Davlat kreditining mohiyati, mazmuni va ahamiyati


Kreditning qaytarib berishlilik tamoyili



Yüklə 202,92 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/10
tarix22.09.2023
ölçüsü202,92 Kb.
#146917
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
davlat kreditning funksiyalari

Kreditning qaytarib berishlilik tamoyili.
Bu tamoyil kreditning mustaqil 
iqtisodiy kategoriya ekanligi shartidir, qaytib berishlik kreditning umumiy belgisi 
hisoblanadi, qaytib berishlilik o‘z -o‘zidan vujudga kelmaydi: u moddiy 
jarayonlarga, qiymatning aylanishini tugashiga asoslanadi. Ammo doiraviy 
aylanishning tugashi — bu qaytarib berishi emas, faqat qaytarib berish uchun zamin 
tayyorlashdir. Kreditni qaytarish aylanishdan chiqqan mablag'lar qarz oluvchiga pul 
mablag‘larining qaytarish imkoniyatini bergan taqdirda qaytariladi, qaytarib 
berishlilik ikki yoklama jarayonni ifoda etadi, u kreditor uchun ham, qarz oluvchi 
uchun ham bir xil darajada muhimdir.
Kreditning muddatliligi.
Bu tamoyil kredit beruvchidan olingan kreditni o‘z 
vaqtida qaytarib berish muddatini, ya’ni kreditning qanday muddatga berilganligi 
bilan xarakterlanadi. Bunda shu muddatlilik tamoyiliga ko‘ra uzoq va qisqa muddatli 
kreditlarga bo'linadi. Kreditning muddatlilik tamoyili qarzdor uchun qulay bo'lgan 
har qanday vaqtda emas, balki kredit bitimida ko‘rsatilgan ma’lum muddatda 
kreditni qaytarilishi zaair ekanligini bildiradi. Kreditning muddatliligi har ikkala 
tomon, kreditor va qarz oluvchi uchun muhimdir.
Kreditning ta’minlanganligi
. Bu tamoyil yordamida xalq xo‘jaligining 
rivojlanishida qiymat va moddiy ishlab chiqarish o'rtasida bo‘lishi zarur bo’lgan 
proporsiyalarning bir me’yorda bo‘lishi ta’minlanadi. Bu tam oyilning asosiy 
mohiyati shundaki, bunda xo‘jalik aylanishida ishtirok etuvchi bank mablag‘larining 
har bir so‘miga muayyan boyliklarning bir so'mi qarama-qarshi turishi kerak.
To‘lovlilik tamoyili
. Bu tamoyil aylanma fondlarning doiraviy aylanishini, 
kengaytirilgan takror ishlab chiqarish jarayonini ta’minlovchi to‘lov resurslari 
summasini avanslashtirish zaruriyatidan kelib chiqadi. Bu tamoyilga asosan 
korxonalar foydalanilgan qarz mablag‘lari uchun kreditorga foiz shaklida to‘lovni 
o‘tkazadi. Kreditning to‘lovligi uni to‘liq summ ada o‘z egasiga qaytarilishinigina 
emas, shu bilan kredit uchun foiz shaklidagi to'lov bilan qaytarilishini ifodalaydi.. 

Yüklə 202,92 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin