shaklida olingan.
Soliq Movarounnahrda boshqa viloyatlardagi singari uch xil shaklda yig'ilgan: 1. Qavonin yoki muqati'a - mayda viloyatlar va tumanlardan xazinaga tushib turgan yig'in. 2. Maqosima - hosilning ma'lum ulushi miqdorida to'langan. Uning hajmi sug'orishga bog'liq holda belgilangan. 3. Misoxa - yer hajmiga qarab miqdori belgilanadigan soliq bo'lib, unda ekin ekilishi yoki ekilmasligiga e'tibor berilmagan. Shunday qilib, xiroj xalifalikning mulki va xazinaga tushadigan daromadning asosini tashkil etar edi. Yer solig'ining bir qismi sug'orish inshootlari barpo etishga sarflangan, boshqa qismi esa xalifa xazinasini fo'ldirar edi.
Oziq-ovqat narxi oshgan taqdirda, soliq to'lovchilardan ortib qolgan mahsulot ham yig'ilgan. Oziq-ovqat mahsulotlari qimmatlashgan taqdirda soliq to'lovchilardan faqat mahsulot olinar edi. Mabodo soliq to'lashga qurbi yetmasa, u holda sotib olib bo'lsa ham to'lashga majbur edi.
Soliq yig'uvchilarning o'zboshimchaliklari, talon-tarojliklar, urushlar, hosilsizliklardan zarar ko'rgan oddiy ijaradorlar tobora xonavayron bo'lib bordilar. Movarounnahrda bu jarayon ijtimoiy toifalar orasidagi farqni keskin o'zgartirdi. Ozod va erkin jamoachilar orasidan ko'pchiligi yer-mulkni ijaraga olib soliq to'Jar va umuman zodagon kishi - dehqonga qaram edi. Soliq yig'ish va xalifalik xazinasini toidirishning boshqa bir usuli - bu islomni qabul qilmaganlardan jon solig'i va xiroj olinishi bo'lgan. Isyon ko'targan va qo'zg'olonlarda qatnashgan aholining mulklari. tortib olinar, o'zlari qatl qilinar, ular joylashgan joylar iqta tarzida harbiylar va amaldorlarga bo'lib berilar edi. Shu tarzda xalifalik iqtisodiy hayoti Movarounnahrdagi xo'jalikka, aholi turmushiga katta ta'sir ko'rsatdi.

Yüklə 21,24 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin