Byudjet hisobi va gaznachilik



Yüklə 63,33 Kb.
səhifə1/15
tarix24.12.2023
ölçüsü63,33 Kb.
#190873
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Byudjet hisobi va gaznachilik-fayllar.org


Byudjet hisobi va gaznachilik

Toshkent miliya instituti
Byudjet hisobi va gaznachilik” fakulteti
MMT-93/2 guruh talabasi Qoraxonov Mansurning Makroiqtisodiyot fanidan orali nazorat ishi


15 VARIANT
1. Ishsizlikning tabiiy darajasi, ish bilan toʻliq bandlilik tushunchalariga tavsif bering.

2. Daromad, iste’mol va jamgʻarmalar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikka izoh bering?


3. Baholar indekslarini va real YaIM ni hisoblash zaruratini asoslab bering.
Toshkent-2023

Reja:
I.Kirish qismi
1. Ishsizlikning tabiiy darajasi, ish bilan toʻliq bandlilik tushunchalariga tavsif bering.
2. Daromad, iste’mol va jamgʻarmalar oʻrtasidagi oʻzaro bogʻliqlikka izoh bering?
3. Baholar indekslarini va real YaIM ni hisoblash zaruratini asoslab bering.
II.Xulosa
1.Foydalanilgan adabiyotlar.

I.Kirish qismi

Kirish

Qaysi davlatda bo‘lishidan qat’iy nazar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga vakolatli bo‘lgan organlarning asosiy maqsadlari va vazifalari belgilab qo‘yilgan.


Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish sohasida samarali siyosatni amalga oshirish iste’molchilar huquqlarini himoya qilish milliy tizimining tarkibiy qismi bo‘lgan davlat boshqaruv organlari, tadbirkorlik sub’yektlari va jamoat tashkilotlarining rivojlanishiga hamda ular o‘rtasida o‘zaro hamkorlikning mavjudligiga chambarchas bog‘liq. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish milliy tizimini yaratish davlatning ichki siyosati hisoblanib, ko‘plab omillar, shu jumladan, huquqiy rivojlanish, ijtimoiy-iqtisodiy holat, urf-odatlar va huquqiy madaniyat darajasi muhim ahamiyat kasb etadi.
Qaysi davlatda bo‘lishidan qat’iy nazar, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga vakolatli bo‘lgan organlarning asosiy maqsadlari va vazifalari:


  • mamlakatda xavfsiz iste’mol muhitini yaratish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish va buning uchun sohadagi qonun hujjatlarini takomillashtirish;


  • iste’molchilik madaniyatini oshirish, sifatli tovarlar va xizmatlar bozori yaratilishini rag‘batlantirish, iste’molchilarga ishlab chiqarilayotgan va taklif etilayotgan tovarlar va xizmatlar sifati to‘g‘risida ob’yektiv ma’lumotlarni tarqatishdan iborat. Davlat organi va vazirlik o‘rtasidagi farq qarorlarni mustaqil va tezkor qabul qilish hamda jamoatchilik bilan ishlash ob’yektivligi va tezkorligini oshirish nuqtai nazaridan muhim bo‘lishi mumkin. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish muassasalari vazirliklar tarkibida bo‘lgan taqdirda ham, ularning faoliyati asta-sekin mustaqil organ sifatida iste’molchilar e’tiborini tortishi mumkin.

Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish tizimining yana bir modeli mavjudki, unda iste’molchilar manfaatlarini himoya qilish davlat siyosatining barcha sohalarini qamrab oladi, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha hukumat organlari energetika, telekommunikatsiya va qishloq xo‘jaligi masalalari bilan shug‘ullanuvchi tarmoq vazirliklarida muayyan vakolatlarga ega bo‘ladi.


Ko‘plab davlatlarning konstitutsiyasida iste’molchi huquqlarini davlat tomonidan himoya qilinishini kafolatlangan. Ya’ni, davlat, o‘z fuqarolarini sifatli va xavfsiz tovarlar, xizmatlar va ish joylari bilan ta’minlash uchun barcha imkoniyatlarni ishga solishi belgilangan.
Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha jamoat tashkilotlarining to‘laqonli tizimini yaratish uchun har qanday davlat iste’mol bozorining barcha sohalarini qamrab oladigan huquqiy bazaga ega bo‘lishi, to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sirli qonunlarni qabul qilinishi va mamlakat aholisining huquqiy savodxonligini oshirish uchun sharoit yaratilishi kerak.
Iste’molchilarning huquqiy madaniyati nisbatan past bo‘lgan davlatlarda iste’molchilar huquqini himoya qilish sohasida sud amaliyoti mavjud yetarli darajada emas, bu esa o‘z manfaatlarini himoya qilish maqsadida davlat organlariga murojaat qilgan fuqarolar sonining oshishiga olib keladi. Shu sababli, dastlabki bosqichda iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi jamoat tashkilotlari tizimini rivojlanishi uchun davlatning ishtirok etishi muhim.
Keyingi bosqichlarda iste’molchilar huquqiy savodxonligi oshib borgani sari, jamoat tashkilotlari sonining ko‘payishi ham kuzatiladi.


Yüklə 63,33 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin