Asp. Net yordamida berilganlarni vizuallashtirish



Yüklə 100,04 Kb.
tarix18.04.2023
ölçüsü100,04 Kb.
#99785
Vizuallashtirish


ASP.NET YORDAMIDA BERILGANLARNI VIZUALLASHTIRISH
Xajiyev I.O.1, Maxsumov A.2
1O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, f.-m. f. d.
2O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti
Hozirgi davrda har bir inson kundalik hayotida katta hajmdagi ma’lumotlarga duch keladi. Ma’lumotlar har daqiqada o‘sib boryapti, chunki hozirgi texnika bizning taraqqiyotimizni kuzatib boradi va bu ma’lumotlarni yozib oladi. Bularga misol qilib, ob-havoning o’zgarishi, valyuta kurslarining o‘zgarishi, qimmatli qog‘ozlar narxlari, kompaniyalarning daromadlari, aholining soni, istemol-mollarining sotilishi, internet orqali beriladigan ovozlar soni va h.k.
Bularning barchasini berilganlar deb qarab, ular asosida statistik ma’lumotlar hosil qilishimiz, sun’iy intellektni rivojlantirishimiz mumkin. Lekin biz uchun haqiqatan ham foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni qanday tanlash mumkin? Bu maʼlumotlar juda koʻp joy egallaydi, bularni oʻqish uchun yuzlab yillar kerak boʻladi. Inson uchun vizual ma'lumot yaxshiroq qabul qilinadi va o‘z fikr va g‘oyalaringizni odamga tez va samarali yetkazish imkonini beradi. Fiziologik nuqtai nazardan, vizual ma’lumotlar idrok etishning eng asosiy turi hisoblanadi. Buni tasdiqlovchi ko‘plab tadqiqotlar mavjud.
Berilganlar asosan diskret yoki uzluksiz holda ya’ni biror formula bilan berilishi mumkin. Shuningdek, berilganlarni vizuallashtirish uchun
- oddiy diagrammalar (gistogramma, doiraviy va boshqalar);
- grafiklar (moliyaviy (valyuta, qimmatli qog’ozlar), funksiyalar);
- infografika;
- bir-biriga bog‘liq graflar;
- uch o‘lchamli sirt va boshqa turlari qo‘llaniladi.
Ushbu maqolada diskret holda va funksiya shaklida berilganlarni ASP.NET texnologiyasi bilan vizuallashtirish keltirilgan.
Masalan, berilganlar diskret holda bo‘lsin. Biror mahsulotning ma’lun bir do‘konda oylar kesimi bo‘yicha qancha miqdorda sotilganligini ifodalovchi jadval berilgan (1-jadval).
1-jadval

Yan.

Fev.

Mart

Apr.

May

Iyun

Iyul

Avg.

155

140

125

110

100

90

50

80

Ushbu berilganlarni ASP.NET imkoniyatlaridan foydalanib web-sahifada grafigini chizish uchun uskunalar panelidagi Chart (u Data guruhida) boshqaruv elementi web sahifaga qo‘yiladi yoki belgilash kodiga tegini yozish orqali qo‘shishingiz mumkin. Ushbu misol uchun belgilash kodi quyidagicha ko‘rinadi:










Har bir Chart elementida siz ma’lumotlarni ko‘rsatishingiz mumkin bo‘lgan bir yoki bir nechta maydonlar qo‘shish mumkin. Yuqoridagi kodda ma’lumotlar to‘plamini grafik ko‘rsatish uchun ishlatiladigan bitta maydon (series) belgilangan. Ko‘pgina ASP.NET boshqaruvlarida bo‘lgani kabi, siz Chart bilan ishlash uchun kod orqasidagi fayldan foydalanishingiz mumkin yoki belgilash kodidan foydalanishni davom ettirishingiz mumkin. Keling, avval kod ortidagi yondashuvni ko'rib chiqamiz. Hammasi diagramma ko‘rinishini sozlashdan boshlanadi, buning uchun System.Web.UI.DataVisualization.Charting nomlar fazosi loyihaga qo‘shilishi kerak:
string[] months = { "Yan.", "Fev.", "Mart",
"Apr.", "May", "Iyun", "Iyul", "Avg." };
int[] amount = { 155, 140, 125, 110, 100, 90, 50, 80 };
// Chart grafigini formatlash
Chart1.BackColor = Color.Gray;
Chart1.BackSecondaryColor = Color.WhiteSmoke;
Chart1.BackGradientStyle = GradientStyle.DiagonalRight;
Chart1.BorderlineDashStyle = ChartDashStyle.Solid;
Chart1.BorderlineColor = Color.Gray;
Chart1.BorderSkin.SkinStyle = BorderSkinStyle.Emboss;
// Diagramma maydonni qo'shish
Chart1.Series.Clear();
Chart1.Series.Add("Mahsulot miqdori");
Chart1.Series["Mahsulot miqdori"].ChartType = SeriesChartType.Column;
// Diagramma sohani formatlash
Chart1.ChartAreas[0].BackColor = Color.Wheat;
// Sarlavha qo'shish
Chart1.Titles.Add("Oylar kesimida sotilgan mahsulotning
miqdorlari");
Chart1.Titles[0].Font = new Font("Times New Roman", 16);
for(int i=0; i{
Chart1.Series["Mahsulot miqdori"].Points.AddXY(months[i], amount[i]);
}
Ushbu dastur natijasi web sahifada quyidagicha ko’rinadi.

Aytaylik berilganlar biror funksiya orqali ifodalansin. Misol uchun, , shaklda berilgan. U holda funksiyaning grafigini chizish uchun quyidagicha dastur kod yoziladi:
double[] x = new double[51];
double [] f=new double[51];
for (int i = 0; i < x.Length; i++)
{
x[i] = -2 * Math.PI + 4 * Math.PI * i / 50;
f[i] = x[i] * Math.Sin(2 * x[i] - 1);
}
// Diagramma maydonni qo'shish
Chart1.Series.Clear();
Chart1.Series.Add("f(x)");
Chart1.Series["f(x)"].ChartType = SeriesChartType.Spline;
Chart1.Titles.Add("Berilgan f(x) funksiyaning grafigi");
for(int i=0; i{
Chart1.Series["f(x)"].Points.AddXY(Math.Round(x[i],2), f[i]);
}
Natijada, funksiyaning grafigi web sahifada quyidagicha chiqadi:

Foydalanilgan adabiyotlar
1. Чамберс Джеймс, Пэкетт Дэвид, Тиммс Саймон. ASP.NET Core. Разработка приложений. — СПб.: Питер, 2018. — 464 с.
2. https://metanit.com/sharp/mvc5/
Yüklə 100,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin