Umumta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositalaridan foydalanishning samaradorligi annotatsiya



Yüklə 187,01 Kb.
səhifə1/3
tarix06.06.2023
ölçüsü187,01 Kb.
#125818
  1   2   3
FIZIKA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI (2)


UMUMTA’LIM MAKTABLARIDA FIZIKA FANINI O‘QITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VOSITALARIDAN FOYDALANISHNING SAMARADORLIGI


ANNOTATSIYA
Ushbu ishda umumta’lim maktablarida fizika fanini o‘qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanishning samaradorliklari haqida ma’lumot berilgan. Asosiy e’tibor mutaxassislarning kengroq dunyoqarashi va chuqur bilimli bo‘lishi uchun zarur omillarga qaratilgan.
Kalit so‘zlar: AKT, texnik vositalar, virtual laboratoriya, model, modellashtirish, dasturiy ta’minot, dasturlar.
O‘zbekistonning iqtisodiy rivojlanishi va qudratini oshirish uchun bevosita ilm-fan taraqqiyoti muhim omillardan biridir. Texnikaning yangi namunalarini yaratishda, albatta, muammoni o‘rganish va mavjud masalaning yechimiga yangicha yondashuvini talab qiladi.
Kun sayin hayotimizning har bir sohasiga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) joriy etilib, kasbiy faoliyatimiz samaradorligini oshirmoqda. Bugungi kundalik hayotimizni nafaqat televizor, radio, balki mobil telefonlari, kompyuter, planshet kabi zamonaviy qurilmalarsiz o‘tkaza olmay qoldik, ulardan foydalanib, turmushimiz mazmunini boyitamiz, ish va ta’lim olishdagi vazifalarimizni yengillashtiramiz. Hozirgi davrda barcha boshqa sohalar qatorida ta’lim tizimida ham turli fanlarni o‘qitishda AKT imkoniyatlarini joriy etish dolzarb masala hisoblanadi. AKT nafaqat o‘quvchilarda bilim va malakalarini shakllantirishga, balki ularning shaxsiy xususiyatlarini rivojlantirish, bilishga oid qiziqishlarini oshirishga ham xizmat qiladi. Keyingi davrlarda ko‘plab psixologik va ilg‘or pedagogik sohalarda chop etilayotgan maqolalarda, AKT o‘quvchilarning bilimi, ijodiy tafakkurini rivojlantirishi haqidagi fikrlar ta’kidlanayotganining guvohi bo‘lmoqdamiz. AKT imkoniyatlaridan foydalanish ta’lim jara­yonida beriladigan axborotlar doirasini boyitish va o‘quvchilar tomonidan qiziqish bilan o‘zlashtirilishiga yordam beradi. Ta’lim jarayoniga AKTning joriy etilishi bilan zamonaviy axborot muhitiga xos bo‘lgan ta’limga yangicha yondashuv shakllana boshladi[1].
Bugungi kunda raqamli ta’lim resurslaridan keng foydalangan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) fizika fanini o‘qitishda zamonaviy metodlarining ajralmas qismi hisoblanadi. Zamonaviy ta’lim jarayonining sifati bevosita texnologiya va o‘qitish uslublarini takomillashtirish bilan bog‘liq bo‘lib, bu o‘z navbatida o‘qituvchilarning AKT vositalari majmuasidan foydalanishiga bog‘liq[2].
Ma’lumki, umumta’lim maktablarda fizika fani o‘z ichiga “Mexanika”, “Elektrodinamika va magnetizm”, “Molekulyar fizika”, “Optika”, “Atom va yadro fizikasi” kabi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi. Ularni o‘rganish va tushunish uchun tasavvur tafakkurini tahlil qilish va taqqoslash qobiliyati talab qilinadi.
Ayrim o‘quvchilar esa ushbu bo‘limlarda tasvirlangan hodisalar, jarayonlarni chuqur tushunish uchun zarur bo‘lgan fikrlash qobiliyatiga ega bo‘lmasliklari mumkin. Bunday vaziyatlarda zamonaviy texnik o‘quv qurollari va birinchi navbatda shaxsiy kompyuter yordamga keladi. Zamonaviy AKT vositalari yordamida tasavvur qilinishi qiyin bo‘lgan tajribalarning, hodisalarning modelini yaratish, balki jarayonning shartlarini o‘zgartirish, assimilyatsiya qilish uchun optimal tezlik bilan “aylantirish” imkonini beradi.
Darsda dasturiy mahsulotlardan foydalanish o‘quvchilarga real dunyoda sodir bo‘layotgan jarayonlar va hodisalarni iloji boricha aniqroq o‘rganish imkonini beradi. Bu qo‘shimcha ravishda kognitiv faollikni faollashtiradi va o‘quvchilarning yangi bilimlarga bo‘lgan qiziqishini oshiradi[3].
Fanni o‘qitishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish quyidagi imkoniyatlarni yaratadi:

  • materialni tasviriy, vizual tushuntirish;

  • o‘qituvchi-maslahatchi yordamida mustaqil ishlash;

  • diagnostika va nazorat materiallaridan foydalanish;

  • uyda mustaqil va ijodiy vazifalarni bajarish;

  • hisoblashlash ishlarini aniqlikda olish;

  • tajriba va laboratoriya ishlarida simulyatsiya dasturlaridan foydalanish;

  • o‘yin va ko‘ngilochar dasturlardan foydalanish;

  • axborot izlash tizimlaridan foydalanish;

  • o‘quvchilarda loyiha tuzish faoliyatini tashkil etish;

  • masofaviy ta’lim.

Fizika bo‘yicha mavzularni tushuntirishda PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotlardan foydalanib, mavzuni tushunish darajasini bilib olish maqsadida maxsus dasturiy vositalar yordamida amalga oshirishi mumkin. Masalalar yechish va tajribalarning o‘tkazilishi, natijalarni tezkorlik bilan hisoblash va grafik tarzda ifodalashda kompter texnikasidan foydalanish zarur. Bu ishlar insonlar tomondan bajarishi mumkin, lekin xatolik belgilangan chegarada bo‘lishiga kafolat berilmaydi. Xatolikning miqdori ortishi, qiymati bir xilda saqlanishini faqatgina kompyuterda ishlatilayotgan modelda bexatar va osongina namoyon qilish iloji bor. Boshqa tomondan tajribani o‘tkazishda Yer elektromagnit maydoni, aylanish yo‘nalishi, harorat kabi qo‘shimcha omillarning ta’sirini hisobga olmasak ham bo‘ladi. Olingan natijani to‘g‘ri hisoblash va tahlil qilishda yuqorida keltirilgan omillar(o‘lchash xatoligi, elektrognit maydon ta’siri, tashqi muhit harorati, qo‘shimcha kuchlar)ni hisobga olish hisoblash jarayonini ancha murakkablashtiradi. Shuning uchun bunday murakkabliklarni osonlashtirishda AKT vositalari, ayniqsa, dasturiy ta’minot va kompyuterlardan dars jarayonida kengroq foydalanish qulaydir.


Yüklə 187,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin