Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o’rgatishl



Yüklə 30,59 Kb.
səhifə1/5
tarix15.10.2023
ölçüsü30,59 Kb.
#155810
  1   2   3   4   5
2-курс сиртки Мустакил йурик Сахналаштириш


QO’QON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI


MAKTABGACHA TA’LIM KAFEDRASI
BOLALARNI SAHNALASHTIRISH VA IJODIY FAOLIYATGA O’RGATISHl ” FANIDAN TALABALAR MUSTAQIL ISHLARINI TASHKIL ETISH VA BAJARISH BO’YICHA


USLUBIY KO’RSATMA
Ta’lim sohasi: 110 000 - Pedagogika
Ta’lim yo’nalishi: 60110200 –Maktabgacha ta’lim

Qo’qon – 2022 yil
Mazkur uslubiy ko‘rsatma fanning ishchi o‘quv dasturi mazmun va maqsadidan kelib chiqib pedagogika oliy o‘quv yurtining maktabgacha ta’lim yo‘nalishidagi bakalavrlari uchun tayyorlandi. Ko‘rsatmada talabalarning mustaqil ishlarini tashkil etish maqsadi, olib borish tartibi, ajratilgan soat, mustaqil ish turlari, ularni bayon etish yo‘l, usullari, texnikasi va mazmunini yoritishda foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati berilgan.
Ushbu uslubiy ko‘rsatma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim Vazirining 2020 yil 14 avgustdagi 418 -buyrug’i bilan tasdiqlangan “Bolalarni nutqini oʻstirish nazariyasi va texnologiyalari ” fanidan tuzilgan namunaviy o‘quv dasturi asosida ishlab chiqildi.

Muallif: Maktabgacha ta`lim kafedrasi o`qituvchisi S.Achilova


Taqrizchilar:
G .Nazirova– Muqimiy nomidagi QDPI “Maktabgacha ta’lim” kafedrasi mudiri . Pedagogika fanlari nomzodi

Mazkur uslubiy ko‘rsatma Qo‘qon davlat pedagogika unistituti Kengashining 2022-yil ________________dagi 1-sonli bayoni bilan tasdiqlangan.




Mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar

Talabalar mustaqil ishini tashkil etishda o‘qituvchining rahbarligi, nazorati ostida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil bajarish uchun zarur bilim, ko‘nikma, malakalarni shakllantirish va rivojlantirish maqsadi ko‘zlanadi.


Mustaqil ishini tashkil etishda har bir talabaning bilim, fan asoslarini puxta o‘zlashtirish darajasi va qobiliyati hisobga olinadi. Talabalarning mustaqil ishlari quyidagi shakllarda tashkil etiladi: muayyan mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish; berilgan mavzular bo‘yicha referat tayyorlash; nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash; seminar mashg‘ulotlarini tashkil etishga tayyorgarlik ko‘rish; o‘zlashtirilgan bilimlarga tayangan holda muayyan mavzular mohiyatini yorituvchi maketlar, modellar, ijodiy ishlarni yaratish, ilmiy maqolalar, nashr ishlarida chop etilgan pedagogik mazmundagi maqolalar yuzasidan taqrizlar yozish, mualliflik dasturlari, ilmiy loyihalar, dars ishlanmalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlarning ssenariylarini tayyorlash.
Talabalar mustaqil ishini nazorat qilish o‘quv mashg‘ulotlarini olib boradigan o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.
Talabalar uchun tegishli fan bo‘yicha mustaqil ish topshiriqlari mas’ul kafedra professori tomonidan o‘quv mashg‘ulotini bevosita olib boruvchi o‘qituvchi bilan birgalikda tuzilib, kafedra mudiri tomonidan tasdiqlanadi.
Mustaqil ishni bajarish uchun talabalarga axborot manbasi sifatida darsliklar, o‘quv va metodik qo‘llanmalar, metodik ko‘rsatma, tavsiyanomalar, ma’lumotlar to‘plami va banki, ilmiy va ommaviy davriy nashrlar, Internet materiallari, mavzu bo‘yicha avval bajarilgan ishlar ro‘yxati, alfavitli katalog kabilar taqdim etiladi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat bosqichi maktabgacha ta’lim yo‘nalishi uchun mo‘ljallangan “ Bolalarni sahnalashtirish va ijodiy faoliyatga o`rgatish ” fani bo‘yicha mustaqil ishlarni tashkil etish va bajarish bo‘yicha metodik ishlanma Davlat ta’lim standarti va namunaviy o‘quv reja asosida tayyorlangan .

Mustaqil ta’lim mazmuni ma’ruza va seminar (amaliy) mashg‘ulotlari mavzulari asosida shakllantiriladi. Biroq mustaqil ta’lim ko‘proq ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida o‘rganilmagan masalalarni o‘z ichiga qamrab oladi. Mustaqil ta’lim asosida o‘qib-o‘rganilgan masalalar fan bo‘yicha oraliq va yakuniy nazorat ishlari savollarida o‘z aksini topadi.


Ko‘rsatmada talabalarning mustaqil ishlarni bajarish bo‘yicha tavsiyalar, mustaqil ishlarini tashkil etish maqsadi, olib borish tartibi, ajratilgan soat, mustaqil ish turlari, ularni bayon etish yo‘l, usullari, texnikasi va mazmunini yoritishda foydalaniladigan adabiyotlar ro‘yxati berilgan.



Yüklə 30,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin