Boshlang‘ich ta’lim fakulteti kurs ishi ona tili o‘qitish metodikasi mavzu



Yüklə 37,27 Kb.
səhifə1/9
tarix21.12.2023
ölçüsü37,27 Kb.
#188826
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Boshlang‘ich ta’lim fakulteti kurs ishi ona tili o‘qitish metodi

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Bajardi

Boshlang‘ich ta’lim fakulteti kurs ishi ona tili o‘qitish metodikasi mavzu

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


NIZOMIY NOMIDAGI TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
BOSHLANG‘ICH TA’LIM FAKULTETI
KURS ISHI


ONA TILI O‘QITISH METODIKASI
Mavzu. Alifbe darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish
“Boshlang‘ich ta’lim va sport-tarbiyaviy ish” ta’lim yo‘nalishi

301-guruh


Bajardi: Musurmonqulova N.

Tekshirdi: Masharipova U.
TOSHKENT-2020

Alifbe darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish
Reja
Kirish


  1. Savod o‘rgatish davrida o‘qitishning maqsad va vazifalari.


Asosiy qism:


  1. Didaktik o‘yinlar va ularning turlari


  2. Savod oʻrgatish davrining bosqichlari


  3. Alifbe darslarida didaktik o‘yinlardan foydalanish


Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar



KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligiga erishib, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning o‘ziga xos yo‘lini tanlashi va taraqqiy etib borishi ta’lim mazmunini va o‘qitish jarayonining zamonaviy didaktik ta’minotini ishlab chiqishni taqozo etmoqda.
Yosh avlodni savodxon qilib tarbiyalash mustaqillik uchun, siyosiy onglilik uchun, siyosiy madaniyat uchun kurash qurolidir. Mustaqillik tufayli O‘zbekiston Respublikamizda har bir kishining savodxon bo‘lishiga alohida e’tibor berilmoqda.
“Vatanizning kelajagi, xalqimizning ertagi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvalambor farzandlarimiznng unib-o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishiga bog‘liqdir.
Savod o‘rgatish darslarini samarali tashkil etish ham O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni asosida ”O‘qitishning ilg‘or shakllari va yangi pedagogik texnologiyalarni, ta’limning texnik va axborot vositalarini o‘quv jarayoniga joriy etish”1ga bog‘liq. Boshlang‘ich ta’limning davlat ta’lim standarti bo‘yicha “bolalarning mantiqiy tafakkur qila olish salohiyatini, aqliy rivojlanishini, dunyoqarashini, kommunikativ savodxonligini va o‘z-o‘zini anglash salohiyatini shakllantirishga, moddiy borliq go‘zalliklarini his eta olishga o‘rgatish, … tafakkur qilish faoliaytlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish” ko‘nikmalarni egallashlari uchun savod o‘rgatish darslarini ham o‘quvchilarning bor imkoniyatini ishga soluvchi ta’lim texnologiyalarini ishlab chiqish zarur.
Ma’lumki, savod o‘rgatish dasturi talabiga ko‘ra 1-sinf o‘quvchilari o‘zbek tili alifbosidagi tovushlar va harflarni, so‘zning bo‘g‘inga bo‘linishini, so‘zlarni bir satrdan ikkinchi satrga bo‘g‘inlab ko‘chirilishini, so‘zlarni ma’nosiga va so‘roqlariga ko‘ra farqlash hamda guruhlashni, so‘zni gapdan farqlash va gapning ayrim belgilarini, gap va matnni bir-biridan farqlashni, gapni nutq va matndan amaliy ajrata olishni, matnda gaplarning tartibini belgilay olish, matn nima haqida ekanini bilishlari zarur. Bu kabi ko‘nikmalarni shakllantirishda o‘quvchilarni dars jarayonida faollashtiradigan mashq turlaridan, ularni tashkil etish usullaridan, ilg‘or texnologiyalardan, didaktik o‘yinlardan o‘rinli foydalanish talab etiladi.

Yüklə 37,27 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin