Kuch transformatorlarini tanlash reja: Tranformatorlar va ularning turlari



Yüklə 420,85 Kb.
səhifə1/6
tarix02.05.2023
ölçüsü420,85 Kb.
#106386
  1   2   3   4   5   6
Kuch transformatorlarini tanlash


Kuch transformatorlarini tanlash
REJA:

1. Tranformatorlar va ularning turlari
2. Podstansiyalarda transformatorlarning soni va quvvatini tanlash. Transformatorlarning sonini tanlash

1. Tranformatorlar va ularning turlari
Transformator – o‘zgaruvchan tok kuchlanishini o‘zgartiradigan (bu jarayonda chastota f=const) static (aylanuvchi qismi bo‘lmagan) elektromagnit o‘zgartgichdir. Elektr stansiyalaridan iste’molchilarga elektr energiyani uzatishdagi energiya isroflari liniya simlaridan o‘tadigan tok kuchiga bog‘liq bo‘ladi. Elektr stansiyalaridagi sinxron generatorlar kuchlanishining kattaliklari(U≤24 kV) uzoq masofada joylashgan iste’molchilarga elektr energiyani tejamli uzatish uchun ancha kamlik qiladi. Elektr energiyaning ma’lum quvvatini (SUI) iste’molchiga uzatishda transformator yordamida kuchlanish U qanchaga oshirilsa, tok kuchi I shuncha marta kamayadi. Bunda: 1) liniya uchun ko‘ndalang kesim yuzasi nisbatan kichik bo‘lgan sim tanlanib, elektr uzatish liniyasini qurishda rangli metallar tejaladi; 2) liniyadagi quvvat isroflari (P'3I2rl) kamayishi tufayli iste’molchilarga yetkazib beriladigan aktiv quvvat oshadi.
Ayrim issiqlik elektr stansiya (IES)larida o‘rnatilgan kuch transformatorlari uzatilayotgan elektr energiyaning kuchlanishini 20 kV dan 500 kV ga, ya’ni 25 marta oshirib beradi. Natijada, liniya simlaridagi energiya isroflari transformatorsiz uzatilganiga nisbatan 252 = 625 marta kamayadi, ya’ni katta iqtisodiy samaraga erishiladi.
Har qaysi elektr stansiyasida kuchlanishni oshiruvchi katta quvvatli transformatorlar o‘rnatilgan bo‘ladi (1-rasm). Elektr uzatish liniyasi uzoq masofali va uzatilayotgan quvvat qancha katta bo‘lsa, texnik-iqtisodiy jihatdan asoslangan kuchlanish shuncha yuqori bo‘ladi. Masalan, 103 MVt quvvatni 1000 km masofaga uzatish uchun deyarli 500 kV kuchlanish zarur bo‘ladi.
O‘zgaruvchan tok iste’molchilarining ko‘pchiligi 220, 380 va 660 V kuchlanishlarda, nasos stansiyalarda o‘rnatilgan suv nasoslarini yuritadigan sinxron elektr motorlari 10 kV; metallurgiyada qo‘llaniladigan katta quvvatli faza rotorli asinxron elektr motorlari 6 kV, shu sohada ishlatiladigan yirik sinxron elektr motorlari esa 6 va 10 kV kuchlanishlarda; elektrlashtirilgan temir yo‘l transportida qo‘llaniladigan elektr motorlari 3,3 kV kuchlanishda ishlaydi. Shuning uchun elektr uzatish liniyasining yuqori kuchlanishi markaziy va mintaqaviy podstansiyalarda hamda elektr energiya iste’molchilariga yaqin joyda o‘rnatilgan kuch transformatorlari orqali ular uchun zarur bo‘lgan kuchlanish qiymatiga qadar pasaytiriladi. Shu xususda 6.1-rasmda, konstruksiyasi kuchlanish klassi 35 kV, quvvati esa 10006300 kVA ga mos keladigan pasaytiruvchi kuch transformatori ko‘rsatilgan.
Elektr stansiyasidan iste’molchilarga elektr energiyani uzatish jara yoni besh-olti bosqichda asosan ikki chulg‘amli katta quvvatli transformatorlar vositasida amalga oshiriladi. Shuning uchun kuch transformatorlarining soni hamda ularning quvvati elektr energiyani uzatish masofasiga qarab elektr stansiyalaridagi elektr generatorlarining soni va o‘rnatilgan quvvatiga nisbatan taxminan olti marta ko‘p bo‘ladi.
O‘zbekiston Respublikasida kuch transformatorlari hamda maxsus transformatorlarning ayrimlari asosan, Toshkent viloyatida faoliyat ko‘rsatayotgan Chirchiq transformatorsozlik zavodida, «ELUS(Elektr uskunalari)» va «OsiyoElektroEnergiya» ilmiy-ishlab chiqarish korxonalarida ishlab chiqarilmoqda. Toshkent shahrida kuch transformatorlarini ta’mirlaydigan korxonalardan “EnergoTa’mir” ixtisoslashtirilgan ta’mirlash-ishlab chiqarish va “Rotor” ta’mirlash korxonalari ham faoliyat ko‘rsatmoqda.




Yüklə 420,85 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin