Ekologiya fanining rivojlanish tarixi



Yüklə 40,82 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix07.01.2024
ölçüsü40,82 Kb.
#211094
  1   2   3   4


 
 
Proceedings of International Conference on Scientific Research in Natural and Social Sciences 
Hosted online from Toronto, Canada. 
Date: 
5
th
October, 2022 
ISSN: XXXX-XXXX
Website:
econferenceseries.com
143 | 
P a g e
EKOLOGIYA FANINING RIVOJLANISH TARIXI 
Xudayberganov Ma'ruf Olimkulovich 
Surxondaryo viloyati Jarqo'rg'on tumani 
Termiz davlat universitetining Tarix fakulteti talabasi 
 
Annotatsiya 
Ushbu maqolada Ekologiya fanining kelib chiqishi hamda rivojlanish tarixi haqida 
ma'lumotlar berilgan. 
 
Kalit so'zlar:
Ekologiya,ekologik tushuncha,o'simliklar,hayvonot olami,tabiiy 
resurslar,antik davr. 
Tirik organizmlarning hayoti tashqi muhitga bog‘liqligi qadimdan ma’lum. Antik 
davrda yashagan faylasuflarning asarlarida hayvonlarning turli instinktlari, baliqlar 
va qushlarning migratsiyalari, o‘simliklarning tashqi qiyofasi tuproq va iqlim 
sharoitlari bilan bog‘liqligi haqidagi ma’lumotlar keltiriladi. 
Dastlabki ekologik tushunchalar qadimgi yunon olimlari asarlarida qayd etilgan 
bo‘lib, ularning ishlarida biz ekologik yo‘nalishlarni ko‘ramiz. Lekin ular 
«Ekologiya» terminini ishlatishmagan. Aristotel (eramizdan 384 - 322 yil avval), 
qadimgi yunon faylasufi Teofrast (371-280 yil) hayvon va o‘simliklarni yashash 
sharoitiga bog‘liq holda ko‘rib chiqishgan, Aristotel 500 tur hayvonlarni o‘rganib, 
ularning hulq-atvori, ko‘chib yurishi haqida, Teofrast – o‘simliklarning shakli va 
o‘sishi - iqlim, tuproq sharoitiga bog‘liqligini haqida ma’lumotlar berishgan.O‘rta 
asrlarda O‘rta Osiyoda yashab ijod etgan olimlardan al-Xorazmiy, Farobiy, Beruniy, 
Ibn Sino va boshqalar tabiiy fanlarining rivojlanishiga katta hissa qo‘shganlar. Ular 
hali ekologiya fani dunyoga kelmagan davrda tabiat va undagi muvozanat, o‘simlik 
va hayvonot dunyosi, tabiatni e’zozlash haqidagi o‘zlarining qimmatli fikrlarini 
aytib o‘tganlar.[1] 
Buyuk alloma Muhammad Muso Al - Xorazmiy (782 - 847 y) risolalaridan birida 
shunday deb yozadi: «Bilingki, daryoning ko‘zlari yoshlansa, uning boshiga g‘am, 
kulfat tushgan bo‘ladi. Odamlar, daryodan mehringizni darig‘ tutmanglar». Bunda u 
nimani nazarda tutdi? Ehtimol, u daryo suvining ortiqcha isrof bo‘lishini nazarda 
tutgandir. Vaholanki u zot eng avvalo daryo bilan odamlarning bir - birini 
tushunishlari va til topishlari, o‘zaro mehr - muhabbat qo‘yishlarini nazarda tutgan. 
U o‘zining «Kitob surat al-arz» asarida dunyo okeanlari, qit’alar, qutblar, ekvator, 



Yüklə 40,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin