Arxeologiya o’quv amaliyoti bo’yicha hisobot



Yüklə 5,94 Mb.
səhifə1/5
tarix13.12.2023
ölçüsü5,94 Mb.
#175293
  1   2   3   4   5
Arxeologiya o’quv amaliyoti bo’yicha hisobot

Arxeologiya o’quv amaliyoti bo’yicha hisobot

Tarix yo’nalishi 102-guruh talabasi Abdullayeva Muslima

Arxeologik obyektlar


Shoshtepa arxeologik yodgorligi
Mingo’rik arxeologik yodgorligi
Yunusobod Oqtepa
arxeologik yodgorligi

Arxeologik obyektlar


Abulqosim madrasasi
Zangiota maqbarasi
Hazrati imom maqbarasi

Shoshtepa arxeologik yodgorligi

SHOSHTEPA – arxeologik yodgorlik, tashqi va ichki qishloq hamda baland ark – qal’adan iborat shahar xarobasi (miloddan avvalgi 9-asr – milodiy 16-asr). Jo‘n kanali bo‘yida (Choshtepa ko‘chasida) joylashgan. Dastlab Turkiston arxeologiya havaskorlari to‘garagi a’zolari tomonidan qayd etilgan, N.P.Ostroumov arxeologik qazishmalar o‘tkazgan (1896), G.V.Grigoryev tekshirgan (1934), N.I.Krasheninnikova (1956), F.Dadaboyev (1970) arxeologik kuzatishlar olib borgan, 1978 yildan Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi tomonidan o‘rganilmoqda.

Shoshtepa maydoni 25 gektarga yaqin. Yon bag‘irlari tik bo‘lgan tepalik ko‘rinishidagi dastlabki qishloq (150×120 m) istehkomli bo‘lib, arkni ham o‘z ichiga olgan, ark bilan qishloqni Jo‘n kanali ajratib turgan.

Shoshtepaning keyingi davr qatlamini ko‘chmanchilar nekropoli egallaydi, unda qabrga an’anaviy buyumlar qo‘shib ko‘milgan. Bu miloddan avvalgi 3-asrdan Yevrosiyoda boshlangan yirik etnik ko‘chishlar davrida qabilalarni Orol bo‘yidan Amudaryoning o‘rta oqimi tomon migratsiyalari yo‘nalishi haqida guvohlik beradi.Burganli qishlog‘i va ko‘chmanchilar nekropoli xarobalari o‘rnida miloddan avvalgi 2-asrda (ya’ni, 2200 yil avval) atrofi halqa devor bilan o‘ralgan, o‘ziga xos xochsimon tarhli bino qurilgan. U xoch va halqa uyg‘unligi – quyoshning eng qadimiy ramzi tamoyilida bunyod etilgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra u Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan vohalardan kelgan kishilar tomonidan qurilgan. Ular o‘zlari bilan xom g‘isht va paxsadan me’moriy inshootlar qurish ko‘nikmalarini olib kelganlar. Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi arxeologlari tomonidan xom g‘ishtdan terib ishlangan devorlar, yo‘lak arkalari, gumbazli xonalar o‘rganildi, ayrim xonalar qizil rangga bo‘yalgan. Binoning o‘ziga xos tarhi, xonalardan biridagi kichik otashgoh, shuningdek, xonalardan biriga bosh chanog‘ining ko‘milganligi binodan maxsus maqsadlarda foydalanganliklarini ko‘rsatadi.

  • Shoshtepaning keyingi davr qatlamini ko‘chmanchilar nekropoli egallaydi, unda qabrga an’anaviy buyumlar qo‘shib ko‘milgan. Bu miloddan avvalgi 3-asrdan Yevrosiyoda boshlangan yirik etnik ko‘chishlar davrida qabilalarni Orol bo‘yidan Amudaryoning o‘rta oqimi tomon migratsiyalari yo‘nalishi haqida guvohlik beradi.Burganli qishlog‘i va ko‘chmanchilar nekropoli xarobalari o‘rnida miloddan avvalgi 2-asrda (ya’ni, 2200 yil avval) atrofi halqa devor bilan o‘ralgan, o‘ziga xos xochsimon tarhli bino qurilgan. U xoch va halqa uyg‘unligi – quyoshning eng qadimiy ramzi tamoyilida bunyod etilgan. Arxeologik ma’lumotlarga ko‘ra u Sirdaryoning quyi oqimida joylashgan vohalardan kelgan kishilar tomonidan qurilgan. Ular o‘zlari bilan xom g‘isht va paxsadan me’moriy inshootlar qurish ko‘nikmalarini olib kelganlar. Toshkent arxeologiya ekspeditsiyasi arxeologlari tomonidan xom g‘ishtdan terib ishlangan devorlar, yo‘lak arkalari, gumbazli xonalar o‘rganildi, ayrim xonalar qizil rangga bo‘yalgan. Binoning o‘ziga xos tarhi, xonalardan biridagi kichik otashgoh, shuningdek, xonalardan biriga bosh chanog‘ining ko‘milganligi binodan maxsus maqsadlarda foydalanganliklarini ko‘rsatadi.

Yüklə 5,94 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin