Axborotnomasi



Yüklə 0,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#168549
  1   2
YO\'TA 0513



52 
YANGI OʻZBEKISTON TALABALARI 
AXBOROTNOMASI 
www.in-academy.uz 
1-JILD, 5-SON, PART 2 (YOʻTA) 
 MUSTAQILLIK YILLARIDA ARXIV ISHI 
Xoldarov Shukurillo
Andijon davlat universiteti Tarix fakulteti 2-kurs talabasi
ARTICLE INFO 
 
ABSTRACT
 
Qabul qilindi: 10-May 2023 yil 
Ma’qullandi: 13-May 2023 yil 
Nashr qilindi: 16-May 2023 yil
 
 
Ushbu maqolada mustaqillik yillarida boshqaruv sohasi 
kabi arxivlar tizimida amalga oshirilgan islohotlar,arxiv 
ishi haqidagi qonunlar haqida so’z yurutiladi.
KEY WORDS 
arxivlar 
faoliyati,arxiv 
hisobi,idoraviy arxivlar,fuqarolik 
arxivlari,fond,hujjat,asqlov birligi 
 
O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng xalqimizning haqiqiy tarixiga bo’lgan 
qiziqishi beqiyos darajada o’sdi, ma’naviy qadriyatlarni qayta tiklash hayotiy zaruratga 
aylandi. Bu esa xalq tarixiy xotirasining ajralmas qismi bo’lmish arxivlar faoliyatini tubdan 
yaxshilash vazifasini kun tartibiga qo’ymoqda. Respublikamizda o’tgan davrlarda shakllangan 
va o’z samaradorligini amalda isbotlagan arxiv tizimi asosan saqlanib qoldi. Bu urushdan 
keyin shakllanib, asosan davlat arxivlari, idoraviy arxivlar va shaxsiy arxivlarni o’z ichiga 
olgan tizimdir. Mustaqillik yillarida faqatgina sobiq partiya (KPSS) arxivlari qayta tuzildi. 
Toshkentdagi sobiq O’zkompartiya Markaziy Komiteti arxivi va viloyatlar partiya komitetlari 
arxivlari negizida Prezident Devoni arxivi va uning viloyatlardagi bo’limlari tashkil etildi. 
Mustaqillik yillarida respublika arxivlari faoliyatida chuqur sifat o’zgarishlari ro’y berdi. Eng 
avvalo 1999-yil 15-aprelda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan qabul qilingan 
“Arxivlar to’g’risida”gi Qonunni eslab o’tish joizdir. Bu qonun arxivlar faoliyatining huquqiy 
negizidir. Mazkur qonunda Dalvat arxiv fondi, hujjatlariga bo’lgan mulkdorlik, hujjatlarni 
saqlash tartibi, davlat arxivlarini moliyalash, arxivlarni yangi hujjatlar bilan to’ldirish, 
hujjatlardan foydalanish kabi masalalar o’z yechimini topgan. Qonunda O’zbekiston 
Respublikasiningmuassasalar va tashkilotlar qoshida hujjatlarni vaqtincha saqlash, ulardan 
xizmat, ishlab chiqarish, ilmiy va boshqa maqsadlarda foydalanish maqsadida idoraviy 
arxivlar tashkil etilgan. Qonunda belgilanganidek, zarurat tug’ilganda idoraviy arxiv o’rniga 
birlashgan idoraviy yoki idoralararo arxivlar ham tuzilishi mumkin. Idoraviy arxivlarda 
hujjatlar vaqtincha saqlanadi. Belgilangan muddatdan so’ng idoraviy arxivlarning hujjatlari 
davlat arxiviga topshiriladi. Hujjatlarni idoraviy arxivlarda saqlash, ulardan foydalanish va o’z 
vaqtida davlat arxivlariga topshirish uchun mazkur idora yoki muassasa rahbarlari 
javobgardirlar. Idoraviy arxivlarning faoliyati, hujjatlarni idoraviy arxivlardan davlat 
arxivlariga o’tkazish tartibi “Arxivlar to’g’risida”gi Qonun va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi 
Bosh Arxiv boshqarmasi tasdiqlagan nizomlar asosida amalga oshiriladi. Idoraviy arxivlarda 
hujjatlar nizomlarda belgilangan muddat davomida saqlanadi. Bu muddatning qancha davom 



Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin