Boshlang'ich sinflarda ota-onalar bilan ishlash qoraqulova Muxabbat



Yüklə 13,66 Kb.
səhifə1/3
tarix12.09.2023
ölçüsü13,66 Kb.
#142851
  1   2   3
BOSHLANG ICH SI-WPS Office


BOSHLANG'ICH SINFLARDA OTA-ONALAR BILAN ISHLASH
Qoraqulova Muxabbat
Jizzax viloyati Forish tumani 10-maktabining boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi
Annotatsiya: Ushbu maqolada o'quvchilarni har tomonlama kamolga yetkazishda o'qituvchining pedagogik mahorati hamda usullari yoritilgan.
Kalit so’zlar: Ota-ona, tarbiyachi, yig‘ilish, tadbir, tashkilotchilik, mahalla, oila, maktab, jamoat tashkiloti, tarbiyachi, hamkorlik.
Ota-onalar sinf majlisini tashkil qilish metodikasi har bir o‘quv yilining boshida o‘tkaziladigan ota-onalarning sinf majlisini ilmiy, nazariy, ma’naviy va metodik jihatdan mazmunan tashkil qila bilish ota-onaning bunday majlislarni orziqib kutib doimiy qatnashuvchi bo‘lishiga zamin hozirlaydi. Bunda majlis o‘qituvchidan ko‘p bilim va mahorat talab etadi.
Dastlab undagi masalalar yuzasidan tayyorgarlikni bir oy oldin boshlash kerak. Bular:
- har bir oila a’zosi va shart-sharoiti haqidagi ma’lumotta ega bulish:
- oila va atrofdagi ijtimoiy munosabat muhitini yaxshi yoki yomonligini aniqlash;
- har bir o‘quvchi shaxsi haqida to‘liq ma’lumotga ega bulish;
- oilada bolani maktabga tayyorlash tartibi kabilar.
Birinchi majlisni o‘tkazishdan oldin o‘qituvchining tayyorgarligi:

  1. Majlis mavzusi va maqsadini aniqlash.

  2. Majlis o‘tadigan joyni jihozlash.

  3. Majlis o‘tkazish metodini tanlash; suhbat, tushuntirish.

  4. Maktab tarixi va kelajakdagi rejalari haqida qisqa ma’lumot tayyorlash.

  5. Ota-onalar jamoasi nizomini ko‘rgazma tariqasida tayyorlash (maktab rahbariyatining nizom haqidagi chiqishini hozirlash).

6. Sinf ota-onalar qo‘mitasini saylash.
Birinchi ota-onalar majlisi samarasi ko‘p jihatdan o‘qituvchining shaxsiga bog‘liqdir. Uning o‘zini tutishi, muomalasi, ishbilarmonligi, har bir o‘quvchi va oilasi haqida ma’lumotga ega bo‘lishi, ota-onalarga ijobiy taassurot qoldiradi.
Kuzatishlarimiz shuni kursatadiki, maktabdagi ota-onalar majlisini yuqori saviyada bo‘lmasligi ota-onalarni maktabdan sovitadi. Tayyorgarliksiz, bu sizni bolangiz yaxshi, sizniki yomon deyish yoki tabellarni berib qo‘l qo‘ydirishdir.
Ayniqsa «yomon» o‘qiydigan bolalarning ota-onalarini jamoa orasida obro‘sizlantirishga intilish holatlari, ota-onalarni maktabdan uzoqlashib ketishiga sabab bo‘ladi. Bunday majlislardan voz kechish kerak.
Mustaqil O‘zbekiston Respublikasining milliy istiqlol mafkurasini mustahkamlovchi yangicha munosabat maktab – ota-onalar yosh avlodning tarbiyasiga zarurdir.
Har bir ota-onalar majlisi ulkan maqsadga qaratilgan, turli shakllarda tashkil qilish, talabga muvofiqdir. Ya’ni:
«Pedagog maslahatiga amal qilamiz» mavzusidagi majlislar;
«Uchrashuvchi majlis», (olim, tibbiy xodim, sanat madaniyat arboblari);
bahs majlislari: ta’lim-tarbiyaga doir mummolar yuzasidan yoki pedagogik adabiyotlar yuzasidan; «Merosga ixlos» majlislari;
bola tarbiyasiga doir Qur’oni Karim, Hadis va mutafakkirlarning dono fikrlaridan foydalanish;
sinf ota-onalar majlisini o‘tkazish tartibi;
sinf o‘qituvchisi va ota-onalar qo‘mitasi a’zolarining oldingi majlislarida qabul qilingan qarorlarining bajarilishi haqida axborotlari eshitiladi.
Majlis maqsadiga ko‘ra mavzuning e’lon qilinishi (yuqorida ko‘rsatilgan majlis turiga ko‘ra uning mazmuni asoslab beriladi).
Ota-onalar fikr va mulohazalari eshitiladi. O‘quv-tarbiya ishlaridan savol va talablarni muhokama etiladi. Turli masalalar hal qilinadi. Sinf majlisi qarori chiqarilib, tasdiqlanadi. O‘qituvchi kelgusi majlis rejasi bilan tanishtiradi. Majlis o‘tkazish tartibi mavzuning o‘ziga xos xususiyatiga kura o‘zgarib boradi.

Yüklə 13,66 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin