Axborotni almashishni tashkil etish, mikroprotsessor tizimi shinasi va axborotni almashish sikllari, magistral qurilmalari funksiyalari



Yüklə 55,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix27.12.2023
ölçüsü55,22 Kb.
#198661
  1   2   3   4   5
М 8 Axborotni almashishni tashkil etish, mikroprotsessor tizimi shinasi va axborotni almashish sikllari, magistral qurilmalari funksiyalari



Axborotni almashishni tashkil etish, mikroprotsessor tizimi shinasi va 
axborotni almashish sikllari, magistral qurilmalari funksiyalari 
Integral mikrosxemalar elektr asboblarning sifat darajasidagi yangi turi 
bo‘lib elektron qurilmalarning asosiy negiz elementi hisoblanadilar. 
Integral mikrosxema (IMS)
elektr jihatdan o‘zaro bog‘langan elektr 
radiomateriallar (tranzistorlar, diodlar, rezistorlar, kondensatorlar va boshqalar) 
majmui bo‘lib, yagona texnologik siklda bajariladi, ya’ni bir vatqning o‘zida 
yagona konstruksiya (asos)da ma’lum axborotni qayta ishlash funksiyasini 
bajaradi. 
IMSlarning asosiy xossasi shundaki, u murakkab funksiyalarni bajarish 
bilan birga kuchaytirgich, trigger, hisoblagich, xotira qurilmasi va boshqa 
funksiyalarni ham bajaradi. Xuddi shu funksiyalarni bajarish uchun diskret 
elementlarda mos keluvchi sxemani yig‘ish talab qilinardi. 
IMSlar uchun ikki asosiy belgi mavjud: 
konstruktiv
va 
texnologik

Konstruktiv belgisi shundaki, IMSning barcha elementlari asosiy asos ichida yoki 
sirtida joylashadi, elektr jihatdan birlashtirilgan va yagona qobiqga joylashtirilgan 
bo‘lib, yagona hisoblanadi. IMS elementlarining hammasi yoki bir qismi va 
elementlararo bog‘lanishlar yagona texnologik siklda bajariladi. Shu sababli 
integral mirosxemalar yuqori ishonchlilikka va kichik tannarxga ega. 
Hozirgi kunda yasalish turi va hosil bo‘ladigan tuzilmaga ko‘ra IMSlarning 
uchta prinsipial turi mavjud: 
yarim o‘tkazgichli, pardali
va 
gibrid
. Har bir IMS 
turi konstruksiyasi, mikrosxema tarkibiga kiradigan element va komponentlar 
sonini ifodalovchi integrasiya darajasi bilan xarakterlanadi. 
Element 
deb biror elektroradioelement (tranzistor, diod, rezistor
kondensator va boshqalar) funksiyasini amalga oshiruvchi IMS qismiga aytiladi va 
u kristall yoki asosdan ajralmagan konstruksiyada yasaladi. 

Yüklə 55,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin