1. Ona tili o’qitish metodikasi qanday fanlar qatoriga kiradi? А. Ilmiy-nazariy fan
В. Ilmiy-tabiiy fan
С. Pedagogik fan
D. Tabiiy fan
2. Ona tili o’qitish metodikasi bo`lajak boshlang`ich sinf o`qituvchisini qaysi jihatdan ta`lim jarayoniga tayyorlaydi? A. Hozirgi zamon metod, usul, shakl va vositalardan foydalanish qobiliyatini tarkib toptiradi.
B. Boshlang`ich sinf ona tili dasturi talablari asosida o`quvchilarda bilim, ko`nikma va malakalarni shakllantirishga tayyorlaydi.
S. A va B.
D. Ona tilining barcha bo`limlarini muvaffaqiyatli o`qitishga tayyorlaydi.
3. Ona tili o’qitish metodikasi o`quvchini qaysi jihatdan tarbiyalaydi? A. O`quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantiradi.
B. Borliq va jamiat haqidagi bilimlarini boyitadi.
C. Ijtimoiy hayot haqidagi qarashlarni tarbiyalaydi.
D. Ma`naviy-axloqiy tarbiyasini tarkib toptiradi.
4. Metod va metodika atamalariga berilgan izohni aniqlang. A. Metod - bilish va tadqiqot yo’li, nazariya, ta’limot. Metodika biror ishni amalga oshirish metodlari va usullarining yig’indisi.
B. “Metodika” (yun. “metodike”) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig’indisi yoki o’qitish usullari haqidagi ta’limot
C. “Metod” yunoncha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, “bilish va tadqiqot yo’li”, “nazariya”, “ta’limot” kabi ma’nolarni bildiradi
D. A va C.