Davlat krediti va uning kredit munosabatlaridagi roli



Yüklə 0,57 Mb.
səhifə1/3
tarix20.11.2023
ölçüsü0,57 Mb.
#165421
  1   2   3
Davlat krediti va uning kredit munosabatlaridagi roli

Davlat krediti va uning kredit munosabatlaridagi roli

Gulimov Dostonbek SBXA 74

Reja

  • Kirish
  • 1.Davlat kreditining iqtisodiy mazmuni va ahamiyati.
  • 2. Davlat krediti munosabatlarining turlari va uni tasniflanishi
  • 3. Davlat kreditining mazmun- mohiyati, funksiyalari va davlat qarzining tasniflanishi.

Davlat krediti hokimiyat va boshqaruv organlari orqali, bir tomondan, davlat va ikkinchi tomondan, jismoniy va yuridik shaxslar oʼrtasida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar majmuidan iborat boʼlib, unda davlat qarz oluvchi, kreditor (qarz beruvchi) va kafil sifatlarida maydonga chiqadi.
Bunday iqtisodiy (kredit) munosabatlar(i)ning mumtoz (klassik) shaklida davlat, odatda, mablagʼlarni qarz oluvchi boʼlib hisoblanadi.
Davlat krediti iqtisodiy kategoriya sifatida ikki koʼrinishdagi – moliya va kredit – pul munosabatlarining oʼrtasida joylashgan boʼlib, shunga mos ravishda, u ham moliyaga va ham kreditga tegishli boʼlgan xususiyatlarga egadir. Moliya tizimining alohida olingan boʼgʼini sifatida esa davlat krediti davlatning markazlashtirilgan pul fondlarini (budjet va budjetdan tashqari fondlarni) shakllantirish va ulardan foydalanish jarayoniga xizmat qiladi.

1.Davlat kreditining iqtisodiy mazmuni va ahamiyati.

  • Haqikatda ham davlat krediti munosabatlarida ham bush turgan pul kapitallariga ega bulgan subyektlar sifatida aholi, korxona va tashkilotlar hisoblansa unga nisbatan davlat ehtiyojlarining mavjudligi davlat krediti munosabatlarining asosini tashkil qilishi ma’lumdir. Bu yerda shuni ta’kidlash joizki bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotning turli sohalaridan faoliyat yurituvchi iqtisodiy sbyektlar bilan birgalikda davlat ham uziga xos iqtisodiy subyekt sifatida iqtisodiy munosabatlarda ishtirok etadi. Iqtisodchi, A.Ulmasov( davlatning kimmatbaho kogozlar chiqarishi va uni joylashtirish vositasidagi operatsiyalari, iqtisodiyotdagi kredit kulamiga tasir ko‘rsatish bilan bog‘liq bulgan siyosatini uziga xos davlat tadbirkorligi sifatida baholaydi. Albatta bu urinda biz davlatning bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyotdagi pul muomalasi va yalpi kredit kulamini tartibga solishning ma’muriy mexanizmlaridan voz kechishi va egri iqtisodiy usullaridan foydalanish jarayonini kurishimiz mumkin.

Kredit munosabatlarida davlat faol ishtirok etuvchi subyekt hisoblanib, bunday kredit munosabatlarini davlat krediti munosabatlari sifatida kurib o‘tiladi. Bozor iqtisodiyoti sharoiti davrida jamiyatining uzluksiz ravishdagi xar xil ijtimoiy iqtisodiy ehtiyojlarini moliyaviy ta’minlashi bilan bog‘liq bulgan xarajatlarini koplash maqsadida davlat xujalik strukturalari, aholi va xorijiy subyektlarning bush turgan moliyaviy resurslarini jalb qilishi mumkin. Jamiyatning bunday bush turgan pul mablag‘larini jalb qilishning asosiy usullaridan biri sifatida hozirgi sharoitda davlat krediti munosabatlari uziga xos muhim ahamiyatga egadir. Mamlakat ichkarisida davlat krediti munosabatlarini amalga oshirishda odatda davlat karzdor subyekt sifatida qatnashadi kreditorlar esa aholi, korxona va tashkilotlar ishtirok etadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar doirasida esa davlat ham kreditor hamda karzdor sifatida ishtirok etadi.
Davlat kreditining xususiyati uning qaytaruvchanligi, muddatliligi va tulovchanligi bilan belgilanadi. Biroq bu munosabatlarni bank krediti yoki kreditning boshqa turlari bilan aralashtirmaslk lozimdir. Taniqi iqtisodchi V.M. Rodionova( xujalik subyektlari uchun bank kreditlarining davlat kreditidan asosiy farkli jihati, undan xujalik subyektlarining kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini uzluksizligini ta’minlash uchun foydalanilishi ya’ni ishlab chiqarish maqsadlarida foydalnilishi bilan belgilanishini hamda davlat krediti esa kredit resurslari asosan budjetning defitsitini moliyalashtirish uchun foydalanilishi, unda siyosiy ustkurtmalar va jamiyatning moliyaviy munosabatlarini bir qismini aks ettiruvchi budjet mablag‘lari xarakati bilan belgilanishini va uni qaytarishning asosiy moliyaviy manbai budjet daromadlari yoki mablag‘lari bulishini ta’kidlaydi.

Yüklə 0,57 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin