Maktabgacha yoshdagi bolalar mehnat faoliyatining xususiyatlari
TERMIZ DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI SIRTQI MAKTABGACHA TA’LIM YO’NALISHI 2-KURS 2104-GURUH TALABASI BOYMETOVA GULZODANING TA’LIMDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI.
Bog‘cha yoshidagi bolada mehnat ko‘nikmalarining shakllanishi Bolalarning mehnat faoliyatlarini o‘zida qampagan mashg‘ulotlar asosan bog‘cha yoshidagi davrdan boshlanadi. Bu yoshda bolalarning mehnatlari juda sodda va elementar bo‘lsa ham ularning psixik taraqqiyotlarida juda katta ahamiyatga egadir.
Bog‘cha yoshidagi bolalar bilan o‘tkaziladigan cifatlar natijasida bolalarda mehnatga nisbatan ijobiy munosabat, mehnat qilish ishtiyoqi tug‘iladi. Kattalarning mehnat faoliyatlariga taqlid qilish dastavval bolalarning o‘yinlarida namoyon bo‘ladi. Bolalar kattalarning mehnat faoliyatlarini o‘zlarining o‘yinlarida taqlidan takrorlash bilan cheklanib qolmay, balki kattalar mehnatida bevosita qatnashish uchun xapakat qila boshladilar. Masalan.: qiz bolalar onalari kir yuvayotganda ayrim kichikroq narsalarni (dastrumolchalarni) chayishda qatnashadilar.
Uy va xovlilarni yig‘ishtirib supurishga, o‘g‘il bolalar esa otasi bajarayotgan ishda qatnashishga intila boshlaydilar. Bu yoshdagi bolalarni mehnatining natijasiga qarab emas, balki mehnat jarayonining o‘ziga qiziqishi psixologik jihatdan xarakterlidir.
Lekin bunda bolalarni mexnatga jalb qilmaslik kerak, bolalarning bajaradigan ishlarini kattalarning o‘zlari bir pasda qilib qo‘yishlari mumkin degan ma’no kelib chiqadi. Sharq xalqida bir maqol bor: “Bolaga ish buyur, ketidan o‘zing yugur”. Bu juda to‘g‘ri, hayotiy gap. Bolalarga biron yumush buyurilganda, uni qanday bajarayotganliklaridan ko‘z-quloq bo‘lib turish kerak, degan ma’noni bildiradi.
Bog‘cha yoshidagi bolalarning ishiga baho berib borish ularda mehnatga nisbatan ijobiy munosabatni tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Bolalar kuchlari yetadigan ishlarni bajarayotganlarida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishlari turgan gap.