B-12 vitamini yetishmovchiligi nimalarga sabab bo’ladi? Vitaminlarga bo'lgan ehtiyoj insonning yoshi, jinsi, jismoniy faolligi, surunkali kasalliklarning bor-yo'qligi, moddalar almashinuvining darajasiga bog`liq



Yüklə 17,29 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü17,29 Kb.
#164055
B12 vitamin


B-12 vitamini yetishmovchiligi nimalarga sabab bo’ladi?
Vitaminlarga bo'lgan ehtiyoj insonning yoshi, jinsi, jismoniy faolligi, surunkali kasalliklarning bor-yo'qligi, moddalar almashinuvining darajasiga bog`liq. Vitamin yetishmasligi organizm qarishini tezlashtiradi.
Vitamin B-12 yoki Kobalamin, bu inson uchun eng kerakli va eng muhim vitaminlar kompleksi hisoblanadi. B-12 vitaminining ozgina yetishmasligi ham sizda anemia, toliqish, vasvasa kasalligi hamda depressiya kabilarni keltirib chiqarsa, bu vitaminning uzoq muddat yetishmasligi sizning miyangizga va markaziy asab tizimingizga salbiy ta'sir ko'rsatadi.
B-12 vitamini asosan tabiiy holda, hayvon mahsulotlarida va suniy holda ham mavjud. B-12 vitaminini keragidan ortiq qabul qilishning zarari yo'q, jigar o'ziga 1 yillik zahirani yig'ib oladi va kerakli paytda sarflaydi.
B-12 vitamini yetishmovchiligi nimalarga sabab bo’ladi?
B-12 vitamini yetishmasligi asosan, kamqonlik, kayfiyatning tez-tez buzilishiga sabab bo`ladi va asab tizmiga salbiy ta`sir ko’rsatadi, xotirani susaytiradi. 
Shuningdek, B-12 vitamini tanqisligida nafas yetishmovchiligi, surunkali charchoq, depressiya, bezovtalik, ovqat hazm qilish tizimining buzilishi, bosh aylanishi, uyquchanlik, jigar shishishi, ko'z kasalliklari, gallyutsinatsiyalar, bosh og'rig'i, til infektsiyasi, muvozanat muammosi, xotira yo'qolishi, asabiy buzilishlar, yurak xuruji, kamqonlik, quloqlarda shovqin, ich qotishi va vazn yo'qotish kabi holatlarga ham olib kelishi mumkin.

B12 vitamini tanqisligi: belgilari va uning hayotiy funksiyalarga ta’siri


Organizmdagi uch muhim funksiya — asab sog‘lig‘ini saqlash, qon aylanishi va DNK sintezi — B12 vitaminida mavjud. Agarda ushbu vitamin yetishmasa, odam kuchli holsizlik va charchoqni his qiladi, deb yozadi Express.
Harvard Health ma’lumotlariga ko‘ra, B12 vitaminining tanqisligi belgilarni sekin-asta vujudga keltirib, ularni kuchaytirgan holda juda sekin shakllanishi mumkin. Biroq ayrim holatlarda B12 vitamini tanqisligi nisbatan tez shakllanadi.
Mazkur ozuqa tanqisligi turli belgilarni yuzaga keltirishi hisobga olinadigan bo‘lsa, uni boshqa biror kasallik bilan adashtirib yuborish qiyin emas.
Agarda inson o‘zida B12 tanqisligini gumon qilsa, quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim:

  • oyoq va qo‘l barmoqlarining uvushib qolishi yoki sanchishi;

  • muvozanat saqlashdagi muammolar;

  • anemiya (kamqonlik);

  • tilning shishishi va yallig‘lanishi;

  • diqqatning buzilishi va xotira yomonlashuvi;

  • holsizlik;

  • ozib ketish.

B12 tanqisligini yuzaga keltiradigan ikkita asosiy omil mavjud — xavfli anemiya va ovqat ratsionida vitamin yetishmasligi.
Xavfli anemiya — bu autoimmun kasallik bo‘lib, u organizmning ichki faktorlarini — oshqozonda sintez qilinadigan va ichaklarda B12 vitaminining so‘rilishi uchun kerak bo‘lgan oqsilni ishlab chiqarishiga xalaqit beradi.
Shuningdek, turli diyetalar, xususan, vegetarian va vegan diyetalari B12 vitamini tanqisligi yuzaga kelish xavfini oshiradi. B12 vitamini asosan hayvon mahsulotlarida va boyitilgan ovqatlarda mavjud.
Yüklə 17,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin