O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta'lim vazirligi



Yüklə 1,6 Mb.
səhifə1/15
tarix17.05.2023
ölçüsü1,6 Mb.
#115718
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
kurs ishi kognitiv


OZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI


TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA YO’NALISHI
20-4 (sirtqi) guruh talabasining
KOGNITIV BIOLOGIYA FANIDAN
Kurs ishi
Mavzu: Ta`lim va atrof-muhitdan tashqaridagi ijtimoiy bilish, madaniy evolyutsiya, atrof muhitning murakkabligi, nisha tuzilishi


Topshirdi: Yergasheva Elvira Odilbek qizi
Tekshirdi: Zokirov Doniyor O`tkirovich



Ta`lim va atrof-muhitdan tashqaridagi ijtimoiy bilish, madaniy evolyutsiya, atrof muhitning murakkabligi, nisha tuzilishi

KIRISH:

3

Kalit so`zlar: Ta`lim, Ijtimoiy bilish, Atrof-muhit,Monitoring, Madaniy Evolyutsiya, Nisha.







1.Bob. Ta`lim va atrof-muhitdan tashqaridagi ijtimoiy bilish.




1.1. Ta`lim va Ijtimoiy bilish.

5

1.2. Ijtimoiy bilishning ta`limdagi ahamiyati.

7

2.bob. Atrof muhit – tabiiy hodisa.




2.1. Atrof-muhit tabiiy jarayon.

9

2.2 Monitoringi haqida tushuncha.

11

2.3. Atrof - muhit monitoring.

12

2.4. Atrof – muhit monitoringi va uning turlari.

14

2.5. Tabiiy muhitni optimallashtirish - barqaror rivojlanish asosi.

20

3.Bob. Madaniy Evolyutsiya.




3.1 .Madaniy evolutsiyaning paydo bo`lishi.

