Botanika mustaqil ishi 3 ESSE Gulli o`simliklarning xilma –xilligi manzarali o`simliklarni kelib chiqishi markazi. Annotatsiya: Gulli o‘simliklar vakillarining ko‘pchilik daraxt o‘simliklar, parenxima to‘qimalarida efir moylari ajratuvchi hujayralari borligi bilan xarakterlanadi. Gulli o‘simliklarni xilma-xilligi hozirgi kunda afsuski, ularning dorivor vakillari kamayib ketmoqda.Ularning tarqalishi areallarining qisqarib borayotganligi, tashqi muhitning keskin o‘zgarib borayotganligi ham bu bo‘lim vakillarining ba’zilarini yashash shoroitiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu guruh o‘simliklarining dorivorlik xususiyati bor vakillarini yetishtirish ishlarini ko‘rib chiqish kerak.
Kalit so‘zlar: Magnoliophyta, Angiospermae, magnoliatoifa, Liriodendron, Ranunculus, Ranunculus, sceleratus, Caryophyllaseae, Stellaria neglecta, Dianthus angrenicus, Argania sideroxylon. Annotation: Most of the representatives of flowering plants are characterized by the presence of cells that secrete essential oils in parenchyma tissues. the sudden change of the external environment also has a negative effect on the living conditions of some of the representatives of this section. Key words: Magnoliophyta, Angiospermae, magnoliatoifa, Liriodendron, Ranunculus, Ranunculus, sceleratus, Caryophyllaseae, Stellaria neglecta, Dianthus angrenicus, Argania sideroxylon.
ASOSIY QISM. Gulli o‘simliklar yoki yopiq urug‘li o‘simliklar, o‘simliklar dunyosining eng yosh va keng tarqalgan guruxi bo‘lib, hozirgi geologik davrining xukmron o‘simligi hisoblanadi. Ularning tuzilishi nihoyatda xilma-xilligi, turlarning ko‘pligi, kishilar va hayvonlar hayotida tutgan o‘rni bilan o‘simliklarning boshqa guruxlaridan keskin farq qiladi. Tarixiy manbalarga qaraganda yopiq urug‘li o‘simliklarning dastlabki vakillarimezazoy erasining yura davrlarida paydo bo‘la boshlagan. Keyinroq davrlariga kelibular yer yuziga keng tarqala boshlagan. Yopiq urug‘lilar guruxiga 200 000 dan ortiqroq tur kiradi. Bu ochiq urug‘lilardan 400 marta ko‘proq ekanligini ko‘rsatadi. Yalang‘och urug‘lilarning taxminan 500 turi ma’lum. Yopiq urug‘li o‘simliklarning vakillari odam uchun oziq-ovqat, xayvonlarga yem-xashak, sanoat uchun xom ashyomanbai bo‘ladi. Gulli oʻsimliklarning yer yuziga keng tarqalib koʻpayishiga asosiy sabablardan biri bu- ularning yashovchanligi va atrof muhitning noqulay sharoitlariga tez moslashib ketishi hamdir. Shu boisdan hozirda yer yuzini ochiq urugʻli oʻsimliklardan koʻra yopiq urugʻlilar yaʼni gulli oʻsimliklar egallamoqda. Quruqlikka yaxshi moslashish ham gulli oʻsimliklarga moslashishda ancha qoʻl keldi. Bundan tashqari gulli oʻsimliklarning urugʻlari meva ichida yopiq holda saqlanadi, bu esa urug‘ining pishib yetilgunicha atrof muhitdan himoyaga, pishibyetilliganda esa tarqalishiga ancha yordam beradi. Shu sabablar orqali gulli oʻsimliklar koʻlami borgan sari ortmoqda. Gulli oʻsimliklar (Magnoliophyta yoki Angiospermae), yopiq urugʻli oʻsimliklar, yopiq urugʻlilar — gul chiqaradigan yuksak oʻsimliklar guruxi. Urug‘chi organining mavjudligi va qoʻsh urugʻlanish Gulli o‘simliklarga xos xususiyatlardir. Gulli o‘simliklarning urugʻ kurtagi bir yoki bir nechta boʻrtgan meva barglaridan iborat berk tuguncha boʻshligʻida boʻladi. Urugʻlari meva ichida joylashgan (yopiq urugʻlilar degan nom shundan kelib chiqqan). Bunday oʻsimliklar ikki sinf (bir pallali oʻsimliklar va ikki pallali oʻsimliklar)ga boʻlinadi. Oʻz navbatida bular ham kenja sinflar, tartib, oilalar, turkumlar va ularning barcha oraliqkategoriyalari bilan turlarga boʻlinadi. Magnoliyatoifalar yoki gulli o‘simliklar boshqa yuksak o‘simliklardan vegetativ a’zolarining o‘ta murakkab tuzilganligi bilan ajralib turadi. Ildizlari o‘q ildiz, qo‘shimcha ildizlaridan shakllangan popuk ildiz sistemasi, havodan nafas oluvchi va tayanch ildizlari bo‘ladi. Ayrim hollarda ildizning tuganak bakteriyalari bilan birgalashib yashashi ham kuzatiladi (burchoqdoshlarda). Magnoliya gullilarning boshqa vakillaridan lola daraxti (Liriodendron)ni ko‘rsatish mumkin. Ayiqtovondoshlar oilasi – Ranunculaceae. Bu oila 45 turkum 2000 dan ortiq turni o‘z ichiga oladigan katta oila bo‘lib, ko‘pchilik vakillari bir va ko‘p yillik o‘tlardir. Ba‘zan buta va lianasimon butalar ham uchraydi. Ularning barglari navbatlashib joylashgan. Bu oilaga kiruvchi tipik vakillardan biri ayiqtovon (Ranunculus) avlodidir. Bu avlod 600 turga ega. Bular orasida o‘rta mintaqada eng ko‘p uchraydiganlaridan zaharli ayiqtovon (R.sceleratus), o‘rmalovchiayiqtovon (R.repens) o‘yuvchi ayiqtovon (R.acer) ni aytib o‘tish mumkin. Chinniguldoshlar oilasi – Caryophyllaseae. Bu oilaning 78 turkumi, 2000 ta turi bo‘lib ular yer sharining deyarli hamma qismida, ko‘proq Shimoliy yarim sharning o‘rta-mo‘tadil iqlim mintaqalarida tarqalgan. O‘zbekiston florasida 24 turkum 130 turi uchraydi. Oila vakillari bir yoki ko‘p yillik o‘t, ba’zan chalabuta. Barglari oddiy lantsetsimon yoki cho‘ziq poyaga qarama - qarshi joylashgan. Chinniguldoshlar oilasining xududimizda uchraydigan ayrim vakillari quyidagilar: Mensimas yulduzo‘t (Stellaria neglecta), Angren chinniguli (Dianthus angrenicus). Ugam chinniguli (D. ugamicus). Zurcha (Silene), Bex, etmak (Acanthophyllum) va boshqalar. Temirdaraxt (Argania sideroxylon) — yogʻochi qattiq va ogʻir bir necha tur daraxtlarning umumiy nomi. Koʻpchiligi tropik va subtropik mamlakatlarda o‘sadi. Parria persica turi Ozarbayjonda (Tolish), Shimoliy Erondagi daryolar yoqasida oʻsib, aralash oʻrmonlar hosil qiladi. Sekin oʻsadi. Boʻyi 10 yilda atigi 2—5 m ga yetadi. 200 yil yashaydi. Yogʻochi pishiq, ogʻir, qizgʻish; undan mashina va uskunalarning detallari ishlanadi. Bargida 5— 7% oshlovchi moddalar bor. Masalan, Dalachoydoshlar, dilleniyadoshlar ham shular jumlasidandir.