Bilishning taraqiyotining mantiqiy shakllari reja: Bilishning mazmuni va mohiyati. Bilishning asosiy turlari va shakllari
BILISHNING TARAQIYOTINING MANTIQIY SHAKLLARI
Reja:
1. Bilishning mazmuni va mohiyati.
2. Bilishning asosiy turlari va shakllari.
3. Ong-tafakkur va borliqning birligi.
4. Haqiqatning asosiy shakllari va konsepsiyalari.
Ratsionalizm (ratsionalistlar) insonda tug‘ma g‘oyalar, adolat, insoniylik,
uyg‘unlik g‘oyalari va tajribadan olinishi mumkin bo‘lmagan boshqa g‘oyalar
mavjudligidan kelib chiqadi. Zotan, tajriba to‘la adolat, yalpi insoniylik mavjud
emasligini, bizni qurshagan dunyoda uyg‘unlik ustidan xaos hukm surishini
ko‘rsatadi. Bunda ayrim ashaddiy ratsionalistlar (masalan, Platon, Avgustin va
ularning hamfikrlari) ko‘rsatib o‘tganidek g‘oyalar inson aqliga xos tug‘ma
g‘oyalar bo‘lib, ularni inson faqat o‘z aqlidan olishini qayd etadilar; boshqa,
mo‘‘tadil ratsionalistlar (masalan, Leybnits, Volf, Baumgarten) esa, g‘oyalar aqlga
bog‘liq bo‘lmagan holda mavjud bo‘lsa-da, biroq ular faqat aqlda tafakkur va
falsafiy mushohada yuritish jarayonida tug‘ilishini ta’kidlaydilar.
Empirizm (empiristlar, F. Bekon, J. Lokk, T. Gobbs, D. YUm, L. Feyerbax),
aksincha, inson, insoniyat shaxsiy yoki ijtimoiy tajribaga ega bo‘lgunga qadar
biron-bir g‘oya mavjud bo‘lishini inkor etadilar. Ular barcha g‘oyalar inson ongi
zamirida yo shaxsiy tajriba, yo boshqalar tajribasi, butun insoniyat tajribasini
umumlashtirish orqali tug‘ilishini qayd etadilar va bu tezisni isbotlashga harakat
qiladilar. Ularning fikriga ko‘ra, tajriba inson ongida uning sezgilari va o‘zini
qurshagan dunyoni idrok etishi orqali aks etadi. Falsafada idrok etishni persepsiya
(lotincha «perception» - idrok etish) deb atash odat tusini olgan. Persepsiya o‘zini
qurshagan dunyodagi narsalar va hodisalarni sezgilar orqali idrok etishga aytiladi,
appersepsiya borliqni aql bilan anglash, bilish, ularni g‘oyalarda ifodalashdir.
Gnoseologik relyativizm – borliq hodisalari va voqealarini bilish
o‘zgaruvchanligi,
o‘tkinchiligini
mutlaqlashtiruvchi
agnostitsizmning
yo‘nalishlaridan biridir. Relyativizm tarafdorlari dunyoda hamma narsa o‘tkinchi,
haqiqiy dunyoviy darajada ham, hattoki ilmiy darajada ham bizning olam
hodisalari haqida olgan faqat shu paytdagi bilimlarimizni ifodalaydi, kecha haqiqat
deb hisoblangan narsa bugun ishtiboh, xato sifatida tan olinadi: xuddi dori kabi,
haqiqatning ham saqlanish muddati bor. Nisbiy mushohadalar bundan ham
omonatroq. Bu ijtimoiy hayotda, axloq normalari va estetik didlarda ayniqsa
yaqqol seziladi.
Relyativizm namoyandalari odatda haqiqiy deb hisoblangan qoidalar
keyinchalik soxta deb inkor etilgan va aksincha, soxta deb hisoblangan qoidalar
fan rivojlanishi jarayonida haqiqiy deb e’tirof etilgan hollar fan tarixida ko‘p
ekanligiga ishora qiladilar. Ilmiy bilishning harakat yo‘li – amalda to‘g‘ri chiziq
emas, balki kesimlarida yanglishish hollari yuz berishi mumkin bo‘lgan egri
chiziqdan iborat. Biroq bu bizning barcha bilimlarimiz safsata ekanligini
isbotlamaydi.
Relyativist «bilimda nisbiylik unsuri mavjud» degan to‘g‘ri qoidani «bilim
doimo nisbiydir», binobarin, bilim kerak emas, degan yanglish qoidaga
almashtiradi. «Bu eng yomon fikr: agar men hamma narsani bila olmasam, men
hech ish qilmayman»1.
Kundalik amaliyotdan olinadigan bilimlar tabiat haqida, shuningdek
odamlarning o‘zlari, ularning yashash sharoiti, ijtimoiy aloqalari va hokazolar
to‘g‘risida elementlar bilimlar beruvchi kundalik-amaliy bilimlar bilishning tarixan
1
Толстой Л.Н. Воспоминания. – М.: Прогресс, 1991. – С.3.
eng birinchi shakli hisoblanadi. Bilishning bu shakli kundalik hayot, odamlar
amaliyoti tajribasidan kelib chiqqan.
O‘yin vositasidagi bilim. Bilimning tarixan dastlabki shakllaridan biri – o‘yin
vositasidagi bilim nafaqat bolalar, balki kattalar faoliyatining ham muhim unsuri
hisoblanadi.
Mifologik bilim. Mifologik bilim, ayniqsa, insoniyat tarixining dastlabki
bosqichida muhim rol o‘ynagan. Mifologik bilimning o‘ziga xos xususiyati
shundan iboratki, u borliqning fantastik in’ikosi hisoblanadi.
Badiiy bilim. Borliqni tushunib etish refleksiyaning o‘ziga xos shakli bo‘lib, u
san’at borlig‘ining barcha bosqichlarida – asar g‘oyasidan boshlab uning odamlar
tomonidan qabul qilinishigacha – o‘ziga xos tarzda ro‘yobga chiqadi.
Diniy bilim. Dinning asosiy vazifasi – inson hayoti, tabiat va jamiyat
borlig‘ining mazmunini aniqlashdir. U insoniyat to‘plagan tajribaga tayanib, inson
hayotining muhim ko‘rinishlari, chunonchi: oila va turmushdagi xulq-atvor,
axloqiy qoidalar, mehnat, tabiat, jamiyat va davlatga munosabatni tartibga soladi.
Falsafiy bilim. Falsafa, san’at va din kabi, bilish vazifalarini echish bilangina
kifoyalanmaydi. Uning bosh vazifasi san’at va din bilan uyg‘un – inson dunyoda
ma’naviy mo‘ljal olishiga ko‘maklashish. Falsafiy bilim ayni shu maqsadga
bo‘ysundirilgan. Falsafa umuman dunyo, uning «birinchi» asoslari, hodisalarning
universal o‘zaro aloqasi, borliqning umumiy xossalari va qonunlari haqida umumiy
tasavvurni shakllantiradi. Falsafa dunyoni insonga bog‘lab o‘rganadi. Me’yorlar va
ideallar, ilmiy bilimlar va san’at yutuqlari, insonning tashvishlari, ehtiyojlari, hayot
mazmunini anglash yo‘lidagi izlanishlari faylasufning dunyoqarashini, falsafiy
mushohada yuritish shaklini belgilaydi.
Ilmiy bilim. Bilimning eng oliy shakli fandir. Ayrim fanlarning vakillari fanni
ta’riflar ekanlar, uni muayyan tadqiqotlar sohasi bilan bog‘laydilar. Ilmiy bilim
boshqa bilim turlaridan o‘zining aniqligi bilan ajralib turadi. Ilmiy bilim, ma’naviy
ishlab chiqarishning barcha shakllari kabi, pirovardida inson faoliyatini tartibga
solish uchun zarur. Bilishning har xil turlari bu vazifani turlicha bajaradi va
mazkur farqning tahlili ilmiy bilishning o‘ziga xos xususiyatlarini aniqlashning
birinchi va muhim sharti hisoblanadi.
Bilish dunyoning ob’ekt va sub’ektga bo‘linishini nazarda tutadi. Falsafada bu
tushunchalar jonli mavjudot bo‘lgan inson bilish jarayoniga olib kiradigan va bu
jarayonga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan sub’ektivlikdan uzoqlashish uchun ishlab
chiqilgan. Bilimning ob’ektivligi, haqiqatning sub’ektdan mustaqilligi e’lon
qilingan. Sxolastika tabiatshunoslikning rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan sharoitda
ilmiy bilish sub’ektlarining o‘tkinchi manfaatlari ko‘pincha ob’ektivlikka xalaqit
berardi, shu bois bu tushunchalarning aniq farqlanishi o‘rinli bo‘lgan. Faylasuflarni
sub’ektning ob’ektga ta’siri muammolari, anglab etilayotgan ob’ektga
sub’ektivlikning ta’siri yo‘llari va xususiyati masalalari tobora ko‘proq qiziqtira
boshlagan hozirgi kunda ham bu muammo va tegishli tushunchalar o‘z ahamiyatini
yo‘qotgani yo‘q.
Sub’ekt – bu bilish faolligining manbai. Sub’ekt deganda odatda individ
tushuniladi. Biroq bu uncha to‘g‘ri emas. Sub’ekt – bu, albatta, avvalo barcha
bilish qobiliyatlariga ega bo‘lgan individ. Sub’ekt – bu mikroguruh, ijtimoiy
guruh, sinf, jamiyat hamdir. Ayni vaqtda, kichik guruh ham «sub’ekt» bo‘lishi
mumkin. Fikrlash jarayoni amalga oshadigan bosh miya po‘stlog‘ida tafakkur
mazkur muayyan insonning harakatlari, uning kechinmalari, his-tuyg‘ulariga
qaratilishi mumkin: bu holda ong o‘zining alohida jihati – o‘zlikni anglash sifatida
amal qiladi, tafakkur (individ doirasida) nimaga qaratilgan bo‘lsa, shu ob’ekt
bo‘ladi.
Bilishning haqiqiy sub’ekti hech qachon faqat gnoseologik xususiyatga ega
bo‘lmaydi: u o‘z mayllari, qiziqishlari, fe’l-atvori, mijozi, aql yoki aqlsizlik,
qobiliyat yoki qobiliyatsizlik darajasiga ega bo‘lgan, irodali yoki irodasi bo‘sh tirik
shaxs. Biroq ko‘pincha bilish sub’ekti deganda intellektual faollikning qandaydir
shaxssiz mantiqiy bo‘lagi tushuniladi.
Ob’ekt – bu sub’ektning bilish faoliyati qaratilgan narsa yoki hodisa. Asbob
ham (uni o‘rganishayotgan va ta’mirlashayotganida), boshqa individ ham,
yuqorida ko‘rganimizdek, anglab etayotgan individ bilan bog‘liq narsalar va
hodisalar ham ob’ekt bo‘lishi mumkin. «Ob’ekt» tushunchasini ob’ektiv borliq
bilan
aralashtirmaslik
kerak.
Masalan,
hayvonlarning
hujayralaridagi
xromosomalar ular sitologiya va genetikada o‘rganish «ob’ekti»ga aylanishidan
ancha oldin mavjud bo‘lgan, biroq kashf etilganidan keyingina o‘rganila
boshlangan va «ob’ektlar»ga aylangan.
Dostları ilə paylaş: |