Buyuk allomalarimiz va mutaffakirlarimizning ustoz, murabbiy va o`qituvchilik kasbi haqidagi fikrlarini ifodalang.
Buyuk allomalarimiz va mutaffakirlarimizning ustoz, murabbiy va o`qituvchilik kasbi haqidagi fikrlarini ifodalang. O`tmishdagi buyuk mutafakkirlarning dono fikrlari, o`gitlari, tafakkur mevalari, ijodiy yutuqlarini o`rganish xalqimizning ma’naviy dunyosini kengaytirish bilan bir qatorda, yosh avlodning barkamol inson bo`lib yetishishida muhim vositalardan biri sanaladi. Shu nuqtayi nazardan qaraganda, Sharq murafakkirlaridan biri, o`zbek adabiyotining zabardast siymosi, komil inson kuylovchisi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy merosini o`rganish, undan ta’lim-tarbiya jarayonida foydalanish har bir pedagogning vazifasi hisoblanadi. Buyuk alloma, shoir Alisher Navoiy umuminsoniy tarbiya sohasida bir butun asar yaratmagan bo`lsa ham, o`zining bu haqidagi fikrlarini deyarli barcha ilmiy va adabiy asarlarida ifodalagan. Alisher Navoiyning ilm-ma’rifat, ta’lim-tarbiya masalalaridagi fikrlarida insonparvarlik g`oyalari bosh o`rinda turadi. Uning fikricha, inson dunyoda hammadan yuksak, aziz va qadrlidir. Alisher Navoiyning barcha asarlari yoshlar tarbiyasi uchun muhim xazina hisoblanadi. U o`z asarlarida har bir so`zdan unumli va o`rinli foydalana olgan. Har bir hikmati biz uchun ibratlidir. Alisher Navoiyning hayoti va merosi yoshlarda umuminsoniy fazilatlarni tarbiyalashda bizga har tomonlama namuna bo`ladi. Ulug` shoir o`zining ta’lim-tarbiyaga oid fikr-mulohazalari bilan barkamol avlod tarbiyasiga katta hissa qo`shdi, umuminsoniy fazilatlar to`g`risidagi fikrlari hozirgi davrimiz uchun ham muhimdir. Har bir o`qituvchi-pedagog faoliyat yuritar ekan, berayotgan ta’lim-tarbiyasining yanada samarali bo`lishi uchun o`z ustida muttasil ishlashi, bilimini, mahoratini o`stirishi, o`quvchilar bilan bo`ladigan munosabatlarni puxta o`ylab, ularning ko`ngliga ozor yetkazmasdan ish olib borishi lozim. Muomala madaniyati, o`zini tuta bilishini nazorat qilishi kerak. Har bir tarbiyachining dunyoqarashi uning muomalasida namoyon bo`ladi. Muomalaning asosiy vositasi – tildir. Xalqimizda shunday naql bor “Bola – shirin so`zning gadosi”. Shunday ekan, tarbiyachi muomala jarayonida juda ehtiyotkor bo`lishi maqsadga muvofiqdir. Alisher Navoiy muomala qiluvchi shaxsning mahorati haqida shunday deydi: “Shirin so`z ko`ngillar uchun bamisoli asaldir”.
logik, estetik, jismoniy, axloqiy jihatlarini namuna holatda namoyon etishi muhim. O`qituvchi o`zining pedagogik faoliyatida to`g`riso`z bo`lishi, ishlarni adolat bilan olib borishi kerak. Bu xislat tarbiyachi bilan o`quvchi o`rtasida yaqinlikni oshiradi, chunki adolat insonlar xulqini baholovchi muhim mezondir. Hazrat Alisher Navoiy aytganidek: “Loaqal bir harf o`rgatgan ustozning haqqini yuz ming ganj-u xazina bilan ham uzib bo`lmaydi”. Biz ulardan umrbod qarzdormiz. Alisher Navoiy yoshlarga chuqur bilim berish uchun muallimlar, mudarrislar va ustoz-murabbiylarning o`zlari ham bilimli va tarbiyali bo`lishi zarurligini uqtiradi. U nodon mutassib johil domlalarni tanqid etadi va o`qituvchi ma’lumotli, o`qitish yo`llarini biladigan muallim bo`lishi zarur, deydi. Masalan, “Mahbub ul-qulub” asarida maktabdorlar haqida fikr yuritar ekan, ularni o`ta qattiqqo`l, jo-hil va ta’magirliklarini qoralaydi. Darhaqiqat, johil muallimlar gunohsiz yosh bolalarga jafo qiluvchidir. U yosh bolalarni azoblashga, kaltaklashga o`rgangan, g`azabli, qoshi chimirilgan, gunohsizlar bilan achchiqlanishga odatlangan. Ularning ko`pchiligida ko`ngil qattiqligi va ta’b xastaligi oshkor. Buning ustiga ular aql kamligiga ham giriftor. Ular qiynash yo`li bilan bolalar ko`nglini o`zlariga rom qilmoqchi va kichkintoylarning beqaror tabiatini do`q-po`pisa bilan tartibga solmoqchi bo`ladilar. Ulardagi ko`rinib turgan qo`pollik, yosh bolalardagi kelishmagan xattiharakatni silliqlashga yirik egovdir. Ular ishi odam qo`lidan kelmas, odam emas, balki dev qila olmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qiladi. Lekin ustoz bolaga ilm va odob o`rgatadi. Darhaqiqat, mu-allim bu kabi hollarda yuzlab mashaqqat chekadi. Shu jihatdan olganda bolalarda uning haqi ko`p, agar shogird ulg`aygach podshohlik martabasiga erishsa ham o`z muallimiga qulluq qilsa arziydi. Ayni o`rinda o`qituvchi mehnatining mashaqqatli ekanligini ta’kidlab o`tadi: “Uning ishi odam qo`lidan kelmas, odam emas, balki dev ham qila bilmas. Bir kuchli kishi bir yosh bolani saqlashga ojizlik qilardi, u esa bir to`da bolaga ilm va adab o`rgatadi, ko`rkim bunga nima yetsin. Shunisi ham borki, u to`dada fahm-farosati ozlar bo`ladi, unday kishiga yuzlarcha mashaqqat kelsa qanday bo`ladi. Har qanday bo`lsa ham, yosh bolalarga uning haqqi ko`pdir. Alisher Navoiy inson tafakkuri, aqli, bilimini va ilmiy bilimlarini yuksak qadrlagan. U “Bilim va donishmandlik insonning bezagidir”, deb yozadi. A. Navoiy farzand tarbiyasiga va uni shaxs sifatida shakllantirishga katta ahamiyat berib, tarbiyalanuvchini “hayot chirog‘i” deb ta’riflaydi. Farzand oilaga baxt va saodat keltiruvchi ziyodir. Uning fikricha, shaxsga kichik yoshligidanoq bilim, ma’lumot va tarbiya berishlikni ko‘rsatib, o‘g‘il-qizlarni 6 yoshdan tarbiyachiga, muallimga berish lozim, deb hisoblaydi. Shuningdek, Navoiy hayotda o‘z ilmiga amal qilish, o‘rganganlarini hayotga tadbiq etish masalasiga alohida e’tibor beradi. Masalan, u “Mahbub ul-qulub” asarida ilm o‘qib uni ishlatmagan kishi, shudgor qilib dehqonchilik qilmagan yoki urug‘ sochib hosildan bahra olmaganga o‘xshaydi, deydi.