24

3.2. Evolutsiyon tushuncha.

26

3.3. Nisha tuzulishi.

30

XULOSA

33

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

35

Ilovalar

36

Glossariy



45

KIRISH
Inson o’z hayoti davomida faqat tashqi dunyoni, ya’ni tabiat va jamiyatnigina bilib qolmasdan, balki o’zining ruhiy – ma’naviy dunyosini ham bilib boradi. Bilish – moddiy va ma’naviy borliqning inson miyasidagi muayyan maqsadga qaratilgan fa ol aks etishidir. Aniq fanlar dunyoni turli tomonlarini ularning qonuniyatlarini va xususiyatlarini o’rganadi va ochib beradi. Falsafa esa inson bilishining eng umumiy tomonlarini, qonuniyatlarini va xususiyatlarini o’rganadi va ochib beradi. Bu to’g’rida turli qarashlar mavjud. D.Yum bilishning manbai sub’yektiv sezgi va idroklarimiz biz o’z sezgi va idroklarimiz chegarasidan tashqarida nima borligini bila olmaymiz. I.Kant – ob’yektiv borliqni tan olib, u predmet va hodisalarni «narsalar o’zida»ga bo’ladi. «Narsalar biz uchun»ni inson biladi, bu insonni qurshab turgan hodisalar, narsalar. «Narsalar o’zida»ni inson bila olmaydi. Bu erkinlik, o’lmaslik, xudo va shu kabilar. Kant bilish nazariyasini birinchi bo’lib falsafiy muammo sifatida, har tomonlama qarab chiqqan faylasufdir. V .Gegelь (Hegelь) – inson bilishini mutloq ruhning inson qiyofasida o’z – o’zini anglashidir deydi. L.Feyyerbax – dunyo insondan va uning ongidan tashqarida mavjud, inson bilish tabiatning uning sezgilari va tafakkuridagi to’g’ri in’ikosdir deydi. Forobiy, Beruniy, Ibn Sino, Ulug’bek, Navoiy – inson tabiat va jamiyatni hamda o’zini bilishga qodir, inson bilishi sezgi va idroklardan boshlanib, tafakkurga tomon rivojlanib boradi. Inson aqli – faol, u bilishning asosiy qurolidir. Ular inson bilishi ma’lum narsalardan noma’lum narsalar tomon rivojlanib boradi deb ko’rsatadi. Ingliz F.Bekon ( XVII – XVIII asr) – inson bilishi sezgilardan boshlanadi, bilishning manbai tajribadir. Fr. Dekart – birdan – bir to’g’ri bilish – tafakkurdir. Fr. Didro, Gelьbax, Gelьvetsiy, Volьter, Lametri – sezgilar tafakkurning asosidir quyi bosqichidir. Tafakkur esa eng yuqori bosqichidir.
Bilishning mazmun va mohiyati, bilish darajalari.
«Gnoseologiya» - sof falsafiy kategoriya. Uning nomi yunoncha gnosis – bilim, ilm va logos – ta’limot, fan so‘zlaridan kelib chiqqan. So‘zma-so‘z ma’nosi - «bilish haqidagi ta’limot (fan)», «ong haqidagi ta’limot (fan)». Falsafiy adabiyotlarda, shu jumladan falsafiy qomuslar va lug‘atlarda «gnoseologiya» atamasi «bilish nazariyasi» deb tarjima qilingan. Shu bilan bir qatorda, ayni shu mazmunni ifodalash uchun falsafiy adabiyotlarda «epistemologiya» so‘zi ham qo‘llaniladi.
Shuni ta’kidlash lozimki, gnoseologiyaga tatbiqan bilish nazariyasi va epistemologiya nomlarining qo‘llanilishini o‘rinli deb bo‘lmaydi. Zotan, «episteme» so‘zi «pistis» - e’tiqod so‘zi bilan uzviy bog‘liq. Biroq, biz biladigan (gnosio) va biz ishonadigan (pistio), mavjudligiga e’tiroz bildirmaydigan narsalar – falsafiy va ilmiy bilimlarning hozirgi darajasida mazmunan har xil tushunchalardir. Shu bois G‘arbiy Yevropa falsafasida epistemologiyaning mazmuni ikki xil, ba’zan esa – uch xil talqin qilinadi.
Umuman olganda, hozirgi zamon falsafasida gnoseologiya bilish jarayonining umumiy, aniqroq aytganda – falsafiy mohiyati hamda umumiy muammolariga e’tiborni qaratadi. Epistemologiya esa, bizning muayyan narsalar haqidagi bilimlarimiz va (yoki) e’tiqodlarimizning ishonchlilik darajasini o‘rganadi.
Shaxsiy va ijtimoiy tajribada biz ongning mavjudligini aniq sezamiz, ongning o‘z-o‘ziga, boshqa odamlarga va umuman jamiyatga ta’siri natijalarini fiziologik darajada his qilamiz va ko‘ramiz. Biroq bu jarayonda ongning o‘zi ko‘rinmaydi. Moddiy dunyo hodisalaridan farqli o‘laroq, ongni kuzatish mumkin emas. U go‘yo vaqt va makon chegaralaridan tashqarida turadi. Gnoseologiyaning vazifasi bu ko‘rinmas ongni idrok etish, uning moddiy narsa va hodisalar dunyosi bilan o‘zaro aloqalarini aniqlash, uni o‘z muhokama va tadqiqot predmetiga aylantirishdan iborat.
Gnoseologiya inson bilimi va bilishga doir juda ko‘p muammolar bilan shug‘ullanadi.
U bizning bilimlarimiz qay darajada e’tiqod, qay darajada ko‘r-ko‘rona ishonch va qay darajada real borliqning haqiqiy in’ikosi ekanligini aniqlashga harakat qiladi. So‘nggi o‘n yilliklarda gnoseologiyada bilimlar o‘rtasidagi farq, «nimani bilaman», «qanday bilaman», «shaxsiy tajribamdan bilaman», «dalilga ko‘ra bilaman» kabi iboralar mazmunining o‘zaro nisbati masalalari muhokama qilinmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, gnoseologiya borliqni to‘liq qamrab olib, unda biron-bir tafsilotni nazardan qochirmaslikka harakat qiladi. Demak gnoseologiya falsafaning eng muhim omilidir.
Bilimga chanqoq bo‘lgan, bilishga harakat qilayotgan odam optimist: «Men buning nimaligini bilmayman, biroq bilishga umid qilaman», deydi. Agnostik esa, «Men buning nimaligini bilmayman va hech qachon bila olmayman», deb ta’kidlaydi. Yuzaki skeptitsizm, ko‘r-ko‘rona fanatizm kabi, dunyoqarashi tor odamlarda ko‘p uchraydi. F.Laroshfuko ta’biri bilan aytganda, kaltabin odamlar odatda o‘z dunyoqarashi doirasidan chetga chiqadigan hamma narsani qoralaydi. Biroq oqilona darajadagi skeptitsizm foydali va hatto zarur. Bilish usuli sifatida skeptitsizm shubha shaklida amal qiladi, bu esa haqiqatning tagiga etish sari tashlangan qadamdir. Shubha eskirgan, qotib qolgan aqidalarning tagiga suv quyadi ularga putur yetkazadi. U – rivojlanayotgan fanning muhim unsuri. Bilimsizlik qayd etadi va inkor qiladi, bilim – shubhalanadi.
Biroq bu uch yo‘nalishni farqlash, bizningcha, masalani soddalashtirishdan boshqa narsa emas. To‘g‘ri, agnostiklar dunyoni bilish mumkinligini inkor etadilar, ammo bu ko‘r-ko‘rona, hech narsaga asoslanmagan inkor etish emas. Ular ko‘rsatayotgan ko‘pgina savollarga chindan ham hali javob topilmagan. Agnostitsizmga olib keluvchi asosiy muammo shundan iboratki, narsa yoki hodisani bilish jarayonida bu narsa yoki hodisa albatta bizning tafakkur va sezgi a’zolarimizda aks etadi.


Yüklə 1,6 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin