5-mavzu. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish omillari reja



Yüklə 235,81 Kb.
səhifə1/5
tarix19.06.2023
ölçüsü235,81 Kb.
#132687
  1   2   3   4   5
5-mavzu. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirish omillari reja


5-mavzu.INNOVATSION IQTISODIYOTNI RIVOJLANTIRISH OMILLARI
Reja:
1. Innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga ta’sir etuvchi omillar.
2. Innovatsion faoliyatni rivojlantirishning tarkibiy qismlari.
3. Korxonani innovatsion salohiyati va uni aniqlash yo‘llari.


Qo‘llaniladigan pedogogik texnologiyalar: ma’ruza, “aqliy hujum”, namoyish etish.
Tavsiya etilgan adabiyotlar
1.O‘zbekiston Respublikasining “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni, 2019 yil 29 oktyabr,
2.O‘zbekiston Respublikasining “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi Qonuni, 2000 yil 25 may.
3. O‘zbekiston Respublikasining “Innovatsion faoliyat to‘g‘risida”gi Qonuni, 2020 yil 24 iyul.
4.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”PF-4947-son Farmoni.
5.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 21 sentyabrdagi “2019-2021yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha” PF-5544 son Farmoni
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 24 noyabrdagi “Tadbirkorlik va innovatsiyalar sohasida loyihalarni moliyalashtirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-5583-sonli Farmoni.
7. Mirzayev Q.J., Shavqiyev E.Sh., Janzakov B.K. Innovatsion iqtisodiyot”: o‘quv qo‘llanma. – T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot-matbaa uyi”, 2020.
8.Porter M. Konkurentnaya strategiya, Alpina Biznes Buks, 2005,
9. Salixov S.A. Innovatsion faoliyatni boshqarish. Darslik. T.: TDIU, 2013


«Bloomberg» nashriyoti tomonidan har yillik tadqiqotlar natijalari aks ettiriladigan «Global innovatsion indeksi» reytingida olti kategoriya bo‘yicha mamlakatlar reytingi aniqlangan edi. Ushbu reytingda ilmiy-tadqiqot faoliyati, ishlab chiqarish, oliy ta’lim, ilmiy kadrlar, yuqori texnologik kompaniyalar hamda ishlab chiqarish va patentlar bo‘yicha mavjud ko‘rsatkichlar hisoblab chiqilgan (jadval).
Iqtisodiyotning innovatsion taraqqiyoti – bu intellektual salohiyat, ishchi va xizmatchilarning kreativ imkoniyatlari, bilimi, tovar yaratishdan tortib, u iste’molchiga yetib borguniga qadar barcha bosqichlar demakdir. Ushbu yo‘nalishlardagi innovatsiyalar korxona strategik rivojlanishining asosiy resursi vazifasini o‘taydi. Zero, bugungi sharoitda innovatsion, intellektual bilimlarga asoslangan, malakali ishchi kuchini mujassam etgan yuqori fan sig‘imiga ega texnologik iqtisodiyot raqobatbardoshdir.
Xorijiy mamlakatlarda davlatning innovatsion siyosatini rag‘batlantiruvchi turli xil strategiyalar, tashkiliy-iqtisodiy tamoyillar shakllangan va bugun ularga amalga qilinmoqda.
Hozirgi kunda ilmiy-tadqiqot hamda tajriba konstruktorlik ishlanmalarini moliyalashtirish mexanizmlari, shuningdek, intellektual mulkchilikka huquq shakllarini qo‘llashga asoslangan davlat siyosatini yuritish keng tarqalgan1. Davlat tomonidan fan va ishlab chiqarishdagi innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlash – qishloq xo‘jaligini byudjet tomonidan moliyalashtirishning eng samarali usullaridan biri hisoblanadi. Ushbu sohaga kiritilgan investitsiyalar istiqbolli va o‘z-o‘zini yuqori darajada qoplash imkoniyatiga ega (70 foizgacha)dir.
Turli mamlakatlar hukumati ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyatni moliyalashtirish uchun katta hajmda investitsiya sarflamoqda. Masalan, Yevropa Ittifoqi davlatlari ilmiy-tadqiqot va tajriba-konstruktorlik ishlanmalari uchun o‘rtacha YAIMga nisbatan 1,97%, Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkilotiga kiruvchi mamlakatlar – YAIMning 2,4%ini yo‘naltiradi. Bu borada lider mamlakatlar – Finlyandiya, Isroil, Koreya bo‘lib, mos ravishda innovatsiyalarga sarflangan harajatlar o‘rtacha YAIMga nisbatan 3,55%, 4,2% va 4,36%ni tashkil etadi2.
AQShda agrar sohadagi fan va innovatsiyalarni rivojlantirish maqsadida davlat katta sarmoya sarflaydi: bu ko‘rsatkich yiliga qariyb 1 mlrd.AQSH dollarini tashkil etadi. Ushbu mablag‘lar federal byudjet (yarmidan kami) va shtat mablag‘lari (qolgan qismi) hisobidan moliyalashtiriladi. Qonunga asosan, federal mablag‘lar shtatlarga davlat tomonidan ajratilgan mablag‘dan kam bo‘lmagan hajmda, shtat mablag‘idan pul ajratilgan taqdirdagina ajratiladi. Ayrim shtatlarda fan-texnika va innovatsiyalarga ajratilgan jami mablag‘ning 60% ini hududiy mablag‘lar tashkil etadi. Qisman davlat tomonidan nazorat qilinsa-da, mablag‘larni qay bir sohaga yo‘naltirishni shtatlarning o‘zi belgilaydi.
Milliy korxonalar raqobatdoshligini oshirishda innovatsion jarayonlarning o‘rni”
Milliy korxonalarning samarali faoliyat yuritishi ko‘p jihatdan ular-ning raqobatbardoshlik darajasi va innovatsion salohiyatiga bevosita bog‘liq-ligi, hozirda yirik korxonalarda innovatsion jarayonlarni strategik boshqa-rish va raqobat muhitini shakllantirish bilan bog‘liq muammolarni tadqiq etish muhim ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.
Mamlakatimizda yirik davlat korxonalarini aksiyadorlik jamiyatla-riga aylantirish bo‘yicha bosqichma-bosqich amalga oshirilgan institutsional islohotlar natijasida iqtisodiyot tarmoqlari va sohalarida turli mulk-chilik shakllariga asoslangan korxonalar vujudga keldi. Natijada mazkur korxonalar o‘rtasida raqobat muhiti paydo bo‘ldi. Shu bilan birga nisbatan qisqa davr ichida, mamlakatda iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismlaridan biri bo‘lgan innovatsion siyosatni amalga oshirish mexanizmlari ishlab chiqildi. Buning natijasida ilmiy tadqiqotlar, ishlanmalar, tajriba kons-truktorlik ishlari hamda yuqori texnologik jarayonlarni amaliyotga joriy etishning huquqiy asoslari shakllantirildi.

Yüklə 235,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin