Demokratik davlatlarda mahkumlarning ovoz berish



Yüklə 38,57 Kb.
səhifə1/2
tarix14.12.2023
ölçüsü38,57 Kb.
#176823
  1   2
Demokratik davlatlarda mahkumlarning ovoz berish huquqi saqlanadi


Qarshiboyev O`stemir.
Demokratik davlatlarda mahkumlarning ovoz berish huquqi saqlanadi
Inson huquqlari- bu dunyodagi har bir insonning tug’ilishidan to o’limiga qadar tegishli bo’lgan asosiy huquq va erkinliklari. Biz qayerdan bo’lishimizdan, nimaga ishonishimizdan, qanday hayotda yashashimizdan qat’iy nazar amal qiladi. Aynan huquqlarning tugashi bekorga emas, o’limga qadar birga deyilganligi. Barchamizga ma’lum inson huquqlari xalqaro huquqda, jumladan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida va Fuqarolik va siyosiy huquqlar to’g’risidagi xalqaro paktda mustahkamlangan. Biz bu haqda unchalik ko’p to’xtalib o’tirmaymiz. Bu yerda ahamiyat qaratigan jihatimiz mahkumlarnning huquqlari va ularning ahamiyatidir. Ularga ovoz berish huquqining berilishi yoki aksincha cheklab qo’yilishi va undan kelib chiqadigan oqibatlar, ushbu vaziyat bilan bog’liq bo’lgan muammoli vaziyatlar xususida fikr mulohaza yuritishimiz kerak. Barcha demokratik davlatlarda mahkumlarning ovoz berish huquqi saqlanib qolinganmi? Ularning bu narsaga pozitsiyasi qanday deb o’ylaymiz?
Mahkumlarga ovoz berishga ruxsat berishning mantiqiy asosi demokratik boshqaruv tamoyillariga asoslanadi, bu esa barcha fuqarolarning siyosiy jarayonga jalb etilishi va ishtirokini ta’kidlaydi. Advokatlarning ta’kidlashicha, mahbuslarni ovoz berish huquqidan mahrum qilish saylov huquqidan mahrum qilishning bir shakli sifatida qaralishi mumkin, chunki bu teng vakillik tamoyillariga putur yetkazadi va ularning demokratik qarorlar qabul qilish jarayoniga hissa qo’shish imkoniyatlarini cheklaydi. Aynan demokratik davlatlarga ko’proq urg’u berar ekanmiz, “demokratiya” tushunchasiga to’xtalib o’tamiz.
Darhaqiqat, davlatimiz mustaqillikning dastlabki kunlaridayoq o’z oldiga huquqiy demokratik davlat qurishni asosiy maqsad qilib oldi. Davlatimizning demokratiya yo’lidan ketganligini tasdiqlagan holda Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimovning quyidagi fikrlarini keltirib o’tamiz: “Faqatgina biz tanlagan bosqichma-bosqich rivojlanish yo’li xalqimiz ko’zlagan ezgu niyatlarga erishishga, zamonaviy demokratik talablarga javob beradigan davlat, inson manfaatlari, huquq va erkinliklari eng oliy qadriyat bo’lgan, qonun ustuvorligini ta’minlaydigan jamiyat barpo etishga olib kelishi muqarrar.”1 Har gapimizda demokratik davlat deb takrorlayapmiz, nega? Demokratiyaning zaruriyligini o‟rta asrlardanoq anglab yetishganligini, adolatli jamiyat barpo etish, fuqarolik jamiyati unsurlarini shakllanishiga doir ilmiy meros qoldirgan buyuk mutafakkirlar faoliyatidan bilishimiz mumkinki, bu narsaning ahamiyati biz o’ylaganimizdan ham muhimroqdir. Xususan allomalarimiz, Abu Nasr Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Nizomulmulk, shuningdek g’arb faylasuflaridan, Aristotel, Platon, Tomas Gobass, Jon Lokk, Sharl de Monteskye, Immanuel Kant, Jan-Jak Russo, Georg Gegel va boshqalarning ilmiy faoliyatini misol qilib keltirishimiz mumkin. “Demokratiya” so’zini ko’p ishlatamiz. Lekin “demokratiya” haqida tushunchaga egamizmi? Uning asl mohiyatini tushunib yetishimiz uchun demokratiya haqida kelib chiqishi haqida ham ma’lum bir ma‟lumotlarni bilishimizga ehtiyoj tug’iladi. Buyuk yunon faylasufi Aristotel demokratiyani quyidagicha ta’riflagan edi: “Demokratiyaning birinchi ko’rinishining xarakterli belgisi bo’lib tenglik xizmat qiladi. Bu demokratiyaning asosiy qonuniga muvofiq tenglik shundan iboratki, mulksizlar ham, mulkdorlar ham hech narsada biron- bir imtiyozlarga ega emaslar; oliy hokimiyat unisi yoki bunisining qo’lida to’planmagan.



1 Karimov I.A. “O’zbekistonning o’z istiqlol va taraqqiyot yo’li" T.I.- T.:O’zbekiston,1996.

Shu bilan birga, har ikkalasi – ular ham va boshqalari ham o’zaro tengdirlar. Agar ba’zilar erkinlik va tenglik demokratiyaning muhim belgilar deb bilsalar, bu holat albatta o’z amaliyotini asosan, hammaning davlat boshqaruvida ishtirok etishida ifodalaydi. Xalq demokratiyada ko’pchilikni tashkil etishi sababli, ko’pchilikning qarori hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Bu kabi davlat tuzilishi demokratiya deb ataladi.”2 “Demokratiya” yunoncha so’zdan olingan bo’lib, “xalq hokimiyati” degan ma‟noni anglatadi. Demokratiya xalq hokimiyati siyosiy pluralism va ko’ppartiyaviylik, hammaning qonun oldida tengligi, fuqarolarning konstitutsion huquq va erkinliklarini saqlash prinsiplariga asoslangan jamiyatni siyosiy tashkil etish shakli hisoblanadi. Aynan inson huquqlarining bunday davlatlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangani e’tibor qaratadigan tomonimizdir. Konstitutsion huquq va erkinliklar qatorida biz muhokama qilishimiz kerak bo’lgan ovoz berish huquqi mavjud. Bilamizki, Konstitusiyamizning 128- moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasining fuqarolari davlat hokimiyati vakillik organlariga saylash va saylanish huquqiga egadirlar. Har bir saylovchi bir ovozga ega. Ovoz berish huquqi, o’z xohish-irodasini bildirish tengligi va erkinligi qonun bilan kafolatlanadi. Ba’zi demokratik davlatlar mahkumlarga ovoz berish huquqini beradi degan fikr mavjud, chunki buni faqat qamoqxona tufayli tortib olinmasligi kerak bo’lgan asosiy inson huquqi deb bilishimiz lozim. Bu davlatlar mahbuslar ozodlikdan mahrum qilingan bo’lsalar ham, ular o’z jamiyatini boshqarishda o’z so’zlariga ega bo’lishlari kerakligini tushunib yetishi kerak. Barcha fuqarolar, jumladan, mahkumlar ham demokratik jarayonlarda ishtirok etish uchun teng huquq va imkoniyatlarga ega bo’lishi kerak. Boshqa tomondan, ba’zi demokratik davlatlar mahkumlarga ovoz berish huquqiga ruxsat bermaydi, chunki ba’zi jinoyatlar bu huquqni vaqtinchalik to’xtatib turish uchun yetarli darajada og’irdir. Ularning fikricha, jinoyat sodir etish harakati fuqarolar va jamiyat o’rtasidagi ijtimoiy shartnomani buzish sifatida qaralishi va shu bilan jazoning bir qismi sifatida saylov huquqidan mahrum qilishni oqlaydi.
Ushbu vaziyat nima uchun muhokamalarga sabab bo’lib, dolzarb mavzular qatorida o’rin egallaganligi barchamiz uchun qiziq. Bahsning har ikki tomonida kuchli dalillar mavjudligi aynan sabab bo’lishi ehtimoldan yiroq emas. Qisqacha muhokama qiladigan bo’lsak, mahkumlarning ovoz berish huquqi tarafdorlari fikricha, saylov huquqidan mahrum qilish demokratiyaning qonuniyligiga putur yetkazadi, albatta, demokratik davlatlarning muhim belgilari qatorida ushbu fikrlar ham mavjud. Bundan tashqari, mahkumlar ozodlikka chiqqandan keyin jamiyatga qayta integratsiyalashuvini qiyinlashtiradi. Mahbuslar hamon fuqaroligi va siyosiy jarayonda qatnashish huquqiga ega ekanligini hisobga oladigan bo’lsak, ularning huquqidan mahrum qila olmaymiz. shuningdek, mahbuslarning ovoz berish huquqidan mahrum bo’lish, ularni ko’proq begonalashgan his qilishlari va reabilitatsiya qilish ehtimoli kamroq bo’lishi mumkin deb tahmin qilishimiz mumkin.
Endi vaziyatga ikkinchi tomondan yondashadigan bo’lsak, ba’zi insonlar fikrlaricha, mahkumlar jinoyat sodir etish orqali ovoz berish huquqidan mahrum bo’lgan. Ularning ta’kidlashicha, huquqdan mahrum qilish jinoyatchilarni jazolash va jinoyatni oldini olish usulidir. Ular, shuningdek, mahbuslarga ovoz berishga ruxsat berish korrupsiyaga va uyushgan jinoyatchilikning nomaqbul ta’siriga olib kelishi mumkinligini ta’kidlaydilar. Bu tomondan olib qaralganda ham tahlilda biror bir noo’rin fikr mavjud emas. Ushbu mavzuni xalqaro miqyosda bo’lganligi sababli milliy qonunchiligimiz va chet el



2 Aristotel. “Organon”. Moskva. 1994-y.
qonunchiligidagi misolida tahlil qilsak, maqsadga muvofiq bo’ladi. Ayrim demokratik davlatlarda mahkumlar ovoz berish huquqiga ega va bu narsa ularning sudlanganlik holatiga qaramasdan saqlanib qolingan. Lekin, bu turli davlatlarda har xil yurisdiksiyalarda farq qiladi. Misol uchun, O’zbekistonda ijtimoiy xavfi katta bo„lmagan va uncha og’ir bo’lmagan jinoyatlar sodir etganligi uchun ozodlikdan mahrum etilganlar saylov hamda referendumda ishtirok etish huquqiga ega3. Shu o’rinda aytish joizki, Kanada, Daniya, Finlandiya, Irlandiya, Norvegiya va Shvetsiya kabi bir qator mamlakatlarda ayrim mahkumlarga ovoz berishga ruxsat beriladi, uzoqroq muddatni o’tayotgan yoki muayyan jinoyatlar uchun hukm qilinganlar esa istisno qilinishi mumkin, O’zbekiston Respublikasining Saylov kodeksi 5-moddasiga ko’ra quyidagilar belgilab o’tilgan:
Saylovda ishtirok etuvchi har bir fuqaro bir ovozga ega bo’ladi.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek sud hukmi bilan ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylanishi mumkin emas.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan fuqarolar, shuningdek og’ir va o’ta og’ir jinoyatlar sodir etganlik uchun sudning hukmiga ko’ra ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan shaxslar saylovda ishtirok etish huquqidan faqat qonunga muvofiq hamda sudning qarori asosida mahrum etilishi mumkin. Boshqa har qanday hollarda fuqarolarning saylov huquqlarini to’g’ridan to’g’ri yoki bilvosita cheklashga yo’l qo’yilmaydi.
Bunday qarama-qarshiliklar doim bir biri bilan munozara olib borgani aniq bir yechimga ega emasligi uchun, yuqorida aytib o’tganimizdek, jahon miqyosidagi mamalakatlar qonunlaridagi farqlar bizni e’tibor qaratishimiz kerak bo’lgan nuqta hisoblanadi. Mamlakatlar mahbuslarning ovoz berish huquqi masalasini qanday hal qilganiga oid ba’zi aniq misollar keltirish o’rinli deb o’ylaymiz:

  • Norvegiya va Shvetsiya: Barcha mahkumlar ovoz berish huquqiga ega.

  • Avstriya: Bir yildan kam muddatga ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlar ovoz berish huquqiga ega.

  • Belgiya: Uch yildan kam muddatga ozodlikdan mahrum etilgan mahkumlar ovoz berish huquqiga ega.

  • Kanada: Ikki yildan kamroq muddatga qamoq jazosini o’tayotgan mahbuslar ovoz berish huquqiga ega.

  • Germaniya: Bir yildan kam muddatga qamoq jazosini o’tayotgan mahbuslar ovoz berish huquqiga ega.

  • Yangi Zelandiya: Mahbuslar ovoz berish huquqiga ega, ammo ular ovoz berish huquqlarini tiklash uchun ariza berishlari kerak.




3 Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.04.2023-y., 03/23/833/0236-son. https://lex.uz/acts/-163629

  • Birlashgan Qirollik: Bir yildan kam muddatga qamoq jazosini o’tayotgan mahbuslar ovoz berish huquqiga ega.

  • Amerika Qo’shma Shtatlari: Ba’zi shtatlar barcha mahkumlarga ovoz berishga ruxsat beradi, boshqalari esa jinoyatchilarga federal, shtat yoki mahalliy saylovlarda ovoz berishni taqiqlaydi.

Mahkumlarning ovoz berish huquqi saqlanishi nima uchun dolzarb mavzu deb hisoblaymiz? “Hech kim shubhalanmasligi kerak - mahbuslar bu hukumat ostida ovoz ololmaydilar.” Devid Kemeronning mahbuslarning ovoz berish huquqlari bilan bog„liq bahsli masala bo’yicha pozitsiyasiga nisbatan maqolasidaga e’tibor qaratamiz. Munozara har ikki tomonning kuchli javoblarini keltirib chiqaradi. Binobarin, Buyuk Britaniyada ham, butun Yevropada ham masalaga asosli yondashuvlarning keng doirasi ilgari surilmoqda. Shunga qaramay, 2005 yilda Xirst Buyuk Britaniyaga qarshi sud qaroridan beri Inson huquqlari bo’yicha Yevropa sudi Buyuk palatasi bu masala bo’yicha qat’iy pozitsiyani egallab, ushbu shaxslarni saylov huquqidan butunlay mahrum qilish to’g’risida qaror qabul qildi. Ozodlikdan mahrum qilish jazosini oʻtash Inson huquqlari boʻyicha Yevropa konvensiyasini buzish hisoblanadi. Bu Buyuk Britaniya qonuniy ravishda bajarishi shart bo’lgan qaror. Xirst hukmidan 8 yil o’tgan bo’lsa-da, mahbuslar hali ham ovoz berish huquqiga ega emaslar. Ketma-ket hukumatlar bu talabni bajarishdan bosh tortdilar.4 Shunga o’xshagan vaziyat Avstriyada ham 2011-yilda yuz bergan. Gerxard Frodl ismli avstriyalik mahbus mamlakatda mahbuslarga ovoz berishni mutlaqo taqiqlash ularning inson huquqlarini buzganini da’vo qildi. Ushbu holatda ham, 1-sonli protokolning 3-moddasini buzish deb hisblangan. Sud faqat o’ta og’ir jinoyatlar sodir etgan mahkumlarni ovoz berish huquqidan mahrum qilishi kerakligini ta’kidlagan5. Bu kabi “case”larga ko’p bora duch kelishimiz mumkin. Hammamizga mashhur bo’lgan detektiv asar yozuvchi Fyodor Dostoevskiy tomonidan “Jamiyatdagi sivilizatsiya darajasini uning qamoqxonalariga kirish orqali bilish mumkin” degan fikr aytilgan. Darhaqiqat, dunyo bo’ylab ko’plab qamoqxonalarda mahbuslarning inson huquqlari muntazam buzilishi muammosi yechimsiz qolmoqda. Afsuski, ularning huquqlarini himoya qilishda har doim o’ziga xos qiyinchiliklar mavjud bo’lgan. Barchamizga ma‟lum bo’lgan Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida mahkumlarga tegishli aniq qoidalar mavjud emas, basharti unda belgilangan huquqlar, jumladan, qiynoqlarni taqiqlash, odil sudlov huquqi va aybsizlik prezumpsiyasi davlatlar tomonidan ixtiyoriy ravishda qo’llanadi. 1955-yilda Birlashgan Millatlar Tashkilotining “Jinoyatchilikning oldini olish va huquqbuzarlar bilan muomalada bo’lish” bo’yicha birinchi muhim qoidalarni qabul qildi. Ushbu holat, xalqaro inson huquqlarida ozodlikdan mahrum etilgan shaxslarning huquqlarini himoya qilish sohasida birinchi qadam qo’yildi. Umuman olganda mahbuslar huquqlari bo’yicha xalqaro standartlar:

  • BMTning mahbuslar bilan muolamalada bo'lishning minimal standart qoidalari (Nelson Mandela qoidalari).




4Hirst v United Kingdom (No.2) : A Danger for Both the UK and Europe https://blogs.kcl.ac.uk/kslr/2013/12/02/hirst-v-united-kingdom-no-2-a-danger-for-both-the-uk-and- europe/#:~:text=%E2%80%9CNo%20one%20should,rights%20across%20Europe
5Guide on Article 3 of Protocol No.1 https://www.equalityhumanrights.com/human-rights/human-rights-act/article- 3-first-protocol-right-free-elections

  • Mahbuslar bilan muomalada bo’lishning minimal standart 2015-yil; qoidalarini samarali amalga oshirish tartibi, 1984-yil;

  • Har qanday shakldagi qamoqqa olingan barcha shaxslarni himoya qilish tamoyillari to’plami, 1988-yil;

  • Mahkumlar bilan muomalada bo’lishning asosiy tamoyillari, 1990-yil;

  • Bangkok qoidalari - BMTning mahbus ayollarga nisbatan muomala va huquqbuzar ayollarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish jazosi qoidalari;

  • Gavana qoidalari Ozodlikdan mahrum etilgan voyaga yetmaganlarning BMTning himoyaga oid qoidalari;

  • Jinoyat protsessida chet el fuqarolarining maqomi,1998-yil;

  • Tegishli (yaxshi) qamoqxona amaliyoti to’g’risidagi Arusha deklaratsiyasi, 1999-yil;

  • Tokio qoidalari Birlashgan Millatlar Tashkilotining ozodlikdan mahrum qilish choralari bilan bog’liq bo’lmagan minimal standart qoidalari, 1990-yil;

  • Jinoiy odil sudlovda restitutsiya sudlovi qo’llanishining asosiy tamoyillari, 2002-yil;

  • Qiynoqlarga hamda muomala va jazolashning boshqa shafqatsiz, g’ayriinsoniy yoki qadr-qimmatni kamsitadigan turlariga qarshi Konvensiya, 1984-yi;

  • Mahbuslar huquqlarini himoya qilish, ular bilan muomalada boʻlishdagi tibbiyot xodimlar roliga tegishli bo’lgan tibbiyot etikasi tamoyillari, 1982-yil;

  • O’lim jazosiga mahkum etilganlarning huquqlarini himoya qilishni kafolatlovchi chora-tadbirlar, 1984-yil.6

Inson huquqlari bo„yicha Yevropa konvensiyasida bir qancha protokollar mavjud bo’lib, ular qo’shimcha huquqiy hujjatlar hisoblanadi hamda, konvensiya doirasini kengaytirishga yordam beradi. Shu bilan birga nson huquqlarini yanada himoya qilishini ta’minlaydi va turlicha bo’lgan aniq masalalarni qamrab oladi. 1-sonli protokol erkin va adolatli saylovlar o’tkazish huquqini, shuningdekk, ta’lim olish huquqini kafolatlaydi.7
Hozirda butun dunyoda mahkumlarning ovoz berish huquqi masalasiga keng ko’lamli yondashuvlar mavjud. Ba’zi mamlakatlarda, masalan, AQShda mahkumlar ovoz berish huquqiga ega, lekin faqat mahalliy darajada bunday huquqqa ega. Boshqa mamlakatlarda, masalan, Fransiyada mahbuslar barcha darajadagi ovoz berish huquqidan mahrum. Rossiyada mahbuslar ham saylov huquqidan mahrum. Mahkumlarning ovoz berish huquqini yoqlovchi va unga qarshi ba’zi dalillar mavjudligi inobatga olib, ushbu fikrlarni keltirmaiz.
Yordamchi dalillar sifatida aytishimiz kerakki:



6 Inson huquqlari: darslik / G. Yuldasheva, N.Gafurova. – T.: TDYU nashriyoti, 2023. – 400 b.
7 Council of Europe/Europen Court of Human Rights, 2022

  • Demokratiya umumiy saylov huquqi prinsipiga asoslanadi, unga ko’ra barcha fuqarolar ijtimoiy mavqei va mavqeidan qat’i nazar, saylov huquqiga ega.

  • Mahbuslar o’zlarining jinoyatlariga qaramay, fuqarolar bo’lib qoladilar va mamlakatning siyosiy hayotida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo’lishlari kerak.

  • Mahkumlarga ovoz berish huquqidan mahrum qilish bu odamlarning marginallashuvi va yakkalanishiga olib kelishi mumkin, bu ularning ozod etilgandan keyin jamiyatga qayta qo'shilishini qiyinlashtiradi.

Qarshi dalillar qatorida quyidagilarni aytishimiz mumkin:

  • Saylov huquqi huquq emas, imtiyozdir va jinoyat sodir etgan mahkumlar bu imtiyozdan mahrum bo’lishdi.

  • Mahkumlarni ovoz berish huquqidan mahrum qilish jinoyatchilik darajasini pasaytirishga yordam beradi, chunki bu mahkumlarni o’z harakatlarining oqibatlari haqida o’ylashga undashi mumkin.

Yuqorida mahkumlar uchun ovoz berish huquqini taqiqlash ham jinoyat sodir etganligi uchun jazo sifatida aytib o„tildi, lekin qamoqxonada yoki qamoq lagerlaridagi mahbuslar ozodlikdan mahrum etilish bilan birga, u yerdagi tasavvur qilib bo’lmas azob- uqubatlarni ham boshidan kechirayotganiligini unutib qo’ymasligimiz lozim. O’ylaymanki, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Inson huquqlarini himoya qilish bo’yicha Yevropa kengashi har bir individ huquq va erkinliklarini bir xilda, adolatli tarzda himoya qilinishini ta‟minlab turadi.
O’zimning berilgan vaziyatga nisbatan shaxsiy fikrimni aytadigan bo’lsam, O’zbekistonda mahkumlarning ovoz berish huquqini saqlab qolish muhim. Negaki, ovoz berish huquqi konstitutsion normalarga ko’ra insonning asosiy huquqi bo’lib, barcha odamlar, hattoki, qamoqxonaqdagi mahbuslar, ozodlikdan mahrum etilganlar, ham o’z hukumatlarida, davlatida, ovozga ega bo„lishlari mumkin. Xuddiki, ular jamiyatning bir qismi ekanligini xis qilishsin, har qanday vaziyatda ham muhim ekanligini bilishsin. Mahkumlarning ovoz berish imkoniyatiga ega bo’lishi muhimligining bir qancha sabablari bor. Birinchidan, bu narsa ularing tashqi dunyo bilan aloqalarini saqlab qolishning bir usuli, hali aytib o’tganimizdek, ovoz berish ularga o‘zini hali ham jamiyatning bir qismi ekanligi va ovozi muhimligini his qilish imkonini beradi. Ikkinchidan, ovoz berish mahkumlar uchun hukumatni javobgarlikka tortish usulidr. Chunki, ular ovoz berish imkoniyatiga ega bo’lganda, o’zlari uchun muhim bo’lgan masalar haqida o’z hukumatlarga xabar yuborishlari mumkin. Bu biz bilgan va bilmagan qamoqxonalardagi sharoitlarni yaxshilash va mahkumlarga nisbatan adolatli munosabatda bo’lishni ta’minlashga yordam berishi mumkin. Biz demokratik davlatda yashayotgan insonlarmiz, jamiyatning bir qismi, parchasimiz. Uchinchidan, ovoz berish mahkumlar uchun siyosiy jarayonni bilishning bir usuli hisoblanadi. Mahkumlar ovoz berish imkoniyatiga ega bo’lganda, ular turli nomzodlar va muhokama qilinayotgan masalalar haqida bilib olishadi. Bu ularga ko’proq ma’lumotli fuqarolar bo’lib yetishishiga va kelajagi haqida to’g’ri qaror qabul qilishga yordam beradi.
Albatta, berilgan fikrlarga qarshi chiqishi mumkin bo’lganlarda quyidagicha mulohazlar bo’lishi mumkin. Ba’zilarning ta’kidlashicha, mahbuslar jinoyat sodir etgani uchun allaqachon saylov huquqini yo‟qotgan. Boshqalar esa mahbuslar ovoz berishda
Mas’uliyatli qarorlar qabul qilish uchun yetarlicha ma’lumotga ega emasligini ta’kidlaydilar. Boshqalar esa, mahbuslarga ovoz berishga ruxsat berish xavfsizlikka xavf tug’dirishini ta’kidlaydilar. Shu o’rinda aytishimiz joiz, dunyodagi barcha insonlar o„z huquq va erkinliklarini qoniqarli darajada bilishmaydi, lekin bu narsa ularning davlatda bo’layotgan yoki bo’lishi mumkin bo’lgan jarayonlardan chetlashtirish kerak degani emas. Mahkumlar ham biz kabi inson, ma’lum bir darajada erkinliklardan mahrum qilingan bo’lsada, individ sifatida haqqi bor. Ma’lumki, har bir shaxs erkin fikr bildirshi mumkin bu ularning huquqi hisoblanadi, ushbu mavzuni o’rganish davomida qarama- qarshi fikrlarni, turlicha fikrlarni guvohi bo’lishingiz mumkin. Barchasiga qaramay, men mahkumlarga ovoz berishga ruxsat berish tarafdori bo’lgan dalillar unga qarshi bo’lgan dalillardan ko’proq, deb hisoblayman. Ovoz berish insonning asosiy huquqi bo’lib, barcha odamlar o’z hukumatida ovozga ega bo’lishi muhim hisoblanadi. Mahkumlar faqat qamoqqa olinganligi uchun bu huquqdan mahrum etilmasligi kerak. O’zbekistonda hozirda mahkumlarga ovoz berish taqiqlangan. Biroq, buni o’zgartirish uchun harakat kuchaymoqda. Shu jumladan, Saylovlar to’g’risidagi qonunchilikni takomillashtirishga qaratilgan qonun Prezidentimiz tomonidan imzolanganligi bu xususida o’zgartirishlar kiritilayotganligidan dalolat. Chunki, 2021-ylning 24-oktabr kuni bo’lib o’tgan president saylovida uncha og’ir bo’lmagan yoki ijtimoiy xavfi kata bo’lmagan jinoyatlarni sodie etgan 8 203 nafar mahkum ovoz berish huquqiga ega bo’lgan. Mening fikrimcha, O’zbekiston hukumatining bu ishi to’g’ri ish bo’lib, demokratik va adolatli jamiyat qurish yo’lidagi ijobiy qadami sanaladi. Shunda ham saylovda ovoz berish huquqi mahkumlarning jinoyatga qarab belgilangan, umid qilamanki, bir kun kelib, barcha teng huquq va imkoniyatga ega bo’lgan holda o’zlarining ovoz berish huquqidan foydalana oladilar. “Saylov huquqi insonning asosiy huquqi bo’lib, dunyoning aksariyat davlatlari tomonidan kafolatlanadi. Bu insonning ajralmas huquqi bo’lib, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno, hech qanday holatda mahrum etilmasligi kerak” deb, keltirilgani ma‟lum. Biz bilgan xalqaro standartlar, konvensiyalar, qonun normalari berilgan muammoli vaziyatga yechim bo‟la olmaydi. Bu narsa jamiyat va siyosat bilan bog’liq holda tahlil etiladi. Biz bu narsani inson huquqlarini birinchi darajaga qo’ygan holda, mahkumlarning ovoz berish huquqini saqlab qolishimiz kerak.

Yüklə 38,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin