Aritmiya — turlari, xavfli jihatlari, davolash va oldini olish usullari



Yüklə 28,84 Kb.
səhifə1/4
tarix05.12.2023
ölçüsü28,84 Kb.
#174254
  1   2   3   4
Aritmiya — turlari, xavfli jihatlari, davolash va oldini olish usullari


Aritmiya — turlari, xavfli jihatlari, davolash va oldini olish usullari

Aritmiyalar haqida soʻz yuritish juda ham murakkabdir. Zero, bu muammo tibbiyotdagi, xususan, yurak xastaliklarini oʻrganuvchi soha – kardiologiyadagi dolzarb muammolardan biri hisoblanadi. Gap yurak maromining buzilishlari boʻlmish aritmiyalar haqida ketmoqda.


Aniqlik kiritamiz, aritmiya nima?
Aritmiya soʻzi yunoncha aritmos (“a” – yoʻq, “ritmos” – marom) soʻzidan olingan boʻlib, barcha yurak maromi buzilishlari uchun umumiy atama hisoblanadi. Aritmiya bilan tibbiyotning kardiologiya sohasi keng shugʻullanadi. Umuman olganda, yurak aritmiyasi yurakning kundalik “jismoniy” ishidagi oʻzgarish boʻlib, bunda yurak maromining son va sifat jihatidan buzilishi kuzatiladi.

Yurak aritmiyasi surunkali yoki xurujli boʻlishi, baʼzida qaysidir kasallikning yoki tanadagi buzilishlarning belgisi sifatida kuzatilishi mumkin. Misol uchun, spirtli ichimliklarni isteʼmol qilish, sigareta chekish, kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini qabul qilish aritmiyaga sabab boʻlishi mumkin. Aritmiyani tashxislash uchun EKG (elektrokardiografiya) tekshiruvi mavjud. Bu tekshiruv keng tarqalgan boʻlib, aritmiyalarni tashxislabgina qolmay, balki ularning turlarini ham aniqlashga yordam beradi.


Har bir inson hayoti davomi bir marotaba boʻlsa-da, yurak faoliyati buzilishini oʻzida his qilib koʻradi. Ayniqsa, imtihon oldidan, maʼsuliyatli vaziyatlarda, kuchli asabiylashishda yurak oʻzining “borligini” bildiradi. Yurak 24 soat davomida 100 000 martadan koʻproq qisqaradi.
Aritmiyaning turlari
Yurak aritmiyalarining bir necha turlari mavjud.
Sinus tugunining aritmiyalari koʻp hollarda xavfsiz boʻlib, alohida davo yoki yondoshuvni talab etmaydi. Bu aritmiyalarga sinusli taxikardiya, sinusli bradikardiya, sinusli aritmiya kiradi.
Sinusli taxikardiya bu yurak urishlari sonining 90 martada koʻp boʻlishidir. Bu aritmiya turi sogʻlom odamda ham uchraydi, masalan, yugurganda, zinadan yuqori qavatga koʻtarilganda yurak tana ehtiyojlarini qondirish maqsadida tezroq ura boshlaydi. Jismoniy yuklama toʻxtatilgach, yurak urishi soni oʻz meʼyoriga keladi. Biroq sinusli taxikardiya kamqonlik, qalqonsimon bez faoliyatidagi buzilishlarning belgisi boʻlishi mumkin.



Yüklə 28,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin