“Talqin va tadqiqotlar” Respublika ilmiy-uslubiy jurnali №8
98
HISSIY TOLIQISH SINDROMI VA UNING OMILLARINI NAZARIY
METODOLOGIK ASOSLARI
Samatova Sanobar Nazarovna
Respublika o‘rta tibbiyot va farmaseftika xodimlar malakasini oshirish va
ixtisoslashtirish markazi Jizzax filiali o‘quv uslubiy bo‘lim uslubchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.7295295
Annotatsiya:
Inson idrok etish, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonida
faqat voqelikni bilib qolmay, balki hayotdagi u yoki bu narsalarga munosabat
bildiradi, unda ularga nisbatan ijobiy yoki salbiy his-tuyg‘u uygonadi.
Mamnun
bo‘lish,
suyunish,
g‘azablanish
kabilar
his-tuyg‘ularning
kurinishlaridir. His-tuyg‘ular kishining o‘z hayotida nimalar yuz berayotganiga,
nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashg‘ul bo‘layotganiga nisbatan
o‘zicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. His-tuyg‘ular o‘zining
kechishiga ko‘ra o‘zgarib turadigan psixik jarayondir, umuman olganda inson omili
bu-inson hayoti va inson psixikasidir, Ushbu maqolada muhim ahamiyat kasb etuvchi
tomoni insonni psixologik,ijtimoiy va tibbiyot tomonidan o‘rganish, uning
ehtiyojlarini qondirishdan iboratdir.
Tayanch so‘z, iboralar:
His-tuyg‘ular, hissiy toliqish sindromi, psixik jarayon,
tibbiyot, ehtiyoj, stress, emotsiya.
Insonni o‘rganish va uning his-tuyg‘ularni boshdan kechirishning turli shakllari-
emotsiya, affekt, kayfiyat, kuchli hayajonlanish (stress), ehtiros ko‘rinishlariga ega
bo‘ladi. His-tuyg‘ular shaxsning emotsional sohasini tashkil etadi.
Kishida
his-tuyg‘ular
uning
extiyojlari
qondirilishi
jarayoni
qanday
kechayotganligi belgisi sifatida namoyon bo‘ladi.
Barcha kasalliklar psixik jarayonlarda o‘z aksini topadi, emotsional holatlar, his-
tuyg‘ularning kechishi ham miya faoliyatining natijasini tashkil qiladi. Emotsiyaning
paydo bo‘lishi tashqi olamda ro‘y beradigan o‘zgarishlardan boshlanadi. Bu
o‘zgarishlar kishi hayoti va faoliyatining jonlanishiga yoki pasayishiga, bir xil
ehtiyojlarning paydo bo‘lishiga yoki yo‘qolishiga, kishi organizmi ichida yuz
beradigan jarayonlardagi o‘zgarishlarga olib boradi. His-tuyg‘ular kechishiga oid
fiziologik jarayonlar ham murakkab shartsiz va shartli reflekslar bilan bog‘liqdir.
Inson organizmidagi fizologik o‘zgarishlar “Hissiyot” (“emotsiya”)va “his-
tuyg‘u” degan so‘zlar ko‘pincha sinonimlar sifatida qo‘llaniladi. Torroq ma’noda
olganda, bu qandaydir biroz doimiyroq his-tuyg‘ularning bevosita va vaqtincha
boshdan kechirilishdan iboratdir. “Emotsiya” so‘zi ruhiy hayajonlanish, ruhiy
Dostları ilə paylaş: |