Bugungi kunda jahon iqti­sodiyotida inqiroz jara­yonlari chuqurlashib, dunyo



Yüklə 22,8 Kb.
səhifə1/2
tarix27.04.2023
ölçüsü22,8 Kb.
#103265
  1   2
Bugungi kunda jahon iqti


Bugungi kunda jahon iqti­sodiyotida inqiroz jara­yonlari chuqurlashib, dunyo
miqyosida xarid talabi pasayib bormoqda va shun­ga muvofiq tarzda xom­ashyo, materiallar, ayniqsa, tayyor mahsulotlar boʻyicha raqobat yildan-yilga kuchayib
bormoqda. Koʻplab rivojlangan va yetakchi mamlakatlar tajribasi shuni koʻrsatmoqdaki,
ra­qobatdoshlikka erishish va dunyo bozorlariga chiqish, birinchi navbatda, iqtisodiyotni izchil isloh etish, tarkibiy jihatdan oʻzgartirish va diversifikatsiya qilishni
chuqurlash­tirish, yuqori texnologiyalarga asos­langan yangi korxona va ishlab
chiqa­rish tarmoqlari rivojlanishini taʼminlash, faoliyat koʻrsatayotgan quvvatlarni modernizatsiya­lash va texnik yangilash jarayonlarini tezlashtirish talab etilmoqda.
Kalit so’zlar: Milliy iqtisodiyot, sanoat ishlab chiqarish korxonalari, raqobatbardoshlik indeksi ko‘rsatkichlari, tadbirkorlik qobiliyati, korxona personali, kommunikatsiya samaradorligi.
Jahon hamjamiyatiga integratsiyalashayotgan Oʻzbekiston Respublikasi uchun
ham iqtisodiy rivojlanishning usutuvor yoʻnalishlarini aniqlab olish kabi muhim masalalar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida” PF-4947-sonli Farmonida belgilab berildi. Qayd etish kerakki, mazkur meʼyoriy-huquqiy
hujjatda Oʻzbekiston Respublikasini taraqqiy ettirishning bir qancha yoʻnalishlari bilan
bir qatorda “Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yoʻnalishlari” boʻlinmasida tarkibiy oʻzgartirishlami chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini, xususan, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalalariga qaratilgan mulohazalar
keltirib 0ʼtildi. Bundan tashqari, mamlakat miqyosida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishga doir bir qancha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqildi. Dastlabki yoʻnalish Oʻzbekistonda sanoat ishlab chiqarishining muayyan bir tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan meʼyoriy-huquqiy hujjatlardir.
Qayd etish kerakki, mazkur me’yoriy-huquqiy hujjatda O‘zbekiston
Respublikasini taraqqiy ettirishning bir qancha yo‘nalishlari bilan bir qatorda
“Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari” bo‘linmasida
tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini, xususan, sanoat ishlab chiqarishini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish masalalariga qaratilgan mulohazalar keltirib o‘tildi.
Bundan tashqari, mamlakat miqyosida sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirishga doir bir qancha me’yoriy-huquqiy hujjatlar ham ishlab chiqildi. Dastlabki yo‘nalish O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishining muayyan bir tarmoqlarini rivojlantirishga qaratilgan me’yoriy-huquqiy hujjatlardir. Mamlakatimizda sanoat ishlab chiqarishini rivojlantirish, yangi industrial tarmoqlarni shakllantirish, sanoat korxonalarini modernizatsiya qilish va ularni qayta jihozlash, mahsulotlar eksportini oshirish bilan
bog‘liq ishlar bevosita investitsion jarayon bilan bog‘liq. Shunday ekan, sanoat ishlab
chiqarishini taraqqiy ettirishga doir qabul qilingan me’yoriy aktlar bevosita investitsiya faoliyatini yuritishga oid tashkiliy-huquqiy hujjatlar bilan uzviy bog‘liq ravishda ishlab chiqilishi va bir-birini to‘ldirishi tabiiy. O‘zbekiston Respublikasida ham investitsiya faoliyatiga oid ko‘plab me’yoriy – huquqiy hujjatlar ishlab chiqilgan bo‘lib, ularning
eng asosiysi bu “Investitsiya faoliyati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni hisoblanadi

Mamlakatimiz sanoat korxonalarida innovatsion boshqaruv samaradorligini oshirishda korxonaning strategik rivojlanish maqsadlarida innovatsion faoliyatga oid


rivojlanish yo‘nalishlarini shakllantirish, innovatsiyalarni amaliyotga tabiq etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadga muvofiq. Bunda innovatsion boshqaruv maqsadlari daraxtini shakllantirishda yuqorida taklif etilgan usuldan foydalanish yuqori samaradorlikka erishish bilan bir qatorda, korxonaning innovatsion rivojlanishining barqarorligini ta’minlash uchun zamin yaratadi
Sanoat korxonalarida mahsulot ishlab chiqarish, korxonaning innovatsion
boshqaruvi samaradorligi ko‘rsatkichlari ta’sirida o‘zgarishi mumkin bo‘ladi. Ya’ni
sanoat korxonasida innovatsion boshqaruv to‘g‘ri tashkil etilgan bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarish jarayonlari texnik va yexnologik jihatdan zamon talablariga qanchalik mos bo‘lgani sari ishlab chiqarish hajmi shunchalik yuqori sur’atda ortadi.
Asosiy e’tiborni mamlakatimizda sanoat korxonalarining innovatsion boshqaruvi
mexanizmini rivojlantirishni rag‘batlantirishga qaratilgan davlat dasturlarini ishlab chiqishga qaratish maqsadga muvofiq. Bunda hududiy tamoyil asosida sanoat
korxonalarini innovatsion rivojlantirish yo‘liga o‘tkazish zarur. Shuningdek, viloyatlar kesimida ishlab chiqarilayotgan sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonlarini innovatsion rivojlanish yo‘liga o‘tkazish, ularni global darajadagi raqobatbardoshlik
indeksi ko‘rsatkichlarini muntazam ravishda takomillashtirish imkoniyati vujudga keladi.
Sanoat korxonalarining innovatsion faoliyati, ularning rivojlanishidagi mavjud muammolarini monitoring qilish hududiy innovatsion sanoat markazlari tomonidan amalga oshiriladi. Shuningdek, sanoat korxonalarining uzoq muddatli davr uchun mo‘ljallangan innovatsion rivojlanish dasturlari va ularni amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlari hududiy sanoat korxonalarini rivojlantirish markazlari tomonidan
o‘rganilib, ularni moliyalashtirish va tegishli imtiyozlardan foydalanish bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatiladi.
Korxonaning innovatsion boshqaruvi samaradorligiga doimiy ravishda ichki va tashqi omillar o‘z ta’sirini ko‘rsatib turadi. Zamonaviy iqtisodiy munosabatlar tizimida ichki omillar qatoriga tadbirkorlik qobiliyati, korxona personali, kommunikatsiya samaradorligi, korxonaning tashkiliy tuzilishi, innovatsion faoliyatning bozorga yo‘naltirilganligi va innovatsiyalar uchun resurslarning yetarlilik darajasi kabi omillar
kiradi. Korxonaning innovatsion boshqaruvi samaradorligiga ta’sir ko‘rsatuvchi tashqi omillarga esa mamlakatda maslahat va konsalting xizmatlari, moliyaviy yordam, innovatsion faoliyatni rag‘batlantirish va qonunchilik kabi omillar inobatga olinishi zarur.


Yüklə 22,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin