O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
PEDAGOGIKA - PSIXOLOGIYA FAKUL’TETI
PEDAGOGIKA - PSIXOLOGIYA KAFEDRASI
“Himoya qilishga ruxsat beraman”
Pedagogika - psixologiya fakul’teti dekani
_______________ prof.X.A.Meliyev
“____” __________________ 2012 y.
5140800 – Pedagogika – psixologiya yo’nalishi bo’yicha bakalavr
darajasini olish uchun
“ABU ISO AT-TERMIZIYNING YOSHLAR TARBIYASIGA
DOIR QARASHLARI”
MAVZUSIDA BAJARILGAN
Bajaruvchi:
Hasanova Nasiba Kuchkarovna
404 gurux talabasi
Ilmiy rahbar:
p.f.n. M.M.Aliqulova
Ishni himoyaga tavsiya etaman
p.f.n. M.M.Aliqulova
____________
(imzo)
BMI Pedagogika -
psixologiya
kafedrasi
yig`ilishining qarori bilan (Qaror №10, 29.05.2012y)
himoyaga tavsiya etilgan.
Kafedra mudiri: p.f.n. M.M.Aliqulova _______________
(imzo)
JIZZAX - 2012
2
MUNDARIJA
KIRISh
ַ◌________________________________________________ 3
I BOB. BARKAMOL AVLOD TARBIYASINING JAMIYATNI
MODERNIZASIYALASHDAGI O’RNI_____________________
8
1.1.
Barkamol avlodni tarbiyalashning nazariy asoslari_______________
8
1.2.
Pedagogika fanining yoshlar tarbiyasidagi roli_________________
17
1.3.
Dars - yoshlar tarbiyasidagi asosiy omillardan biri_______________
25
Birinchi bobga doir xulosa__________________________________
36
II BOB. ABU ISO AT TERMIZIY IJODI VA ILMIY TA’LIMOTINING
YOSHLAR TARBIYASIDAGI AHAMIYATI________________
38
2.1.
Abu Iso at Termiziy ta’limotida pedagogik qarashlar_____________
38
2.2.
Abu Iso at Termiziy ijodidan yoshlar ekologik tarbiyasi jarayoniida
foydalanish______________________________________________
43
2.3.
Abu Iso at Termiziy ilmiy qarashlarining yoshlar tarbiyasi bilan
uyg’unligi_______________________________________________
49
Ikkinchi bobga doir xulosa__________________________________
55
UMUMIY XULOSA VA TAKLIFLAR______________________
64
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI___________
60
ILOVALAR_____________________________________________
64
3
KIRISH
Muammoning dolzarbligi. Fuqoralik jamiyatini rivojlantirish, demokratik
islohatlarni
chuqurlashtirish
sohalarida
ro’y
bergan
tub
o’zgarishlar
o’quvchilarning ma`naviy madaniyatini shakllantirishni va islohatlarda faol
ishtirok etishini talab qiladi. Jamiyatining ijtimoiy, iqtisodiy hamda madaniy
jihatdan tezkor sur’atdagi rivoji tabiat va jamiyat munosabatlarining uyg’unligini
ta’minlashni taqoza qilmoqda. Ilmiy tadqiqotlar natijalari ko’rsatmoqdaki, hozirgi
davrning o’ziga xos xususiyatlaridan biri, yoshlar tarbiyasi muammolarning
dolzarb
masalaga
aylanganligidir.
Globollashuv
davrning
o’ziga
xos
xususiyatlaridan yana biri axloqiy va ma’naviy tarbiya muammolarning
keskinlashuvi, yoshlarni tarbiyalash masalalarning ijtimoiy iqtisodiy hayotning
barcha jabhalarini qamrab olganligidadir. Shuning uchun ham o’quvchilar ongida
umiminsoniy va milliy madaniyatning yangicha mazmuni, uning ma’naviy-axloqiy
tamoyillari, ijtimoiy hayotga mas’uliyatli yondashuv, jamiyatimizni ma’naviy
boyitishga oid tushunchalarni shakllantirish muammosining ijobiy echimini topish
ruhidagi tarbiyasi muhim ijtimoiy-pedagogik kafolatdan biri sanaladi.
O’zbek xalqining boy ma’naviy-madaniy merosi, milliy qadriyatlari o’sib
kelayotgan avlodda eng oliy insoniy sifatlarni tarbiyalashda katta ahamiyatga ega.
Abu Iso at Termiziy jahon ilm-fani rivojini ta’minlagan ilmiy qarashlari o’zining
pedagogik (ta’limiy-tarbiyaviy) mohiyatiga ko’ra milliy qadriyatlar orasida alohida
o’rin tutadi. Ular tomonidan ilgari surilgan hamda asrlar davomida yoshlarda atrof-
muhitga to’g’ri munosabatni tarbiyalash, tabiat muhofazasi uchun mas’uliyat
hissini shakllantirishga yordam beruvchi ekologiyaga oid qarashlaridan
foydalanish bugungi kunda ham ekologik ta’lim-tarbiyaning samarali bo’lishi
uchun muhim g’oyaviy asos sanaladi.
Abu Iso at Termiziy va ular tomonidan qoldirilgan boy ma’naviy-ma’rifiy
meros turli fan sohalari bo’yicha quyidagi asosiy yo’nalishlarda o’rganilgan:
1) Abu Iso at Termiziyning falsafiy qarashlari – moddiy borliq, obekt va
subekt munosabatlari, ijtimoiy jamiyatning bazasi va ustqurmasi, ijtimoiy
qonuniyatlar va ularning kishilik taraqqiyotiga ta’sirini yorituvchi g’oyalar;
4
2) Abu Iso at Termiziyning huquqiy g’oyalari – davlat, uning turlari va
shakllanish tarixi, davlat va fuqaro o’rtasidagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar
mazmuni, Fiqh qonunlari, ular asosida tashkil etiluvchi surishtiruv va sudlov
ishlari, shaxs haq-huquqi masalalari bo’yicha ilgari surilgan g’oyalari;
3) Alloma Abu Iso at Termiziyning ma’rifiy-ilmiy qarashlari – ilmiy bilimlar
tizimining shakllanishi, fanlar tasnifining asoslanishi, bilimning shaxs kamolotini
ta’minlashdagi o’rni, shaxsda ijobiy sifatlarni tarbiyalashdagi roli, madaniy-
ma’naviy taraqqiyotning asosi ekanligini isbotlovchi nazariyalar;
4) Abu Iso at Termiziyning ma’naviy-axloqiy qarashlari – ma’naviy-axloqiy
sifatlar, ularga ega bo’lishning o’ziga xos jihatlari, shaxsning ma’naviy-axloqiy
qiyofasining shakllanishiga ijtimoiy muhitning hal qiluvchi ta’siri, ma’naviy-
axloqiy sifatlarga egalikning inson kamolotini belgilovchi mezon ekanligini
tasdiqlovchi fikrlari;
5) allomalarning
psixologik
nazariyalari
–
shaxs,
uning
ijtimoiy
munosabatlarni yo’lga qo’yish sababchisi, asosiy subekti va obekti ekanligi, unga
xos bo’lgan etno-psixologik xususiyatlar, ularning o’ziga xos psixologik
qonuniyatlar negizida kechishi, shaxslararo munosabatlar mazmuni va boshqalar
borasidagi ilmiy farazlari;
6) Abu Iso at Termiziyning pedagogik qarashlari – shaxs, uning fiziologik,
jismoniy va ruhiy kamoloti birligi, individning shaxs sifatida shakllanishini
ta’minlovchi omillar, shaxs kamolotida ta’lim va tarbiyaning o’rni, ta’limiy hamda
tarbiyaviy jarayon mohiyati, ijtimoiy-pedagogik qonuniyatlar, o’quvchi va
o’qituvchi munosabatlari mazmuni, pedagogik ta’sir natijasi to’g’risidagi ilmiy
asoslari.
Hozirgi zamondagi pedagogik yo’nalishdagi ilmiy tadqiqotlar shundan
dalolat beradiki, tabiat insoniyat uchun nafaqat iste’mol manbai, balki uning
ma’naviyatini o’stirish, estetik dunyoqarashini tarbiyalash, yoshlar madaniyatini
shakillanishining muhim omili hamdir. Mamlakatimiz ijtimoiy, iqtisodiy
istiqbolini kafolatlabgina qolmay, shu bilan birga kelgusi avlodning ma’naviy
5
kamolotini, shu jumladan ta’lim vositalari orqali o’quvchilar umiminsoniy
madaniyatini ta’minlashga o’z hissasini qo’shadi.
Ushbu metodologik, nazariy va amaliy ahamiyatga ega bo’lgan xulosa
fikrlar ham bitiruv malakaviy ishning va tanlangan mavzuning dolzarbligidan
dalolat beradi.
Bitiruv malakaviy ishning maqsadi: ta’limni taraqqiy ettirish sharoitida
O’rta Osiyo allomalasi Abu Iso at Termiziyning yoshlar tarbiyasiga oid qarashlari
tizimini mustaqil tahlil qilishdan iborat.
Bitiruv malakaviy ishning obekti: xozirgi davrda uzliksiz ta’lim jarayoni
orqali Abu Iso at Termiziyning yoshlar tarbiyasiga oid qarashlarini yoshlar
tarbiyaiyasidagi nazariy va amaliy muammolarini tadqiq kilish.
Bitiruv malakaviy ishning predmeti: Abu Iso at Termiziyning yoshlar
tarbiyasiga oid ilmiy, nazariy qarashlardan samarali foydalanishga imkon beruvchi
pedagogik faoliyat mazmuni, shakl, metod va vositalari.
Tadqiqotning vazifalari:
- Bitiruv malakaviy ishda barkomol avlod tarbiyasida ta’limning samarali
usullaridan foydalanish orqali yoshlar tarbiyasining shart-sharoitlarini o’rganish
dolzarb pedagogik muammo ekanligini ilmiy-nazariy jihatdan asoslash;
- yoshlarni tarbiyasida pedagogika fanining samarali tarbiyaviy usullaridan
foydalanishning mavjud holatini ilmiy o’rganish;
-yoshlar tarbiyasi jarayonida ta’limdagi islohatlarga oid ilmiy ta’limotlar,
xulosalardan foydalanish imkoniyatlarini aniqlash ;
- Tadqiqot natijalari asosida ta’lim tizimida yoshlar tarbiyasining yangi
zamonaviy shakl, metod va vositalarini aniqlash;
- Abu Iso at Termiziy ta’limotidagi pedagogik qarashlardan yoshlar
tarbiyasi jarayonida foydalanishning samarali usul va yo’nalishlarini
aniqlash;
- Abu Iso at Termiziy ijodidan yoshlar ekologik tarbiyasi jarayoniida
foydalanish va yoshlarga ekologik bilim, tarbiya berish usullarini ilmiy
tadqiq qilish.
6
- Abu Iso at Termiziy ilmiy qarashlarining yoshlar tarbiyasi bilan
uyg’unligini tahlil qilish.
-Abu Iso at Termiziy ijodi namunalaridan foydalangan holda ta’lim
muassasalaridagi tarbiya ishining samaradorligini oshirish bo’yicha ilmiy-
metodik tavsiyalarni ishlab chiqish.
Tadqiqotning metodologik asoslari: O’zbekiston Respublikasining
Konstitusiyasi,
O’zbekiston
Respublikasining
qonunlari,
O’zbekiston
Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”, Vazirliklar va mas’ul tashkilotlarning me’yoriy yo’riqnomalari,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning asarlari, nutlari, farmon va
qarorlarida pedagog kadrlar tayyorlash va oliy ta’lim mazmunini yorituvchi o’quv
manbalari (o’quv dasturlari, darsliklar va qo’llanmalar), xorij va respublikada
pedagogik va ekologik yo’nalishlarda amalga oshirilgan ilmiy tadqiqotlarda ilgari
surilgan g’oyalar.
Himoyaga olib chiqilayotgan holatlar:
1. Yoshlarning tarbiyasida samarali sanalgan, uzliksiz ta’lim jarayoniga
oid pedagogik ta’limotlar majmui.
2.Ta’lim tizimi tizimi orqali yoshlarda tarbiyasini yuksaltirish mazmuni.
3.Ta’limda tizimida yoshlar tarbiyasiga oid ilmiy qarashlardan
foydalanishning samarali usul va yo’llari tajribasining mavjudligini belgilovchi
mezonlar.
4. Abu Iso at Termiziy ijodining ta’lim tizimida o’rganilishi samarali
shakl, metod va vositalari.
5. Mutafakkirlar ijodi va qarashlaridan yoshlar tarbiyasi bo’yicha
foydalanish borasida ilmiy-metodik tavsiyalar kiritish.
Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
1)
Yoshlar tarbiyasi nazariyasi va amaliyotining dolzarb masalalari
tanlandi;
2) Yoshlar tarbiyasi jarayonida Abu Iso at Termiziy ta’limotlaridan
samarali foydalanish mazmuni asoslandi;
7
3) Yoshlarni tarbiyalash jarayonida ta’lim tizimiga oid ilmiy qarashlardan
foydalanishning samarali usul va yo’llari, shakl, metod va vositalari aniqlandi;
4) Yoshlar tarbiyasiga oid manbalar, Abu Iso at Termiziyning ijodlari,
ilmiy asarlaridan foydalanishning samarali shakllari, imkoniyatlaridan unumli
foydalanish ilmiy asoslandi.
Tadqiqot natijalarining amaliyotga joriy qilinishi: tajriba-sinov ishlari
umumta’lim maktablarida olib borildi, bitiruv malakaviy ish muallifi tomonidan
amaliyot davomida o’quvchilar orasida olib borilgan suhbatlarda foydalanildi,
Ishning birinchi bobi yoshlar tarbiyasi masalasining nazariy metodologik
asoslariga bag’ishlangan. Tadqiqotning ushbu qismida barkomol avlod
tarbiyasining yoshlar tarbiyasi bilan uzviy bog’liqlik jihatlari, O’rta Osiyolik
allomalar qarashlarining tarbiya tizimidagi roli, shuningdek dars jarayonining
tarbiyadagi o’rni o’rganilgan.
Ishning ikkinchi bobi Abu Iso At Termiziy ijodi va ilmiy ta’limotining
yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati masalasining yoritilganligi va Abu Iso at Termiziy
ta’limotida pedagogik qarashlar masalalarini o’rganishga bag’ishlangan. Bitiruv
malakaviy ishning ushbu bobida Abu Iso at Termiziy ijodidan yoshlar ekologik
tarbiyasi jarayoniida foydalanish hamda Abu Iso at Termiziy ilmiy qarashlarining
yoshlar tarbiyasi bilan uyg’unligi tahlil qilingan.
Bitiruv malakaviy ish kirish, ikki bob, olti paragraf, xulosa va takliflar
hamda foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati va ilovalardan tashkil topgan.
8
I – BOB. BARKAMOL AVLOD TARBIYASINING JAMIYATNI
MODERNIZASIYALASHDAGI O’RNI
1.1. Barkamol avlodni tarbiyalashning nazariy asoslari
Barkomol avlod tarbiyasining nazariy metodologik asoslari O’zbekiston
Respublikachi Prezidenti asarlari va mamlakatimiz qonunlarida, Vazirlar
Mahkamasi qarorlarida o’z aksini topgan.
1997 – yil 29 avgustda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining IX
sessiyasida yangi tahrirdagi O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida”gi
Qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” qabul qilindi.
Qonunlarga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon
miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda umumiy va kasb-hunar
madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil
ravishda mo’ljalni to’g’ri ola bilish mahoratiga ega bo’lgan, istiqbol vazifalarini
ilgari surish va hal etishga qodir kadrlarning yangi avlodini shakllantirishga
yo’naltirilgandir.
1
Mutaxassislar tayrlash hamda ta’lim-tarbiya tizimi jamiyatda olib
borilayotgan isloh, yangilanish jarayoni talablari bilan bog’lanadi.
Majburiy to’qqiz illik ta’limga asolangan o’n bir yillik o’rta ta’lim mazmuni
ilmiy jihatdan to’laqonli asoslanmadi, uo’quvchilarni kasbga yo’naltirish hamda
mustaqil fikr yuritish, mehnat faoliyatini tashkil etish ko’nikmalarini
shakillantirishni ta’minlay olmadi.
Har yili tayanch maktablarini 100 ming nafarga yaqin bitiruvchisi ishlab
chiqarish sohasi yoki kasb-hunar ta’limini davom ettirish jarayoniga jalb etilmay
qolaverdi.
Hunar-texnika bilim yurtlaridan yangi tipdagita’lim muassasalariga o’tish
ko’proq og’izda bo’lib, amalda esa ijobiy o’zgarishlar ko’zga tashlanmadi. Ularda
ta’lim eskirib qolgan moddiy-texnika va o’quv-uslubiy baza negizida tashkil etildi.
1
Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Олий таълим: меъёрий ҳужжатлар тўплами. – Тошкент: Шарқ
нашриёт – манбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. – Б. 20.
9
Mazkur o’quv yurtarida pedagog kadrlar safi tegishli qayta tayyorgarlikdan
o’tmagan o’qituvchilar bilan to’ldirilib borildi. Ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning
o’rtacha yoshi ulg’ayib bordi. Respublika oliy o’quv yurtlarida 40 ga to’lmagan
fan doktorlari bu boradagi umumiy ko’rsatkichning 0.9% i, 50 va undan katta
yoshdagilar esa 79% ni tashkil etishi aniqlandi.
Fan doktori ilmiy darajasida tasdiqlanganlarning o’rtacha yoshi 50 da bolsa,
fan nomzodlarining o’rtacha yoshi 36 yoshda ekanligi ma’lum bo’ldi.
Yuqoridagi kamchiliklarni bartaraf etish “Kadrlar tayyorlash milliy
dasturi”ning maqsadi qilib belgilanadi. Ya’ni ta’lim sohasini tubdan isloh qilish,
uni o’tmishdan qolgan mafkuraviy qarash va sarqitlardan to’la xalos etish,
rivojlangan demokratik davlatlar darajasida, yuksak ma’naviy va axloqiy talablarga
javob beruvchi yuqori malakali kadrlar tayyorlash Milliy tizimini yaratishdan
iboratdir.
1
.
Kadrlar tayyorlash milliy modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilardan
iboratdir:
1.Shaxs kadrlar tayyorlash tizimining bosh subekti va obekti, ta’lim
sohasidagi xizmatlarining istemolchisi va ularni amalga oshiruvchidir.
Shaxs uzluksiz ta’lim jarayonida dunyoviy, ilmiy bilimlarni o’zlashtiradi, fan
asoslarini puxta egallaydi, ishlab chiqarish sohalari bilan tanishadi, shuningdek,
o’zida ijtimoiy ta’sirlar yordamida ma’naviy – axloqiy sifatlarni tarbiyalab boradi.
Shaxsda o’zlashtirilgan bilim, faoliyat ko’nikmalari va hayotiy tajriba asosida
kasbiy mahorat ham shakllanib boradi. Yuksak ma’naviy – axloqiy va yuqori
darajadagi kasbiy malakaga ega bo’lish uchun shaxs o’z oldiga muayyan maqsadni
qo’ya olishi hamda unga erishish yo’lida tinimsiz izlanishi, o’qib – o’rganishi
lozim. Shundagina u ijtimoiy raqobatga chidamli, malakali kadr bo’lib shakllanadi.
O’z–o’zini anglash tuyg’usiga ega bo’lish, ta’lim sohasidagi xizmatlardan
to’laqonli, samarali foydalana olish, ilmiy va kasbiy bilimlarni puxta
o’zlashtirishga erishish shaxsga etuk mutaxassis bo’la olish uchun poydevor
1
Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Олий таълим: меъёрий ҳужжатлар тўплами. – Тошкент: Шарқ
нашриёт – манбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. – Б. 25.
10
yaratadi. Inson kamoloti, eng avvalo uning o’ziga bog’liqdir. Shu bois milliy
dasturda shaxs va uning kamolotini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilgan.
“Ta’lim xizmatlarining iste’molchisi sifatida shaxsga davlat ta’lim olish va
kasb-hunar tayyorgarligidan o’tish kafolotlanadi. Ta’lim olish jarayonida shaxs
davlat ta’lim standartlarida ifoda etilgan talablarni bajarishi shart.
Shaxs ta’lim xizmatlarining yaratuvchisi sifatida tegishli malaka darajasini
olgach, ta’lim, moddiy ishlab chiqarish, fan, madaniyat va xizmat ko’rsatish
sohasida faoliyat ko’rsatadi va o’z bilimi hamda tajribasini o’rgatishda ishtirok
etadi”.
1
2. Davlat va jamiyat ta’lim va kadrlar tayyorlash tizimining faoliyatini tartibga
solish va nazorat qilishni amalga oshiruvchi kadrlarni tayyorlash va ularni qabul
qilib olishning kafillaridir.
Shaxs kamoloti nafaqat o’zi uchun, balki davlat va jamiyat taraqqiyoti,
ravnaqi uchun ham muhim ahamiyatga egadir. Binobarin, fuqarolari yuksak
ma’naviyatga ega jamiyat har tomonlama taraqqiy eta oladi.
Shaxs va davlat (jamiyat) o’rtasidagi aloqa ikki tomonlama xususiyatga ega.
Shu bois har qanday davlat (jamiyat) o’z fuqarolarning yashashi, mehnat qilishi,
iqtidori va salohiyatini ro’yobga chiqarishi, uni namoyon eta olishi uchun etarli
darajada shart-sharoit yaratib bera olishi lozim. Respublika ta’lim tizimida davlat
va jamiyat shaxsning har tomonlama shakllanishi, o’zligini namoyon eta olishi
uchun etarli darajada shart-sharoit yaratib berish mas’uliyatini o’z zimmasiga
oluvchi subekt sifatida namoyon bo’ladi.
Davlat va jamiyat ta’lim muassasalarining yuqori malakali raqobatbardosh
mutaxassislarni tayyorlash yo’lidagi faoliyatini ham uyg’unlashtiradi hamda
quyidagilarga kafolot beradi:
-fuqarolarning bilim olish, kasb tanlash va o’z malakasini oshirish
huquqlarning ro’yobga chiqarilishiga;
1
Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Олий таълим: меъёрий ҳужжатлар тўплами. – Тошкент: Шарқ
нашриёт – манбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. – Б. 30.
11
-majburiy umumiy o’rta ta’lim hamda akademik lisey yoki kasb-hunar
kollejida ta’lim olish yo’nalishini tanlash huquqi asosida majburiy o’rta maxsus,
kasb-hunar ta’limini olishga;
-davlat grantlari yoki pulli – shartnomaviy asosda oliy ta’lim va oliy o’quv
yurtidan keyingi ta’limni olish huquqiga;
-davlat ta’lim muassasalarini mablag’ bilan ta’minlashga;
-ta’lim oluvchilarning o’qishi, turmushi va dam olishi uchun shart – sharoitlar
yaratish borasidagi vazifalarning hal etilishida jamoatchilik boshqaruvini
rivojlantirishga;
-ta’lim jarayoni qatnashchilarini ijtimoiy jihatdan qo’llab – quvvatlashga;
-sog’liq va rivojlanishida nuqsoni bo’lgan shaxslarning ta’lim olishiga.
1
3. Uzluksiz ta’lim malakali, raqobatbardosh kadrlar tayyorlashning asosi
bo’lib, ta’limning barcha turlari, davlat ta’lim standartlarini, kadrlar tayyorlash
tizimi tuzilmasi va uning faoliyat ko’rsatish muhitini o’z ichiga oladi.
Uzluksiz
ta’lim
kadrlar
tayyorlash
tizimining
asosi,
O’zbekiston
Respublikasining ijtimoiy – iqtisodiy taraqqiyotini ta’minlovchi, shaxs, jamiyat va
davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy – texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini
qondiruvchi ustuvor soha bo’lib, ijodkor, ijtimoiy faol, ma’naviy bosh shaxsning
shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadval tayyorlashi
uchun zarur shart – sharoitlarni yaratadi.
2
Uzluksiz ta’limni tashkil etish muayyan tamoyillarga asoslanadi. Jumladan:
-ta’limning ustuvorligi;
-ta’limning demokratlashuvi;
-ta’limning insonparvarlashuvi;
-ta’limning ijtimoiylashuvi;
-ta’limning milliy yo’naltirilganligi;
-ta’lim va tarbiyaning uzviy bog’liqligi, bu jarayonning har tomonlama kamol
topgan insonni shakllantirishga yo’naltirilganligi;
1
Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Олий таълим: меъёрий ҳужжатлар тўплами. – Тошкент: Шарқ
нашриёт – манбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. – Б. 30-31.
2
Ўша манба. – Б. 31.
12
-iqtidorli yoshlarni aniqlash, ularga ta’limning eng yuqori darajasida, izchil
ravishda fundamental va maxsus bilim olishlari uchun shart – sharoitlar yaratish.
1
Uzluksiz ta’lim quyidagi ta’lim turlarini o’z ichiga oladi:
-maktabgacha ta’lim;
-umumiy o’rta ta’lim;
-o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi;
-oliy ta’lim;
- oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim;
-kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;
-maktabdan tashqari ta’lim.
Maktabgacha ta’lim bolaning sog’lom, har tomonlama kamol topib
shakllanishini ta’minlaydi, uni o’qishga intilish hissini uyg’otadi, muntazam ta’lim
olishga tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga etguncha davlat va nodavlat
maktabgacha ta’lim muassasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi ta’lim
muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya
tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.
Keyingi yillarda maktabgacha ta’lim muasssalarining yangi tarmog’i
shakllanib bormoqda. Bu o’rinda “Xonadon bog’chasi” hamda “Bolalar bog’chasi-
boshlang’ich maktab” majmualarini misol qilib keltirish mumkin. Maktabgacha
ta’lim muassasalarida bolalarga tasviriy san’at, musiqa, til va kompyuter
savodxonligini o’rgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi harkatlar
maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarning “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”
talablari asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga xizmat qiladi.
Umumiy o’rta ta’lim to’qqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch
yillik o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limidan iborat. Umumiy o’rta ta’lim
boshlang’ich ta’limni ham qamrab oladi. Mazkur bosqichda o’quvchilarning fanlar
asoslari bo’yicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish ehtiyojining yuzaga
kelishi, asosiy o’quv-ilmiy va umummadaniy bilimlarning o’zlashtirishlari, milliy
1
Кадрлар тайёрлаш миллий дастури // Олий таълим: меъёрий ҳужжатлар тўплами. – Тошкент: Шарқ
нашриёт – манбаа акциядорлик компанияси Бош таҳририяти. 2001. – Б. 31-32.
13
va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan ma’naviy-axloqiy fazilatlar, mehnat,
ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bo’lish, shuningdek, kasb tanlash
ko’nikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi. Davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat o’quvchilarning umumiy o’rta va
o’rta maxsus, kasb-hunar ma’lumotiga egaliklarini belgilaydi.
O’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish vazifasi maktab jamoasi va ota-
onalar hamkorligida o’quvchilarni kasb-hunarga yo’naltirish va psixologik-
pedagogik tashxis markazlari rahbarligida amalga oshiriladi.
O’qish muddati uch yil bo’lgan majburiy o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi
uzluksiz ta’lim tizimining mustaqil turi sanalib, umumiy o’rta ta’lim negizida
tashkil etiladi. O’rta maxsus, kasb-hunar ta’limining ikki muhim yo’nalishi
bo’lgan-akademik lisey yoki kasb-hunar kollejida ta’lim olish o’quvchilar
tomonidan ixtiyoriy ravishda tanlanadi.
Akademik lisey o’quvchilarining imkoniyatlari va qiziqishlarini hisobga olgan
holda
ularning
jadal
intellektual
rivojlanishi
chuqur
sohalashtirilgan,
tabaqalashtirilgan, kasbga yo’naltirilgan ta’lim olishlarini ta’minlash maqsadida
davlat ta’lim standartlariga muvofiq o’rta maxsus ta’lim beruvchi, yuridik
maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Akademik liseylarda o’quvchilar o’zlari tanlab olgan ta’lim yo’nalishi
(gumanitar, texnika, agrar va boshqa sohalar) bo’yicha bilim saviyalarini oshirish
hamda o’zlarida fanni chuqur o’rganishga qaratilgan maxsus kasb-hunar
ko’nikmalarini shakllantirish imkoniyatiga ega bo’ladilar.
Akademik liseylar asosan oliy o’quv yurtlari qoshida tashkil etiladi. Kasb-
hunar kollejlari esa o’quvchilarning muayyan kasb-hunarga moyilligi, layoqatlari,
bilim va ko’nikmalarini chuqur rivojlantirish, ularning tanlangan yo’nalishlar
bo’yicha bir yoki bir necha zamonaviy kasb sirlarini egallash imkonini beradi.
Kasb-hunar kolleji o’quvchilarning kasb-hunarga moyilligi, bilim va
ko’nikmalarini chuqur rivojlantiruvchi, tanlab olingan kasb-hunar bo’yicha bir
yoki bir necha ixtisosni egallash imkonini yaratish maqsadida tegishli davlat
14
ta’lim standartlari doirasida o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limini beruvchi, yuridik
maqomga ega ta’lim muassasasidir.
Kasb-hunar kollejlari yangi tipdagi ta’lim muassasalari bo’lib, ularning
jihozlanganlik darajasi, pedagogik tarkibning puxta tanlanganligi, shuningdek,
o’quv jarayonining zamonaviy texnika va texnologiyalar yordamida tashkil etilishi
alohida e’tiborga loyiq.
Akademik lisey va kasb-hunar kollejlarining bitiruvchilariga davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomlar beriladi. Ushbu diplomlar asosida
bitiruvchilar ta’limning keyingi bosqichlarida o’qishni davom ettirish yoki
egallangan ixtisos va kasb-hunar bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanish
huquqini qo’lga kiritadilar.
Oliy ta’lim o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi negiziga asolanib, ikki bosqichda
(bakalavriyat hamda magistratura) tashkil etilib, mutaxassislar yo’nalishlari
bo’yicha xalq xo’jaligining turli sohalariga oliy ma’lumotli mutaxassislarni
tayyorlaydi. Oliy ta’lim muassasalariga talabalar qabul qilish davlat grantlari
negizida va pullik-shartnoma asosida amalga oshiriladi.
Bakalavriyat – mutaxassisliklar yo’nalishi bo’yicha fundamental va amaliy
bilim beradigan, ta’lim olish muddati kamida to’rt yil davom etadigan tayanch oliy
ta’lim.
Bakalavr darajasiga ega bo’lgan shaxs oliy ta’lim tizimi yo’nalishidagi o’zi
tanlagan soha bo’yicha oliy ma’lumotli mutaxassis hisoblanadi va davlat
klassifikatorida belgilangan lavozimda ishlash huquqiga ega bo’ladi.
Magistratura aniq mutaxassislik bo’yicha fundamental va amaliy bilim
beradigan, bakalavriyat negizidagi ta’lim bo’lib, magistarturadagi tahsil yakuniy
klassifikasion davlat attestasiyasiga muvofiq olib boriladi.
Magistr bakalavr darajasidagi mutaxassisdan farqli ma’lum ixtisoslik bo’yicha
ta’lim olgan yuqori malakali mutaxassis hisoblanib, ilm-fan sohasida, ishlab
chiqarishning mas’uliyatli lavozimlarida faoliyat ko’rsatadi. U aspiranturaga kirish
huquqiga ega.
15
O’zbekiston Respublikasida quyidagi oliy ta’lim muassasalari faoliyat
ko’rsatadi:
Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim jamiyatning oliy malakali ilmiy va ilmiy-
pedagog kadrlarga bo’lgan extiyojlarini qondirish, shaxsning ijodiy ta’lim-kasb-
hunar manfaatlarini qanoatlantirishga qaratilib, oliy o’quv yurtlari va ilmiy-
tadqiqot muassasalarida aspirantura, ad’yunktura va doktoranturada ta’lim olish,
shuningdek, mustaqil tadqiqotchilik faoliyatini tashkil etish asosida amalga
oshiriladi. Oliy o’quv yurtidan keyingi ta’lim nomzodlik yoki doktorlik
dissertasiyalarining himoyasi bilan yakunlanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy
Attestasiya Komissiyasi tomonidan olib borilgan yakuniy davlat attestasiyasi
natijalari tegishli ravishda fan nomzodi va fan doktori ilmiy darajasi hamda davlat
tomonidan tasdiqlangan namunadagi diplomga ega bo’lish huquqini beradi.
Har ikki (aspirantura, doktorantura) darajada ham maqsad muayyan
mutaxassisliklar bo’yicha oliy toifali ilmiy – pedagogik kadrlarni shakllantirishdan
iborat.
Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash jarayonida asosiy
e’tibor mutaxassislarning kasb bilimlari va ko’nikmalarini yangilash hamda
chuqurlashtirishga qaratiladi. Kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta
tayyorlash ana shu yo’nalishda faoliyat yurituvchi ta’lim muassasalarida amalga
oshiriladi. Bu muassasa tinglovchilari o’qish natijalariga ko’ra davlat tomonidan
tasdiqlangan namunadagi guvohnoma yoki sertifikatga ega bo’ladilar.
Maktabdan tashqari ta’lim – maktabdan tashqari davlat va nodavlat ta’lim
muassasalarida davlat organlari, jamoat tashkilotlari, yuridik va jismoniy shaxslar
tomonidan madaniy–estetik, ilmiy, texnikaviy, sport va boshqa yo’nalishlarda
yo’lga qo’yilib, bolalar xamda o’smirlarning ta’limga bo’lgan, yakka tartibdagi,
ortib boruvchi talab-ehtiyojlarni qondirish, ularning bo’sh vaqti va dam olishini
tashkil etish maqsadida olib boriladi.
4. Fan yuqori malakali mutaxassisni tayyorlovchi va ulardan foydalanuvchi,
ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalarini ishlab chiqaruvchi bo’lib, kadrlar
tayyorlash milliy tizimida tabiat va jamiyat taraqqiyoti qoquniyatlari to’g’risidagi
16
yangi fundamental va amaliy bilimlardan foydalanishni, yuqori malakali ilmiy va
ilmiy-pedagog kadrlar tarkibini shakllantirishni, ulardan ta’lim tizimida unumli
foydalanishni, shuningdek, kadrlar tayyorlash jarayoninig ilmiy tadqiqotlar
infrastrukturasini yaratish, ta’limning axborot tarmoqlarida foydalanish uchun
bilimning turli sohalari bo’yicha axborot bazasini shakllantirishni hamda ilmiy
tadqiqotlar darajasiga yangicha qarashlar zamirida yosh olimlarning, ilmiy-
pedagogik xodimlarning ijtimoiy mavqei va obro’sini oshirishni va shu kabilarni
qamrab oladi”.
1
Kadrlar tayyorlash milliy modelining tarkibiy qismlaridan biri sifatida fan:
“ta’lim mazmunini tubdan yangilashda: ta’lim standartlari, ta’lim dasturlari, o’quv
darsliklari va qo’llanmalar tayyorlashda, ilmiy-metodik ta’minotni amalga
oshirishda bevosita va bilvosita ishtirok etadi”.
2
Dostları ilə paylaş: |