Banklar va boshqa moliyaviy vositachilar



Yüklə 0,74 Mb.
tarix06.12.2022
ölçüsü0,74 Mb.
#72692
Moliya bozori (1) (2)

TDIU Moliya va buhgalteriya fakulteti

Bn-91 guruh


Muhammadiyev Azim
Moliyaviy birjalar va ularni tartibga solish
Reja:
1.Moliya birjalari va ularni tartibga solishning zarurligi
2.Moliyalarini davlat tomonidan tartibga solish

Moliya birjalari


Moliyaviy birja – oldindan belgilangan joy va muayyan vaqtda, belgilangan qoidalar asosida birja savdolarini tashkil etuvchi yuridik shaxs.
Moliyaviy birjalar oʻz faoliyatini tovar-xomashyo, fond va valyuta birjasi turida amalga oshiradi.
Maqsadi oldi sotdi shartnomalardan daromad topish
Birja oʻz ustav hujjatlariga ega boʻlishi kerak
va bu hujjatlar quyidagilardan iborat:
- birjaning toʻliq va qisqartirilgan firma nomi, joylashgan yeri,
elektron pochta manzili;
- birja ustav fondining miqdori;
- birja tomonidan chiqariladigan aksiyalarning soni, nominal
qiymati, turlari;
- birja boshqaruvining tuzilmasi, birja kuzatuv kengashining,
taftish komissiyasining va ijroiya organining aʼzolari soni, ushbu organlarni shakllantirish tartibi, ularning vakolatlari.
Birja kengashining vakolatlariga quyidagilar kiradi:
  • Birjani rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash
  • Birja savdosi qoidalarini tasdiqlash
  • A’zolik badallarining va birja tomonidan ko‘rsatiladigan xizmatlar uchun to‘lovlarning miqdorini belgilash
  • Birja a’zoligiga qabul qilish, a’zolikni to‘xtatib turish, tugatish tartibini tasdiqlash;
  • Birja faoliyati ustidan nazoratni amalga oshirish;
  • Birja savdosi qoidalarini buzganlik uchun jarimalarning miqdorlarini va ularni undirish tartibini belgilash;

Birja faoliyatining asosiy prinsiplari quyidagilardan iborat:

  • birja savdolarini o‘tkazishning oshkoraligi va ommaviyligi;
  • birja savdolarida narxlar shakllanishining erkinligi;
  • birja bitimlarini tuzishning ixtiyoriyligi;
  • birjaning barcha a’zolari uchun birja savdolarida ishtirok etishda shart-sharoitlarning tengligi;
  • tuzilgan birja bitimlari bajarilishining ta’minlanishi.

Birjalarni tartibga solish

  • Tovar-xomashyo va fond birjalarining faoliyatini tartibga solish vakolatli organ tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda amalga oshiriladi.
  • Valyuta birjasi faoliyatini tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi.

 Birja a’zolari

  • Birja tomonidan belgilangan tartibda birja savdolarida ishtirok etish hamda dilerlar, market-meykerlar va brokerlar sifatida birja bitimlarini tuzish huquqini olgan yuridik shaxslar birja a’zolaridir.
  • Birja bitimlarini o‘z nomidan va o‘z hisobidan tuzuvchi birja a’zosi dilerdir. Birja tovarlari narxlarining, talab va taklifning darajasini saqlab turish uchun o‘z zimmasiga birja bitimlarini tuzish majburiyatini olgan diler market-meykerdir.
  • Mijozning topshirig‘iga ko‘ra va uning hisobidan birja bitimlarini tuzuvchi birja a’zosi brokerdir.
  • Diler va broker vazifalari birjaning bitta a’zosi tomonidan qo‘shib amalga oshirilishiga yo‘l qo‘yiladi.
  • Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari birja a’zolari bo‘lishi mumkin emas, valyuta birjasi bundan mustasno.
  • Birja a’zolari birja savdolarida ularning nomidan birja bitimlari tuzishga vakolatli bo‘lgan o‘z xodimlari (treyderlar) orqali ishtirok etadi.

Birja a’zolari huquqlari

  • birja savdolarida ishtirok etish va birja bitimlarini tuzish;
  • birja komissiyalari faoliyatida ishtirok etish;
  • birja savdosi qoidalarini ishlab chiqishda ishtirok etish;
  • birja tomonidan taqdim etiladigan xizmatlardan foydalanish;
  • har bir birja savdosining yakunlari to‘g‘risida axborot olish

Oddiy auksion yo xaridorlardan kelib tushgan arizalarni qabul qilgan sotuvchi tomonidan (sotuvchi auksioni) yoki potensial sotuvchilardan manfaatli takliflar qidirayotgan xaridor tomonidan (xaridor auksioni) tashkil etilishi mumkin
Qorongʻu auksion
Golland auksioni
Ingliz auksioni
Murakkab auksion (uzluksiz, “chaqiriqli” yoki “olomonli”).
Auksionning bunday turi sotuvchilar va xaridorlar raqobatining yuqori
boʻlishini taqozo etadi. Birja savdosini tashkil etish shakli sifatida
murakkab auksionlar fond bozori xususiyatiga boshqa auksionlarga
nisabatan mos ravishligi bilan ajralib turadi.
Uzluksiz auksion
Chaqiriqli bozor
Oʻzbekistonda birinchi fond birjalari 1991-yildan boshlab tashkil etila boshladi
Bugungi kunda RFB “Toshkent” – bu 100 ortiq brokerlik
tashkilotlar va eng yangi uskunalarga ega boʻlgan birjadir.
Kursiv.uz
Uzse.uz
1994 yil 8 aprelda tashkil etilgan. Hozirda u yerda 99 ta kompaniya o‘z aksiyalari va 4 ta emitent (aksiya chiqaradigan kompaniya) o‘z obligatsiyalari bilan savdo qiladi.
Moliyaviy birjalar iqtisodiyotda katta roʻl oʻynagani tufayli ularni maʼlum bir qonun qoidalar bilan tartibga solish kerak boʻladi
Moliyaviy birjalarni davlat yomonidan tartibga solish
Birjalar faoliyatini davlat tomonidan tartibga solish O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda birjalar faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli organlar tomonidan amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 4-fevraldagi 66-sonli qarori bilan O‘zbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi birja faoliyatini tartibga soluvchi vakolatli davlat organi etib belgilangan.
Lex.uz
Moliya bozori: Darslik / S.Elmirzayev va boshqalar; – T.:
“Iqtisod-moliya”, 2019.
Finlit.uz
Etiboringiz uchun rahmat
Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin