Basketbol o’yinida ximoya texnikasi Reja



Yüklə 1,77 Mb.
səhifə1/2
tarix04.04.2023
ölçüsü1,77 Mb.
#93236
  1   2
11 Basketbol o’yinida ximoya texnikasi


Basketbol o’yinida ximoya texnikasi
Reja:
1.Basketbol o’yin texnikasi.
2.Basketbol to’pini o’yin va xioya ushlash.

Basketbol texnikasi unsurlari
Basketbolda asosiy maqsad —. natijali to'p tashlashdir. O'yin­ning aynan mohiyati va maqsadi ham shunda, ya'ni raqiblar savatiga qanchalik ko'p miqdorda to'p tashlagan jamoa o'yinchilari g'olib bo'ladilar. Qolgan barcha texnik unsurlar natijali to'p tashlash uchun eng yaxshi sharoit yaratishga qaratiladi. Agar siz turli-tuman texnik unsurlarni, o'yin taktikasi variantlarini qanchalik yaxshi egallasangiz, halqaga shunchalik to'pni ko'proq tushirasiz, shunchalik tez-tez g'alaba qilasiz.
Basketbol texnikasining asosiy usullarini ko'rib chiqamiz.
To'pni ushlash. Bu harakat ikki qo'llab barmoqlarni keng joylashtirish bilan bajariladi va to'p hamma tomondan ishonch bilan mahkam ushlanadi. Buning uchun siz, quyidagi mashqlarni bajarib ko'ring: to'pni olib uni yuqoriga ko'taring, tez tizzagacha .tushiring, so'ngra to'g'ri qo'llarda to'pni o'ngga ko'taring, tez harakat bilan chapga olib o'ting, to'pni awal chap, so'ngra o'ng tomonlarga aylantiring. Bu harakatlar ishonchli bajarilsa, demak, to'pni ushlash to'g'ri bajarilgan. Siz quyidagilarni esda saqlang: to'p barmoqlar bilan ushlanadi, kaftning yuzasi tegmaydi (98-rasm). Mana bu mashqni bajarib ko'ring: to'pni oling, uni sheriigingiz olishiga ruxsat bering, so'ngra sherikning qarshiligini yengib, shiddatli harakatlar bilan yuqoriga, pastga, o'zidan aylantirib, itarib va siltab, to'pni tortib oling.

To'pni ushlab olish. O'yinchi to'pga qarshi chiqib, yengil uchib kelayotgan to'pni iyagi darajasida ushlab olish oson kechadi. Buning uchun to'pga tomon xohlagan oyoq bilan oldinga bir qadam qo'yish lozim, qo'llarni to'pga to'g'ri va zo'riqtirmay, barmoqlar keng yozilgan holda uzatiladi. Bu paytda katta barmoqlar bir-biriga 3—5 sm gacha yaqinlashtirilib yo'naltiriladi va cho'ziladi. To'p qo'l barmoqlariga tegishi bilanoq, yengil bukiladi va amortizatsiya harakati bilan to'p ko'krakka olib kelinadi. Yuqoridan uchib kelayotgan to'pni ushlab olish ham shunga o'xshash bajariladi. Bunda ham amortizatsiya harakati bilan to'pning uchish tezligi pasaytiriladi, yuqori ushlangan to'p, asta ko'krakka olib tushiladi. To'p past uchib kelayotganda qo'llar oldinga-pastga cho'ziladi, barmoqlar yoyiladi, kaftlar esa biroz oldinga-ichkariga qaratiladi To'p bilan trayektoriya bo'yicha amortizatsiya harakatlari: tizzaga-qoringa-ko'krakda amalga oshiriladi. O'ng yoki chapdan uchib kelayotgan to'pni ushlash bir oyoqni qo'yib bajariladi. Buning uchun qo'l barmoqlari keng yoyilib, to'p tomonga cho'ziladi. Unga tegishi bilanoq, barmoqlar amortizatsiya (yumshatish)harakatini boshlaydi va shu vaqtda to'pni ushlab olib, uni tortadi. Bundan so'ng to'p uzatish va tashlash uchun qulay bo'lgan holatga olinadi.
Yugurib ketayotgan o'yinchining izidan uchib kelayotgan to'pni ushlab olish ancha qiyin. Bu himoyani tez yorib o'tib hujum qilish paytida qo'llanadi. Biroq bu ishni yugurish tezligini pasay-tirmay turib, to'p kelayotgan tomonga yelka va boshni biroz burib bajarsa bo'ladi Bunda qo'lga to'p tegishi bilan hovuch-lash harakati bilan to'p o'ziga tortiladi va ushlab olinadi. Bu unsurni muvaffaqiyatli o'rganish ko'pincha izidan to'p uzatuvchi sherikka bog'liq. Bu holatda oldinda yugurib ketayotgan o'yinchining tezligi hisobga olinib, to'p yonidan unga 0,5 m yaqin qilib, 1—2 m oldinga

uzatiladi. To'pni qabul qiluvchi o'yinchi boshini burib, to'pni ko'rgan zahoti uni ushlab olishi lozim. Qabul qiluvchining qo'l kafti yoki uning to'p bilan uchra-shishining eng ishonchli nuqtasi uzatuvchi uchun nishon bo'lib xizmat qiladi. Ushbu harakatni tez-tez takrorlash, uzatuvchida ham, qabul qiluvchi o'yinchida ham to'pni his etish malakasini hosil qilish imkonini beradi.
Basketbol 1891 yilda AQShning Massachetus shtatidagi Springfild kollejining jismoniy tarbiya o‘qituvchisi Kanadalik Jeyms Neysmit tomonidan kashf etilgan. Jeyms Neysmit yopiq xonalar uchun yangi o‘yin o‘ylab chiqadi. U balkon panjaralariga shoftoli solinadigan savatlardan ikkitasini osib qo‘yadi. O‘yinda qatnashuvchilar o‘z raqiblarining savatlariga futbol to‘pini tushurishlari lozim edi. O‘yinga erkaklar bilan ayollar birgalikda qatnashadilar. Neysmit taklif qilgan o‘yin birinchi kundanoq talabalar orasida katta qiziqish uyg‘otdi.
Gimnastika guruhida 18 kishi bo‘lgani uchun, ular ikki jamoaga bo‘linib o‘ynay boshladilar. Keyinchalik har bir jamoadagi o‘yinchilarning soni 7 va 5 tagacha kamaytiriladi. 1892 yilda Neysmit 13 ta basketbol o‘yin qoidasini tuzib chiqdi:
Ular quydagilardan iborat bo‘lgan.

  1. To‘pni bir va ikki qo‘llab xar tomonga tashlash mumkin.

  2. To‘pni xar-xil yo‘nalish bo‘yicha bir yoki ikki qo‘l bilan urib yuborish mumkin bo‘lgan (Musht bilan urish man etilgan).

  3. To‘p bilan yugurishga ruxsat berilmagan. O‘yinchi qabul qilgan to‘pni qaerda qabul qilgan bo‘lsa shu joydan tashlash kerak bo‘lgan. Katta tezlikda yugurib kelayotgan o‘yinchi to‘pni qabul qilganda to‘xtashga xarakat qilgan ba’zi bir xollarda qoida buzilmadi deb unga ruxsat berilgan.

  4. To‘pni faqat qo‘l barmoqlari bilan ushlash mumkin bo‘lgan. Yelka, qo‘ltiq yoki gavdaning boshqa qisimlarida to‘pni ushlashga ruxsat berilmagan.

  5. O‘yinchi raqibini yelka bilan turtishi, ushlab qolishi, qo‘l bilan urishi yoki chalishi man etilgan. Bu qoidalarni buzgan o‘yinchilarga birinchi marotabasida jarima to‘p e’lon qilingan, ikkinchi marotaba takrorlangan holda bu o‘yinchini o‘yindan butunlay chiqarilgan o‘rniga boshqa o‘yinchi almashishi mumkin bo‘lmagan.

  6. To‘pni musht bilan urilganda, 3,4 va 5-punktlar buzilgan xollarda jarima berilgan.

  7. Jamoalardan birontasi ketma-ket uch marotaba jarima olsa, raqib jamoasi savatga egasi bo‘lgan (maydon egasi bo‘lgan) va to‘p tashlagan.

  8. Savatga to‘p tushirgan jamoa maydon egasi hisoblanib, savatga tushgan to‘pni yana shu jamoa o‘yinchilari o‘yinga kiritish huquqiga ega bo‘lgan.

  9. To‘p maydondan qaysi o‘yinchiga tegib maydondan tashqariga chiqib ketsa birinchi to‘p kimga tegib chiqsa shu o‘yinchi maydonga qayta kirish huquqiga ega bo‘lgan.

  10. Bosh xakam maydondagi o‘yinni nazorat qilib borgan va o‘yin qoidasini 3 marotaba buzgan o‘yinchini maydondan chiqarish to‘g‘risida maydondagi xakamga xabar bergan.

  11. Maydon ichidagi xakam to‘pni maydondagi xarakatini, maydondan tashqariga chiqqan xollarini, qaysi maydonda o‘yinchilariga tegishliligi, qyinchilarning o‘yin qoidalariga rioya qilshlari va xisoblarning borishini nazorat qilgan.

  12. O‘yin 2 qismdan o‘yinalib, har-bir qismi 15 daqiqa davom etgan va o‘rtada 5 minut tanaffu e’lon qilingan.

  13. Qaysi jamoa o‘yinchilari savatga ko‘p to‘p tushirsa shu jamoa g’olib deb topilgan. Xisoblar teng bo‘lgan xollarda jamoa sarkorlarini kelishuvlari bilan qo‘shimcha vaqt belgilanib, 1-gol bo‘lguncha o‘yin davom etgan.

Dunyodagi ko‘pkina mamlakatlarda basketbolning keng tarqalishi natijasida 1919-1931 yillarga kelib milliy basketbol federatsialari tashkil qilina boshlandi.
1930 yillardi AQShning Stenford universiteti jamoasining yulduzi Xenk Luizetti basketbol tarixida birinchi bo‘lib to‘pni savatga sakrab tashlash usulini qo‘lladi. Xozir esa bu usul ommaviy tus olgan.
1935 yilda Jenevada erkaklar jamoalari o‘rtasida birinchi Yevropa chempionati bo‘lib o‘tdi. Bunda Boltiqbo‘yi mamlakatlarining jamoalari uchun omadli keldi. Yevropa chempioni unvoniga Latviya terma jamoasi birinchi bo‘lib sazovor bo‘ldi. Taktika markaziy o‘yinchi orqali, xujum uyushtirish sistemasi erkaklar jamoalari o‘rtasida vujudga keldi.
1950 yilda Argentinada birinchi dunyo chempionati bo‘lib o‘tdi. Bunda mezbonlar birinchi o‘rinni egallashdi. Ayollar jamoalari uchun birinchi dunyo chempionati 1953 yilda o‘tkaziladi va AQSh ayollar terma jamoasi jahon chempioni unvoniga sazovor bo‘ldi.
1950 yillarning boshida basketbol o‘yinining musobaqa qoidalariga quyidagi o‘zgartirishlar kiritildi:
30 soniya o‘yin qoidasi (bunda, asosan tupni egallab turgan jamoa 30 soniya ichida uni raqib savatiga otishi lozim);
30 soniya qoidasi va jarima maydonchasini kengaytirilishi (bunda, asosan xujumchining raqib jarima maydonchasi ichida 3-soniya ortiq turishi taqiqlandi);
To‘pni yerga urib yurishni boshlashda, to‘p basketbolchining qo‘lidan chiqqandan sunggina, tayanch oyoqni yerdan uzishga ruxsat berildi va xokazo. Shu yillarda basketbol o‘yinining bir qo‘llab to‘p uzatish, faqat panja harakati bilan to‘p uzatish, chalg‘itib uzatish hamda to‘pga qaramasdan uni yerga urib yurish, sakraganda bir va ikki qo‘llab savtga to‘p otish kabi texnik usullari takomillashdi va keng tarqaldi.
Hozirgi kunda basketbol bilan boshqa yupqa sport turlariga nisbatang eng ko‘p (100 milliondan ortiq) kishi shug‘ullanmoqda. Halqaro basketbol federatsiyasiga 157 mamalakatlarning milliy federatsiyalari a’zodir. Jumladan Yevropada 31, Osiyoda 38, Amerikada 38, Afrikada 40, Avstraliya va Okeaniyada 10 ta basketbol federatsiyasi mavjud.

XXI Olimpiada o‘yinlari dasturiga (76, Monreal) basketbol bo‘yicha ayollar bellashuvining kiritilishi esa ayollar o‘rtasida basketbol o‘yininig keng rivojlanishiga ta’sir ko‘rsatadi.
Xozirgi kunga kelib bu qonun-qoidalarga asoslanib yangi qonun-qoidalar, imo-ishoralar va maydon belgilari o‘zgardi.


Yüklə 1,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin