By M. Quvondiqova Reja



Yüklə 1,08 Mb.
səhifə1/4
tarix11.05.2023
ölçüsü1,08 Mb.
#110981
  1   2   3   4
10-dars

Boshlang’ich sinf o’quvchilarining matematika darslarida yosh xususiyatlariga mos tarixiy ma’lumotlar.

By M.Quvondiqova

Reja:


Matematikadan boshlang‘ich sinflar uchun tarixiy ma’lumotlarning ahamiyati
1
Sharq allomalari va ularning matematika faniga qo’shgan hissalari
2
“Kim ilm yo‘lini tutsa, Alloh uni jannat yo‘liga yo‘llab qo‘yadi. Albatta farishtalar ilm talabidagi kishiga rozi bo‘lgan hollarida qanotlarini yozib turadilar”.
(Hadis)
KUN HIKMATI
 980-yilning 18-iyunida Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʻida tugʻilgan va 1037-yilning 16-avgustida Hamadonda vafot etgan. Gʻarbda Avitsenna (ingl. Avicenna) nomi bilan mashhur.
Abu Ali ibn Sino merosining matematika faniga “Hujjat al-haqq” (“rostlikka dalil”) sari orqali hissa qo’shgan bo’lib,bungi kunda ham mutaxassislar tomonidan foydalanib kelinadi. Shu asnoda Sharq va XI asrdagi G‘arb matematikasi an’analari bilan birmuncha tanishamiz. Bu borada, avvalo, ikkita muhim holatga, ya’ni uning matematikadan talabchanlik bilan saboq olgani va u voyaga yetgan davrdagi ilmiy muhit hamda asarlarini yozgan vaqtdagi matematika fanining ahvoliga e’tibor qaratish kerak. Matematikadan dars olishi
Allomaning ilm olishi va matematikaga oid faoliyati shogirdi Abu Ubayd Juzjoniyga so‘zlab bergan xotiralari hamda Juzjoniyning ustozi hayoti haqida yozganlari orqali avlodlarga yetib kelgan. Ushbu manbalardan Ibn Sino asarlaridagi falsafiy matematikaga doir qimmatli ma’lumotlar o‘rin olgan.
O‘zining aytishiga qaraganda, Ibn Sino o‘n yoshida Qur’oni Karimni yod olganidan so‘ng matematika bilan shug‘ullana boshlagan. Uning bu fanga qiziqib qolishining sababi otasi bilan akasining geometriya va hind hisobi yuzasidan bahslashganiga guvoh bo‘lgani edi. Keyin madrasada matematikani an’anaviy uslubda, hisob bo‘yicha tayanch manba sanalgan “kittab”ni o‘rganish bilan davom ettirgan. Uning xotirlashicha, hisob va algebradan boshlang‘ich bilimni sabzavotlar savdosi bilan shug‘ullanuvchi Mahmud al-Massah bilan birga olgan.
U dastlabki ustozi hakim va faylasuf sifatida mashhur bo‘lgan Abu Abdulloh Notiliydan mantiq, geometriya va astronomiyani o‘rgangan. Yevklid “Negizlar”ining bir necha muhokamasini ustozi qoshida o‘zlashtirgan. O‘zi e’tirof etganidek, asarning qolgan qismidagi barcha murakkab masalalarni o‘zi yechgan. Hatto “Negizlar”ni qayta ishlab, unga sharh yozgan va to‘ldirishlar kiritgan, geometrik o‘lchamlarga arifmetik terminologiya qo‘llagan, “son” tushunchasi doirasini “natural son”dan ancha kengaytirgan.
U Ptolemey “Almagest”ini Notiliy tavsiyasi bilan mustaqil o‘qigan. Uning yozishicha, ustozi uni “O‘qi, mashaqqatlarni yeng, keyin rost va yolg‘onni ajratishingga yordam berishim uchun nima o‘rganganingni menga gapirib ber”, deya yo‘lga solib turgan.
Ibn Sino tibbiyot va falsafadan saboq olishni matematikadan tayanch bilimni olib bo‘lganidan so‘ng 14-15 yoshlarida boshlagan. O‘n olti va o‘n sakkiz yoshlar orasida u mantiq, fizika va matematika bilan shug‘ullangan, o‘zining ta’biri bilan aytganda, “usta” bo‘lgan.
Ibn Sinoga o‘z davrining taniqli matematik olimlaridan birortasi saboq berganmi, yo‘qmi, aniq emas. Lekin o‘sha kezlarda Buxoroda Appoloniyning arab tiliga o‘girilgan “Konus kesimlar”i hamda Arximedning “Doirani o‘lchash kitobi” va “Silindr doirasi kitobi” mavjud bo‘lgan. Olimning algebra bilan tanishish haqidagi xotiralari “Ratsional ilmlar qismlari haqida”gi risolasi hamda “Shifo” kitobidan o‘rin olgan, algebraga oid atamalardan haddan tashqari ko‘p va o‘rinli foydalanishi bu soha asoslaridan bolaligidanoq yaxshigina xabardor bo‘lgan deyishga asos bo‘ladi.

Yüklə 1,08 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin