1
Reja:
Kirish
……………………………………………………...2
1. Davlat kreditining mohiyati, mazmuni va ahamiyati……....3
2.Kreditning asosiy funksiyalari va tashkil qilish asoslari……6
3. Kreditning asosiy shakllari va turlari………………………10
4.Kredit nazariyalari tanqidi………………………………….13
Xulosa
……………………………………………………..14
Foydalanilgan adabiyotlar
………………………………..15
2
Kirish
Davlatning ixtiyorida bo‘lgan eng yirik pul jamg‘armasi Davlat budjeti deb
ataladi. Davlat budjeti – bu mamlakatning o‘z pul daromadlari va xarajatlari
ro‘yxatini o‘zida ifodalovchi asosiy moliyaviy hujjat (reja)dir.
Davlat byudjetning g‘azna ijrosi davlat
byudjet va davlat maqsadli
jamg‘armalarining barcha daromadlarini,
shuningdek, byudjet tashkilotlarining
byudjetdan tashqari mablag‘lar bo‘yicha tushumlarini yagona g‘azna
hisobraqamga jamlash va ularning barcha xarajatlarini
shu hisobraqamdan
amalga oshirishni nazarda tutadi.
Jamiyat faoliyatining o‘ta muhim jihati — bu ishlab chiqarishdir. Ishlab
chiqarish jarayonida iqtisodiy
resurslar ishlatiladi, mahsulotlar va xizmatlardan
iborat hayotiy ne’matlar yaratiladi. Ishlab chiqarish
jarayonining uzluksizligini
moddiy va mehnat omillari ta’minlaydi. Ishlab chiqarish bu omillar bilan har doim
ham bir tekisda ta’minlana olmaydi. Kredit tovar-pul munosabatlari mavjud
sharoitdagi takror ishlab chiqarish kredit munosabatlari vujudga kelishining tabiiy
asosi hisoblanadi. Ishlab chiqarish fondlarining
doiraviy aylanishidagi va
fondlarning bir marta aylanishidagi qiymatning harakati qisqa muddatli kredit
munosabatlari paydo bo‘lishining iqtisodiy asosidir. Ma’lumki, pul mablag‘lariga
ko‘p hollarda kreditlarga olingan mablag‘lar, korxonalarning
hisob varaqasidagi
mablag'lar va naqd pullar, aylanma mablag‘lar va moliyaviy mablag'lar kiradi. Bu
iqtisodiy kategoriyalar tashqi tomondan o‘xshagani bilan ularning ichki
xususiyatlari juda xilma-xil va bir-biriga o‘xshamaydi. Kredit — bu vaqtincha bo‘sh
turgan pul mablag‘larini ma’lum muddatga, haq to'lash sharti bilan qarzga olish va
qaytarib berish yuzasidan kelib chiqqan iqtisodiy munosabatlar yig’indisidir. Kredit
yordamida
tovar-moddiy boyliklari, turli rnashina va mexanizmlar sotib olinadi,
iste’molchilarning mablag‘lari yetarli bo‘lmagan sharoitda to‘lovni
kechiktirib
tovarlar sotib olishlari va boshqa har xil to‘lovlarni amalga oshirish imkomyatiga
ega bo‘ladilar. Kredit iqtisodiy kategoriya bo‘lib, ijtimoiy munosabatlarning aniq bir
ko‘rinishi sifatida yuzaga chiqadi.