Mavzu: Qon yaratuvchi va immun ximoya a’zolari. Limfa tugunlari



Yüklə 330,46 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix12.05.2023
ölçüsü330,46 Kb.
#112129
  1   2   3   4   5


Mavzu:Qon yaratuvchi va immun ximoya a’zolari. 
Limfa tugunlari periferik qon yaratuvchi va immun-himoya a‟zolaridan biridir. 
Limfa tugunlari limfa tomirlari bo„ylab joylashib, quyidagi vazifalarni bajaradi: 
1. Limfa tugunlarida T-va V- limfotsitlarning ko„payishi va ularnig antigenga 
mos ravishda ixtisoslanishi kuzatiladi. T- va V-limfotsitlarning o„zaro hamda 
mikromuhit hujayralari bilan muloqotda bo„lishi ma‟lum antigenlarga qarshi spetsifik 
antitelolar ishlab chiqarishga olib keladi. 
2. Tugunlar oqib o„tayotgan to„qima suyuqligini yoki limfani barcha yot 
antigenlardan tozalaydi.
3. Tugunlar to„qima suyuqligi uchun o„ziga xos yig„uvchi a‟zo yoki depo bo„lib 
hisoblanadi.
4. Limfa tugunlarida qon orqali kelgan monotsitlarning makrofaglarga va 
iterdigitirlovchi hujayralarga aylanishi ro„y beradi. 
Taraqqiyoti. Limfa tugunlari limfa tomirlari yo„llarida paydo bo„ladi. Tugun 
kurtagining atrofida joylashgan mezenxima hujayralaridan tugunni o„rab turuvchi 
kapsula, ichkarisiga botib kiruvchi trabekulalar va stromanisini hosil qiluvchi 
retikulyar to„qima rivojlanadi. Kurtakning chekkalarida mezenxima hujayralari
birlashib qirg„oq sinusini, ichkariga qarab yo„nalgan xujayralar esa, oraliq sinuslarni 
hosil qiladi. To„rsimon stromaning bo„shliqlari 4- oydan limfotsitlar bilan to„la 
boshlaydi. Embrion taraqqiyotining 6- oyiga kelib limfa tugunlari qon yaratuvchi va 
immun-himoya a‟zolari sifatida shakllanadi.
Tuzilishi. Limfa tuguni loviyasimon shaklga ega bo„lib, kattaligi 0,3-1 sm 
atrofida. Uning qavariq yuzasi orqali olib keluvchi limfatik tomirlar alohida-alohida 
holda tugun ichiga kiradi. Botiq yuzasi esa tugun darvozasi deb atalib, bu erdan 
arteriya kiradi va vena hamda olib ketuvchi limfatik tomirlar chiqadi. Limfa tuguni 
sirtidan zich biriktiruvchi to„qimadan iborat kapsula bilan qoplangan. Kapsuladan 
tugunning ichiga o„zaro anastomozlar hosil qiluvchi trabekulalar kiradi.
Tugunda to„qroq bo„yalgan, chekka joylashgan p o „ s t l o q va ochroq 
bo„yalgan m a r k a z i y m a g „ i z moddalarni ajratish mumkin. Po„stloq modda 
asosan yumaloq va oval tuzilmalardan - limfatik follikulalardan iboratdir. Mag„iz 
modda esa mag„iz tasmalari va ular orasida joylashgan sinuslardan tashkil topgan. 
Po„stloq va mag„iz moddalar chegarasida limfotsitlar tarqoq holda yotadigan oraliq 
yoki po„stloq oldi zona (ragasogtex) farqlanadi. Asosan T- limfotsitlar joylashishi 
tufayli bu soha timusga tobe yoki T- zona deb ataladi. 
Po‘stloq modda. Limfoid follikullar po„stloq moddaning asosiy qismini tashkil 
etadi. Ular diametri 0,5—1 mm atrofidagi yumaloq yoki oval tuzilmalardir. Har bir 



follikulda uning tashqi (qoplovchi), o„rta (oraliq) va markaziy qismlari farklanadi. 
Tashqi va oraliq qismlarda asosan mayda va o„rta limfotsitlar joylashadi. Follikulning 
markaziy qismi ochroq bo„yalib, g e r m i n a t i v yoki k o „ p a y i s h m a r k a z l a r i
d e y i l a d i . Bu sohaning turli antigenlar ta‟siri ostida o„zgarishi uning reaktiv 
m a r k a z ham deb atalishiga sababdir. Follikullar tarkibiga asosan V-limfotsitlar va 
ularning hosilasi hisoblangan plazmatik hujayralar kiradi. SHu tufayli follikullar suyak 
ko„migiga tobe yoki V-zonaga kiritiladi. Organizmga antigenlar tushganda ko„payish 
markazi kengayib, unda juda ko„p mikdorda mitoz yo„li bilan bo„linadigan hujayralar 
kuzatiladi. Aksincha, organizmning nisbatan tinch holatida ko„payish markazlari 
kichrayib, unda yakka bo„linayotgan limfoblastlar va ozgina makrofaglarni ko„rish 
mumkin. 
Po„stloq oldi zonada asosan T-limfotsitlar va IDX joylashadi. IDX T-
limfots'itlarning ko„payishi va ishchi (yoki effektor) hujayralarga differensiallanishini 
ta‟minlaydi. Parakorteksning muhim xususiyatlaridan yana biri unda ko„p miqdorda 
postkapillyar venulalarning bo„lishidir. Bu venulalar baland, deyarli silindrsimon 
endoteliy hu-jayralari borligi bilan ajralib turadi. Bu endoteliy orasidagi yoriqlar orqali 
T- va V- limfotsitlarning tugun ichiga kirishi va undan chiqishi kuzatiladi. 

Yüklə 330,46 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin