Dvigatelni havo bilan sovutish tizimining tuzilishi istiqbollari reja



Yüklə 6,7 Kb.
səhifə1/2
tarix25.08.2023
ölçüsü6,7 Kb.
#140516
  1   2
Dvigatelni havo bilan sovutish tizimining tuzilishi istiqbollari-fayllar.org


Dvigatelni havo bilan sovutish tizimining tuzilishi istiqbollari

DVIGATELNI HAVO BILAN SOVUTISH TIZIMINING TUZILISHI ISTIQBOLLARI
Reja:
1. Dvigatel sovitish tizimining vazifasi.
2. Sovitish tizimining turlari
3. Sovitish tizimining issiqlik miqdorini saqlaydigan qismlar.
4. Sovitish tizimida qo’llanadigan suyuqliklar.
Sovitish tizimi dvigatelning optimal issiqlik rejimini saqlab turish uchun zarur bo’lib, lozim darajadagi issiqlik miqdori esa qizib ketgan detallardan chiqqan harorat hisobiga saqlanib turadi.

Issiqlik belgilangan haroratda ushlab turilmasa dvigatel qizib ketadi, natijada uning quvvati kamayib, yorulg’i sarfi ortadi. Bulardan tashqari, karburatorli dvigatellarda portlab yonish (detonatsiya) yuzaga kelishi mumkin. O’ta qizish oqibatida podshipnik ichqo’ymalarining sidirilishi va erib ketishi, tirsakli val bo’yinlari sirtlarining buzilishi, porshenning tiqilib qolishi va boshqa hodisalar ro’y berishi mumkin. Ikkinchi tomondan, dvigatelni sovib ketishi ham yaxshi emas, chunki buning oqibatida uning yorulg’i tejamkorligi yomonlashadi hamda xizmat muddati sezilarli darajada qisqaradi.


Avtomobil dvigatellarida asosan suyuqlik bilan, ba’zan esa havo bilan ishlaydigan sovitish tizimi qo’llaruladi. Suyuqlik bilan sovitiladigan tizimlarda detallardagi issiqlik avval suyuqlikka beriladi va undan tashqi muhitga (havoga) tarqatiladi. Dvigatel ishlayotgan paytda suyuqlik harorati 85-1000C bo’ladi.
Sovitish suyuqligi silindrlar btoki va uning kallagi bilan hosil bo’lgan qo’shaloq devorlar oralig’idagi bo’shliqda aylanadi. Tirsakli valdan tasma orqali harakat oluvchi nasos suyuqlikning aylanishini ta’minlaydi.

61-rasm. Suyuqlik majburiy ravishda yuruvchi yopiq sovitish tizimining sxemasi


Sovitish suyuqligining aylanish jadalligi termostat yoki sovitish shamolparragini uzish va ulash orqali rostlanadi. Issiqlik sovitish suyuqligidan atrof-muhitga radiator orqali tarqatiladi.
Sovitish suyuqligi sifatida suvdan yoki antifrizdan (etilenglikolning suvli eritmalari) foydalaruladi. “Tosol-A40” va “Tosol-A65”antifrizlarining muzlash harorati -40 va -650C ni tashkil etadi.
Havo bilan sovitiladigan tizimning o’ziga xos husisiyati, issiqlikni atmosferaga bevosita uzatilishdir. Sovitishning kerakli jadalligiga sovitish qavariqlari, shamolparrak va deflektor (havo oqimini o’zgartiruvchi qurilma) yordamida erishiladi. Sovituvchi havo sarfini rostlab turish mumkin. Tizim-tuzilishi va undan foydalanish jihatidan ancha sodda, dvigatel yurgazilgan paytda uni tez isishini ta’minlaydi, og’irligi katta emas. Havo bilan sovitish tizimining kamchiliklariga shamolparrak yuritmasiga sarf etiladigan quvvatning yuqoriligini, ishlaganda shovqin chiqarashini, silindr balandligi bo’yicha issiqlikni bir xilda olib ketilmasligini kiritish mumkin.
Suyuqlik bilan sovitiladigan tizimning tuzilishi
Markazdan qochma turiga mansub bo’lgan suyuqlik nasosi sovitish tizimidagi suyuqliklarning aylanishini ta’minlaydi. Nasosning chig’anoqsimon korpusida parrakli valikpodshipniklarda aylanadi. Valik korpusga va uning qopqog’iga salnik va manjet bilan zichlanadi. U shkiv va tasmali uzatma vositasida aylantiriladi.
Suyuqlik qisqa quvur orqali parrak markaziga keladi va birgalikda aylanadi. Markazdan qochma kuch suyuqlikm markazdan chetga (periferiyaga) qarab uloqtiradi. Natijada parrakning markazida bosim pasayib, chekkalarida ko'tarilib ketadi. Xuddi shu bosimlar farqi hisobiga suyuqlikning sovitish tizimidagi aylanishi amalga oshadi. Radiator dvigateldan issiqlikni olib ketuvchi suyuqlikni sovitish uchun mo'ljallangan. Sovitish, pastki va yuqorigi bakchalarni birlashtirib turuvchi o'zakni (serdsevina), havo bilan puflash hisobiga sodir bo'ladi. O'zak jez, mis yoki aluminiy trubkalardan va jez yoki po'lat-dan tayyorlangan sovituvchi qa-variqlardan iborat.

62-rasm. Markazdan qochma suyuqlik nasosi


Radiator o'zagini havo bilan puflash jadalligini haydovchi o'rnidan rostlash mumkin. Buning uchun richaglar tizimi va dastakli tros yordamida jalyuz tabaqalarining holati o'zgartiriladi.
KaMAZ, “Jigulli”, GAZ- 24 "Volga" va AZLK-2140 avtomobillarining sovitish tizimiga, sovitish suyuqligi “Tosol”ni isishi (dvigatel ishlaganda) va sovishi (dvigatel to'xtagandan so'ng) tufayli hajmining o'zgarishini kompensatsiyalash uchun mo'ljallangan kengayish idishi o'rnatiladi.
KaMAZ-740 dizeli tizimidagi kengayish idishida (22), "Tosol" sovitish suyuqligi sathini nazorat qiluvchi kran mavjud. Idish qopqog’i kiritish va chiqarish klapanlariga ega. Yuqorigi bakchaning quyish bo'g'zi radiator qopqog’i bilan berkitiladi. Qopqoqqa chiqarish (bug' chiqarish) va o'tkazish klapanlari o'rnatilgan. Sovitish suyuqligi harorati o'zgarishi bilan (demak, hajmi ham o'zgaradi), u bemalol klapan orqali, radiatordan kengayish idishiga o'ta oladi yoki aksincha. Agar suyuqlikning harorati 100°C dan ortib ketsa, o'tkazuvchi klapan bug'lar bosimi hisobiga yopiladi. Ammo tizimdagi bosim 0,05 MPadan ortgandan so'ng, chiqarish klapani ochiladi-da, qaynagan suyuqlikning bug'lari kengayish idishi tomon yo'naladi va o'sha yerda ular kondensatsiyalanadi (bug'dan suvga aylanadi).
Shamolparrak atmosfera havosini radiator o'zagi orqali so'rib, radiatorni puflanishini ta'minlaydi. Shamolparrak qanotlari yassi (listli) po'latdan yoki plastmassadan tayyorlanadi va Shamolparrak yuritmasiga sarflanadigan quvvatni kamaytirish uchun ularga maxsus shaki beriladi. Shamolparrak yuritmasi tirsakli valdan ponasimon tasmali uzatma vositasida harakat oladi.

Yüklə 6,7 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin