Sababi. Sil (tuberkulyoz ) yuqumli kasallik bo‘lib, uni sil tayoqchasi qo‘zgatadi. Infeksiya bemordan havo-nafas, idish-tovoqlar, o‘yinchoqlar, sochiq orqali yuqadi. Shuningdek, kasallangan hayvon go‘shti va suti orqali ham yuqishi mumkin.
Bola ovqatining sifatsiz bo`lishi, tez-tez shamollashi, kamqonlik, ichburug‘ va boshqa ichak kasalliklari bilan tez-tez xastalanishi organizmni zaiflashtirib, mikroblarning ko`payishiga sharoit yaratadi.
Sil - tananing barcha a’zolarida, asosan, o’pka to’qimalarida o’ziga xos yallig’lanish ro’y berishi bilan kechadigan o’tkir yuqumli kasallikdir.
Kasallik tuberkulyoz mikobakteriyasi tomonidan chaqirilib har xil a’zo va to’qimalarda, ko’pincha o’pkada maxsus granulema hosil qiladi.
Etiologiyasi: Sil qo’zg’atuvchisi 1882 yilda Kox tomonidan aniqlangan. Mikrob kislotaga chidamli. Mikobakteriyalar ingichka, tekis yoki sal qiyshaygan bo’lib, uzunligi 1-10 mkn, eni 0.2-0.6 mkn. Bakteriyalar nafas yo’llari, hazm a’zolari orqali o’tib, limfa va gematogen yo’llar bilan tarqaladi. Kasallik manbai bemor insonlar. Tuberkulyoz rivojlanishida yashash sharoiti, a’zoning qarshilik ko’rsatishi va naslni ahamiyati katta.
Bolalarda sil kasalligining asosiy klinik turlari. I.Guruh. Bolalar va o’smirlarda sil intoksikasiyasi. II.Guruh. Nafas a’zolarining sili. Birlamchi sil kompleksi
-O’pkaning bo’shliq(kavernali) sili
-Ko’krak limfa tugunlarining sili
-Tarqalgan o’pka sili
-O’pkaning o’choqli sili
-O’pkaning infiltratli sili
-O’pka tuberkulomasi
-O’pkaning bo’shliq(kavernali) sili
-O’pkaning fibrozli bo’shliq(kavernali) sili
-Sil plevriti
-Yuqori nafas yo’llari , traxeya , bronxlarning sili
-Nafas a’zolarining changli professional kasalliklari bilan kechuvch sili
III Guruh. Boshqa a’zolar va sistemalarning sili. -Suyak va bo’g’imlar sili
-siydik va jinsiy a’zolarning sili
- teri va teri osti to’qimasining sili
-periferik limfa tugunlarining sili
-ko’z sili
-boshqa a’zolar sili
Sil jarayoninig tasnifi.
Silning o’rni va tarangligi: o’pkada uning bo’lak va sigmentlariga nisbatan, boshqa a’zolarda esa joylashgan o’rniga nisbatan aniqlanadi.
Davri. infiltrativ, yemirilish, tarqalish davri
qayta so’rilish, qotish , chandiq hosil bo’lishi , ohaktosh bilan boyish davri
Asoratlari O’pkadan qon ketishi, pnevmatoraks, o’pka-yurak yetishmovchiligi va boshqalar .