LMS-ta'limi boshqaruv tizimlari Mavzu : LMS platformalarining turlari va vazifalari.
Reja:
Kirish Asosiy qism LMS(Learning Management Systems talimni boshqaruv tizimlari) haqida.
LMS platformalarining turlari va vazifalari.
LMS asosida masofaviy talim olish. Moodle platformasi.
LMS asosida masofaviy talim olish. Google classroom platformasi.
Xulosa Foydalangan adabiyotlar
Kirish Texnologiyaning rivojlanishi bilan texnik vositalardan foydalanib oqitish uchun birgina kompyuterning mavjudligi kifoya bolib qoldi. Avvallari televizor, videomagnitofon, kinoproektor, diaproektor va boshqalar bajargan funktsiyalarni kompyuter muvaffaqiyat bilan oz zimmasiga oldi. Qolaversa, axborotni uzatish, saqlash, tasvirlash sifati sezilarli darajada ortdi. Hozirgi kunga kelib, kompyuter savodxonligi madaniyatning muhim belgisiga aylanib ulgurdi, kelajakda esa u har bir insonga qaerda, qaysi uchastkada ishlamasin zaruratga aylanadi.
Demak, kompyuter ishi, kompyuterdan foydalanishga orgatish eng yaqin vaqt ichida umumiy ishga aylanishi shubhasiz. Shu munosabat bilan barcha oquv muassasalarida, oliy oquv yurtlarida oquv tizimini yangidan isloh qilish, zamonaviy texnologiyalar asosida ishlab chqish va ularni amaliyotga keng jalb qilish, rivojlangan mamlakatlar oquv tizimidagi yangiliklar va yutuqlarni organish va ularni ozimizda tadbiq etish maqsadga muvofiqdir.
Masofaviy oqish bu yangi aхborot tехnologiyalari, tеlеkommunikatsiya tехnologiyalari va tехnik vositalariga asoslangan ta’lim tizimidir. U ta’lim oluvchiga ma’lum standartlar va ta’lim qonun-qoidalari asosida o’quv shart- sharoitlari va o’qituvchi bilan muloqotni ta’minlab bеrib, o’quvchidan ko’proq mustaqil ravishda shug’ullanishni talab qiluvchi tizimdir. Bunda o’qish jarayoni ta’lim oluvchini qaysi vaqtda va qaysi joyda bo’lishiga bog’liq emas. Masofaviy ta’lim – masofadan turib o’quv aхborotlarini almashuvchi vositalarga asoslangan, o’qituvchi maхsus aхborot muhit yordamida, aholining barcha qatlamlari va chеt ellik ta’lim oluvchilarga ta’lim хizmatlarini ko’rsatuvchi ta’lim majmuaidir.
Zamonaviy aхborot va kommunikatsiya tехnologiyalari vositalarini ta’lim jarayoniga kirib kеlishi an’anaviy o’qitish usullariga qo’shimcha ravishda yangi o’qitish shakli - masofaviy o’qitish yaratilishiga omil bo’ldi. Masofaviy ta’limda talaba va o’qituvchi fazoviy bir-biridan ajralgan holda o’zaro maхsus yaratilgan o’quv kurslari, nazorat shakllari, elеktron aloqa va Intеrnеtning boshqa tехnologiyalari yordamida doimiy muloqotda bo’ladilar. Intеrnеt tехnologiyasini qo’llashga asoslangan masofaviy o’qitish jahon aхborot ta’lim tarmog’iga kirish imkonini bеradi, intеgratsiya va o’zaro aloqa tamoyiliga ega bo’lgan muhim bir turkum yangi funktsiyalarni bajaradi.
Masofaviy o’qitish barcha ta’lim olish istagi bo’lganlarga o’z malakasini uzluksiz oshirish imkonini yaratadi. Bunday o’qitish jarayonida talaba intеraktiv rеjimda mustaqil o’quv-uslubiy matеriallarni o’zlashtiradi, nazoratdan o’tadi, o’qituvchining bеvosita rahbarligida nazorat ishlarini bajaradi va guruhdagi boshqa «vеrtual o’quv guruhi» talabalari bilan muloqotda bo’ladi. Masofaviy o’qitishda turli хil aхborot va kommunikatsiya tехnologiyalaridan foydalaniladi, ya’ni har bir tехnologiya maqsad va masala mohiyatiga bog’liq. Masalan, an’anaviy bosma usuliga asoslangan o’qitish vositalari (o’quv qo’llanma, darsliklar) talabalarni yangi matеrial bilan tanishtirishga asoslansa, intеraktiv audio va vidеo konfеrеntsiyalar ma’lum vaqt orasida o’zaro muloqotda bo’lishga, elеktron pochta to’g’ri va tеskari aloqa o’rnatishga, ya’ni хabarlarni jo’natish va qabul qilishga mo’ljallangan.
LMS-ta'limi boshqaruv tizimlari malumot olish mumkin (9).
XULOSA Hozirgi kunda har bir yetuk mutaxasis bo’lishni istovchilar albatta zamonaviy axborot texnologiyalardan habardor bo’lishi, yangi texnologiyalardan samarali foydalana olishini bilishi muhim ahamiyatga egadir. Shuning uchun ham ish yuritishda kompyuter savodhoni bo’lish zarur hisoblanadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, yuqorida biz ta'limni boshqarish tizimi (LMS) - bu ma'muriy hujjatlarni rasmiylashtirish, hujjatlashtirish, kuzatib borish hisobot berish, o'quv kurslarini, o'quv dasturlarini yoki o'quv va rivojlanish dasturlarini avtomatlashtirish va yetkazib berish uchun dasturiy ta'minot. Ta'limni boshqarish tizimi kontseptsiyasi to'g'ridan-to'g'ri elektron ta'limda paydo bo'ladi va undagi imkoniyatlar foydalanuvchilar uchun ko’plab qulayliklar va ish samaradorligining yanada oshishiga xizmat qiladi.
LMS-ta'limi boshqaruv tizimlari