Davlat hokimiyatining tuzilishi.
Reja:
1. Davlat hokimiyati tushunchasi.
2. Qonun chiqaruvchi hokimiyat
3. Ikki palatalik parlament haqida
4. Oliy Majlis faoliyati
Davlat hokimiyati tushunchasi
Davlat apparati bir-biri bilan ozaro boqliq bolgan muayyan tuzilmaga birlashgan davlat hokimiyatini amalga oshiruvchi davlat organlarining yiqindisidir.
Davlat apparati quyidagi belgilari bilan boshqa tashkilotlardan ajralib turadi:
Davlat apparati boshqarish bilan shuqullanuvchi alohida fuqarolar guruhidir;
Davlat apparati davlat funkciyalarini bajarishga vakolatli bolgan va ozaro boysunish yoki kelishib olishi asosida boqlangan davlat organlari va muassasalari tizimidir;
Davlat apparati xalq irodasini amalga oshirish, oz vazifasini bajarishi uchun zarur vositalar va qurollarga ega bolgan organlardir.
Ozbekiston davlat apparati respublika iqtisodiy, madaniy, ijtimoiy hayotini boshqaruvchi turli davlat organlaridan iborat bolib, ularning oziga xos xususiyatlari mavjuddir. Bu xususiyatlar:
birinchidan, davlat apparati organlari xalq manfaati uchun xizmat qiladi, uning irodasini ifoda etadi;
ikkinchidan, davlat hokimiyatning barcha organlari davlat nomidan harakat qilib, xalqning davlat hokimiyatini amalga oshiradi;
uchinchidan, davlat hokimiyati organlari oz vazifasini amalga oshirish uchun davlat tomonidan berilgan tegishli vakolatga, huquq va burchlarga ega;
tortinchidan, davlat organlari qabul qilgan huquqiy aktlar barcha Ozbekiston fuqarolari uchun majburiydir;
beshinchidan, davlat organlari ma`lum davlat tomonidan ornatilgan tartibda tuziladilar;
oltinchidan, davlat organlari ma`lum bir miqdorda oz ixtiyoridagi moddiy resurslar va har xil muassasalar, tashkilotlar orqali oz oldida turgan vazifalarini amalga oshiradilar.
Ozbekiston Respublikasi davlat hokimiyati - qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatiga bolinadi. Hokimiyatning uchala tarmoqi, faqat ular va albatta ularning uchalasi birgalikda yagona davlat hokimiyatini tashkil etadilar. Boshqa bironta organ hokimiyatga da`vogarlik qilolmaydi. Ozbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida «Konstitutsiyada nazarda tutilmagan tartibda davlat hokimiyati vakolatlarini ozgartirish, hokimiyat idoralari faoliyatini toxtatib qoyish yoki tugatish, hokimiyatning yangi va muvoziy tarkiblarini tuzish konstitusiyaga xilof hisoblanadi va qonunga binoan javobgarlikka tortishga asos boladi» deb korsatilgan (7-modda).
Dostları ilə paylaş: |