Boshlang`ich ta`lim” yo`nalishi 209- guruh talabasi ro`zimova Dildora Zafar qizining



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə1/11
tarix13.09.2023
ölçüsü0,73 Mb.
#143112
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Ro\'zimova Dildora ATOM kurs ishi



O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKASI ОLIY TA`LIM FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
BOSHLANG`ICH TA`LIM” YO`NALISHI
209- GURUH TALABASI
Ro`zimova Dildora Zafar qizining
O`qish darslarida hikoya o`tish uslubiyati”
mavzusidagi




Ilmiy rahbar: Sultanova .D


Urganch - 2023

MUNDARIJA


KIRISH…………………………………………………………………..…3
I BOB. O`QISH DARSLARINING MAQSAD VA VAZIFALARI, TA`LIMIY-TARBIYAVIY AHAMIYATI................................................6
1.1. Kichik yoshdagi o`quvchilaming badiiy asarni idrok etishdagi psixologik xususiyatlari . ..................................................................... 6
1.2. Boshlang`ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilishning nazariy ahamiyati...............................................................................................11
1.3. Badiiy asar ustida ishlash.......................................................................16
II BOB.BADIIY ASARLARNI JANRIY XUSUSIYATLARIGA KO`RA O`RGANISH........................................................................22
2.1. Hikoyani o`qish metodikasi..................................................................22
2.2. Hikoya o`tish darsi namunasi...............................................................26
XULOSA ...................................................................................................32
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR..................................................34

KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Bolaning til tizimini egallash borasidagi barcha yutuqlarini muloqotni ta`minlovchi mazmunli, keng yoyilgan fikr sifatida qaraladigan ravon nutq о`z ichiga oladi. U mazmunliligi, mantiqliligi va izchilligi bilan ajralib turadi. Ravon nutq bola til boyligini qanchalik о`zlashtirganligining kо`rsatkichi hisoblanadi, u bolaning aqlan, estetik, emotsional jihatdan rivojlanish darajasini aks ettiradi.
Monologik nutqni rivojlantirish nazariyasi va metodikasining yanada rivojlanishi bolalar ravon nutq turlari va fikr bildirishning turli xillarini о`zlashtirish xususiyatlarining chuqur tadqiq etilishi bilan tavsiflanadi. Izohlovchi nutqlar, mulohaza shaklidagi jumlalarning xususiyatlari о`rganiladi va uning negizida bolalarga monologlarning turli xillarini о`rgatish metodikasi yaratiladi.F.A.Soxin, O.S.Ushakova va ularning shogirdlari tomonidan ravon nutqni shakllantirishninig turli jihatlari bо`yicha olib borilgan tadqiqotlar ravon nutqni baholashning shunchaki mantiqlilik, izchillikdan kо`ra yanada aniqroq mezonlarini qidirishni galdagi vazifalardan biri qilib qо`ydi. Ravonlikning asosiy kо`rsatkichi sifatida sо`zlar, gaplar va fikrlarning qismlari о`rtasida zarur aloqa vositalaridan foydalangan holda, matnni tarkibiy jihatdan tо`g`ri tuzish qobiliyatini shakllantirish qabul qilingan.Olimlar bolalarni о`qitishni ularning yuqori darajadagi aqliy va nutqiy rivojlanish darajasini ta`minlash, til qobiliyatlarini shakllantirish imkonini beradigan darajada optimal tashkil etish yо`llarini topish borasida faol ish olib bormoqdalar.

Yüklə 0,73 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin