2-Labaratoriya
Mavzu: Berilgan chiziq bo‘yicha profil chizish
Ishning maqsadi. Reyefi gorizontallar bilan tasvirlangan karta va
planga qarab joyning relyefini o‘rganish, chiziqli inshootlarni loyihalash
va boshqa ishlarni bajarish uchun shu joyning ma‘lum
yunalishdagi
profilini chizish.
Ishning bajarilish tartibi. Berilgan
RL chiziqning profilini
chizish uchun (- rasmga qaralsin) millimetrli kataklarga bo‘lingan
qog‘ozda
KL to‘g‘ri chiziq tortiladi va
bu chiziqda qabul qilingan
gorizontal masshtab bo‘yicha
KL kesimda bu chiziqning gorizontallar
bilan kesishgan 1, 2, 3 va hokazo nuqtalari belgilanadi (18.1-shakl).
So‘ngra
HL chiziq ostidan 1 — 1,5
sm oraliqda ikkita parallel to‘g‘ri
chiziq o‘tkaziladi. 1—2, 2—3, 3 - 4 va hokazo nuqtalar orasidagi
masofalar
kartada aniqlanib,
d bilan belgilangan grafaga, yuqoridagi
nuqtalarning otmetkalari (absolyut balandliklari)
esa uning ostidagi N
grafaga
m hisobida yoziladi. Keyin
HL shartli gorizont chizig‘ining
otmetkasi biror shartli songa teng deb qabul qilinadi, bu son profilning
eng pastki nuqtasi
KL chiziqdan 2—6
sm balandda joylashishini
ta‘minlashi lozim. Qabul qilingan
vertikal masshtabga muvofiq,
KL
chiziqdan boshlab nuqtalar belgilanadi. Odatda vertikal masshtab
gorizontal masshtabga nisbatan
10 baravar yirikroq qilib olinadi.
Belgilangan nuqtalar to‘g‘ri chiziqlar
bilan tutashtirilsa kartada,
berilgan
KL chiziqning profili hosil bo‘ladi. Profilni berilgan karta
masshtabida tuzish kerak deylik; bu
holatda profil qaysi chiziq
yo‘nalishida chizilishi kerak bo‘lsa, o‘sha chiziq ustiga millimetrli
kataklarga bo‘lingan qog‘oz qo‘yiladi va
KL chiziq uning gorizontallar
plan kesishgan nuqtalari va boshqa xarakterli nuqtalar belgilab chiqiladi.
KL chiziq ostiga bu nuqtalarning otmetkalari yoziladi. So‘ngra
belgilangan nuqtalardan qabul qilingan vertikal masshtab bo‘yicha
perpendikulyarlar chiqariladi. Bu perpendikulyarning uchlari birin-ketin
chiziq bilan tutashtirilsa, profil hosil bo‘ladi.