O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
fakulteti
101- yo’nalishi
ning
fanidan
tayyorlagan
Laboratoriya ishi
Bajardi: Elnur Yalg’ashov
Tekshirdi: Farrux Yo’ldoshev
Komp'yuterning asosiy korpusidagi qurilma va vositalarni etarlicha energiya bilan ta`minlovchi moslama komp’yuterninig energiya blokidir. Uning asosiy vazifasi aytilgan vositalarni energiya bilan ta`minlash, havo almashtirish va protsessor ichini sovutishdir, chunki ko`pgina komponentlar energiya bloki, protsessor va vinchester uzluksiz ish vaqtida qizib ketadi. Agar ishonchli havo almashtirish ta`minlanmasa, komp'yuter ichki qismlari qizib ketishi va to`xtab qolishiga sabab bo`ladi. Bundan tashqari kuchlanishlar tez-tez o`zgaradigan, katta kuchlanishli toklar o`tadigan joylarda energiya blokining ishonchliligi katta axamiyatga ega.
Protsessorni mikroprotsessor yoki CPU (ya'ni, Central Processing Unit - markaziy protsessor) deb ham atashadi. Protsessor arifmetik va mantiqiy amallarni bajaradi, xotira bilan bog'lanadi va barcha qurilmalar ishini boshqaradi.
Zamonaviy kompyuterlarda protsessor vazifasini 10 mm kvadratdan ham kichik yuzali yagona yarim o'tkazgichli kristalda (kremniy yoki germaniy) joylashgan millionlab mitti tranzistorlardan tashkil topgan mikro-protsessor, ya'ni o'ta zich integral sxema bajarmoqda. Misol sifatida ko'radigan bo'lsak, Intel Pentium Pro mikroprotsessori o'z ichida 5,5 milliondan ortiq tranzistorlarni saqlaydi.
protsessor berilgan dastur va zarur ma'lumotlar asosida inson aralashuvisiz kompyuterning avtomatik ishlashini ta'minlovchi qurilma ekan. Tezkor xotira qurilmasida (TXQ) ishlash jarayonida protsessor foydalanadigan barcha axborot va dasturlar saqlanadi. Uni tezkor deyilishiga sabab boshqa xotiralarga nisbatan axborot almashinuvi minglab yoki millionlab marotaba tezdir. Tezkor xotira qurilmasida saqlanayotgan ma'lumotlar kompyuter elektr manbaidan uzilganda yoki qayta yuklanganda o'chib ketadi.
Tezkor xotira qurilmasi registrlardan tashkil topgan. Registr - ma'lumotlarni ikkilik shaklida vaqtinchalik saqlab turish uchun mo'ljallangan qurilma. Har bir registr o'z navbatida triggerlardan tashkil topadi. Trigger mitti elektron sxema bo'lib, u elektr toki bilan zaryadlangan holda "1" ni, zaryadlanmagan holatda "0" ni ifodalaydi. Registrdagi triggerlarning miqdori kompyuterning necha razryadli ekanini belgilaydi. Registrlar uyachalar (yacheykalar) deb ham yuritiladi. Uyachalarning har bir razryadida bir bit axborot joylashadi (ya'ni 0 yoki 1). 8 bit axborot birlashganda 1 bayt miqdordagi axborotni hosil qiladi. Har bir bayt o'z tartib raqamiga, ya'ni adresiga ega bo'ladi. Uyachaning sig'imi mashina so'zi uzunligini belgilab beradi. Mashina so'zining uzunligi baytlarda o'lchanadi. Mashina so'zining uzunligi 2, 4, 8 baytga teng bo'lishi mumkin. Demak, ketma-ket joylashgan ikki, to'rt yoki sakkiz bayt birlashib, bitta mashina so'zini tashkil etishi mumkin ekan. Har bir xotira uyachasi ham o'z adresiga ega, u esa shu uyachadagi boshlang'ich bayt adresi bilan ifodalanadi. Tezkor xotira qurilmasining boshqacha nomi - RAM (Random Access Memory - tanlov bo'yicha ixtiyoriy kirishli xotira), chunki undagi istalgan adresli uyachaga to'g'ridan-to'g'ri o'tish imkoniyati mavjud. Tovush, video va tarmoq platalari asosiy plataga joylashtirilgan yoki alohida bo'lishi mumkin. Bu platalar protsessor ishini tezlashtirish hamda zaruriy sifat ko'rsatkichiga erishish maqsadida ishlatiladi.
Tovush platasi (ing. Sound adapter, adapter - moslashtiruvchi) - axborot saqlagichlarga yozilgan raqamli audio-axborotni tovushlarga aylantirib beruvchi qurilma. Qurilmaning chiqish qismiga ovoz kuchaytirgich yoki karnaylarni ulash mumkin. Tovush platasi o'z mikro-protsessoriga ega bo'lib, tovushni kiritishda analog-raqamli o'zgartirish va chiqarishida o'zgartirishni ta'minlaydi.
Video-plata (ing. Graphics adapter) - murakkab tasvirlar va millionlab ranglarni qayta ishlashni ta'minlab beruvchi plata. Bu plata o'z mikroprotsessori va tezkor xotirasiga ega bo'ladi. Zamonaviy video-plata hajmli va uch o'lchovli grafika bilan ishlash imkoniyatiga ega. Hozirgi kundagi juda ko'p dasturlar va o'yinlar 64 Mb yoki 128 Mb sig'imli video-platalar bilangina ishlaydi.