Avtomobillarning axborot-diagnostik tizimiga ta'luqli asboblarni tuzilishi va ishlashi



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə1/11
tarix21.05.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#119111
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Avtomobillarning axborot-diagnostik tizimiga ta\'luqli asboblarni tuzilishi va ishlashi


Avtomobillarning axborot-diagnostik tizimiga ta'luqli asboblarni tuzilishi va ishlashi

Avtomobilning axborot-diagnostik tizimi (ADT) avtomobilning harakatlanish rejimi va uning texnik holati haqidagi axborotni to‘plash, ishlov berish, saqlash va aks ettirish uchun xizmat qiladi. Shu maqsadda avtomobilga nazorat-o‘lchov asboblari (NO‘A) va bortdagi nazorat tizimi (BNT), navigatsiya tizimi (NT), marshrut kompyuteri kabi qo‘shimcha moslamalar o‘rnatiladi


Axborot-diagnostik tizimlar zamonaviy avtomobillar tarkibining uzviy qismiga aylanib, avtomobilning harakat rejimi, texnik holati hamda tashqaridan ta’sir qiluvchi omillar haqidagi ma’lumotlarni to‘plash, ishlov berish, saqlash va aks ettirish uchun xizmat qiladi. Hozirgi kunda “haydovchi-avtomobil-yo‘l-atrof muhit” tizimi yagona makon sifatida ko‘rilmoqda.
Rivojlangan mamlakatlarda ortiqcha yuklama bilan ishlayotgan avtomagistrallarda harakat xavfsizligini ta’minlash, haydovchiga yo‘l holati va undagi transport oqimlari haqidagi ma’lumotni tezkor ravishdayetkazib berish hisobiga xal qilish mumkin degan g‘oya ko‘pchilik mutaxassislarningqat’iy fikriga aylanmoqda.
Bir qator xorijiy mamlakat hukumatlari yirik avtomagistrallarda harakat xavfsizligi, transport oqimlarini o‘tkazish qobiliyatini oshirish, chiqindi gazlardagi zaxarli moddalarning miqdorini kamaytirishga yo‘naltirilgan loyihalarni ancha yirik mablag‘ bilan ta’minlamoqdalar. Shuning uchun oxirgi vaqtda intelektual transport tizimlari (Intelligent Transporation System - ITS) kontseptsiyasi haqida ko‘plab fikrlar bildirilmoqda. AQSH va Yaponiyada bunday loyihalar ITS, yevropada esa – Telematic nomi bilan yuritilmoqda. Loyihalar transport vositalarini yagona oqim bilan harakatlanishini optimal tashkil qilish, haydovchilarga tavsiyalar va ogohlantirishlar va boshqa ma’lumotlarniyetkazish uchun zarur bo‘ladigan infrastrukturani va elektron apparatlarni loyihalash va yaratish masalalarini o‘z ichiga oladi. Bu loyihalarni amalga oshirish uchun transport oqimlarining tig‘izligi haqidagi habar beruvchi datchiklar, katta xajmdagi ma’lumotlarga ishlov beruvchi kompyuterlar, aloqa vositalari, avtomobil displeylari va boshqa ko‘plab jihozlar zarur bo‘ladi. Ba’zi loyihalarda (Telematic) intelektual transport tizimlarini ishlashi uchun zarur ma’lumotlar telematik majmualar bilan jihozlangan avtomobillarning o‘zidan uzatilishi ko‘zda tutilmoqda. Axborot majmuasi tarkibiga bir qator, jumladan avtomobilni olib qochishga qarshi, navigatsiya tizimi, eshik qulflarini uzoqdan boshqarish tizimi, “avtomobil-yo‘l” boshqarish tizimi, raqamli audio/video majmuasidan iborat haydovchiga tezkor ma’lumotyetkazish tizimlari kiradi. Bortdagi kompyuterga shuningdek girokompas, g‘ildiraklarni aylanish tezligi datchigi, rul chambaragi holati datchigi va boshqa datchiklardan uzluksiz signallar kelib turadi.
“Avtomobil-yo‘l” aloqa tizimi mobil aloqa vositalari yordamida haydovchiga yo‘l axborot xizmatidan ma’lumotlarniyetkazilishini ta’minlaydi.




    1. Yüklə 1,27 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin