Chaqaloqlarda sariqlik – turlari, sabablari, belgilari va davolash



Yüklə 341,23 Kb.
səhifə1/5
tarix20.11.2023
ölçüsü341,23 Kb.
#164388
  1   2   3   4   5
Chaqaloqlarda sariqlik


Chaqaloqlarda sariqlik – turlari, sabablari, belgilari va davolash
Yangi tugʻilgan chaqaloqlarda sariqlik – fiziologik yoki patologik holat boʻlib, bunda chaqaloqlar qonida giperbilirubinemiya va teri rangi, koʻrinadigan shilliq qavatlarning sargʻayishi bilan bola hayotining birinchi haftasida namoyon boʻladi.
Chaqaloqlarda sariqlik qonda bilirubin konsentratsiyasining yuqori boʻlishi, anemiya, teri qoplamalari, shilliq qavatlar va sklera sariq rangda boʻlishi, gepatosplenomegaliya, ogʻir holatlarda bilirubinemik ensefalopatiya bilan yuzaga chiqadi.


Chaqaloqlar sariqligi diagnostikasida Kramer shkalasidan foydalaniladi, bundan tashqari eritrotsitlar, bilirubin, jigar fermentlari miqdori, ona va bola qon guruhi aniqlanadi. Sariqlikni davolashda ona suti bilan oziqlantirish, infuzion terapiya, fitoterapiya, qonni almashlab quyish muolajalari oʻtkaziladi.
Chaqaloqlar sariqligi – neonatal sindrom, teri qoplamalari, koʻrinib turadigan shilliq qavatlarining sargʻayishi bilan kechadigan jarayon. Neonatal sariqlik oʻz vaqtida tugʻilgan bolalarda 60 % va chala tugʻilgan bolalarda esa 80 % holatlarda kuzatiladi. Pediatriya sohasida barcha sariqlik bilan bogʻliq holatlarning 60-70 %i fiziologik jarayonga toʻgʻri keladi. Sariqlik qonda bilirubin miqdorining 80-90 mkmol/l dan oshishi (oʻz muddatida tugʻilganlarda) va 120 mkmol/l (chala tugʻilganlarda) oshishida yuzaga chiqadi. Uzoq muddat davom etuvchi va kuchli sariqlik bosh miyaga toksik taʼsir etadi va nerv hujayralarini zararlaydi.

Chaqaloqlarda sariqlik klassifikatsiyasi va sabablari


Avvalo, yangi tugʻilgan chaqaloqlarda sariqlik fiziologik yoki patologik oʻlishi mumkinligini bilib olish zarur. Kelib chiqishi boʻyicha nasliy yoki orttirilgan sariqlik farqlanadi. Qon biokimyoviy tekshiruvi boʻyicha bogʻlangan bilirubin va bogʻlanmagan bilirubin ortishi hisobiga yuzaga chiqqan sariqlik turlari ham mavjud.
Avvalo, yangi tugʻilgan chaqaloqlarda sariqlik fiziologik yoki patologik oʻlishi mumkinligini bilib olish zarur. kelib chiqishi boʻyicha nasliy yoki orttirilgan sariqlik farqlanadi. Qon biokimyoviy tekshiruvi boʻyicha bogʻlangan bilirubin va bogʻlanmagan bilirubin ortishi hisobiga yuzaga chiqqan sariqlik turlari ham mavjud.
Konyugatsiyalangan sarqilikka quyidagi holatlar kiradi:

  • Neonatal fiziologik (tranzitor) sariqlik;

  • Jilber, Krigler-Nayara I va II tip sindromlarida nasliy sariqlik;

  • Asfiksiya va tugʻruq travmalari natijasida yuzaga chiqadigan sariqlik;

  • Turli preparatlar qabul qilish natijasida kelib chiqadigan sariqlik (salitsilatlar, levomitsetin, sulfanilamidlar, xininlar, vitamin K koʻp miqdorda qabul qilish);

  • Gemolitik sariqlik chaqaloqlarda eritrotsitlarning parchalanishi natijasida (gemoliz) yuzaga chiqadi. Bunday giperbilirubinemiyaga quyidagilar kiradi:

  • Homilaning gemolitik kasalligi;

  • Eritrotsitar ferment va membranopatiyalar;

  • Gemoglobinopatiyalar (oʻroqsimon anemiya, talassemiya);

  • Polisitemiya.

  • Mexanik sariqlik bilirubinning oʻt suyuqligi yoki ichaklardan ajralishining buzilishi natijasida kelib chiqadi. Bunday holat jigar ichi va jigardan tashqari oʻt yoʻllari atreziyasi, gipoplaziyasi natijasida, homila ichi oʻt-tosh kasalliklari, oʻsma yoki infiltrat oʻt yoʻllarini bosib qoʻyishi natijasida, oʻt suyuqligining quyuqlashishi, pilorostenoz, ichak tutilishi va boshqalar natijasida yuzaga chiqadi.

  • Aralash turdagi sariqlik (parenximatoz) chaqaloqlarda fetal gepatit, homila ichi infeksiyasi (toksoplazmoz, sitomegaliya, listeriozgerpes, gepatit A, B, D), toksiko-septik jigar zararlanishi, nasliy moddalar almashinuvi buzilishi bilan namoyon boʻladigan kasalliklar (mukovisidoz, galaktozemiya) kabi patologiyalarda namoyon boʻladi.

  • Yüklə 341,23 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin