Rus olimlari A.O.Kovalevskiy va I.I.Mechnikov CH.Darvinning evolyusion nazariyasi bilan qurollanib embriologiyaga bir talay yangiliklar kiritdilar. Ular hayvonot dunyosining birligini yana bir bor tasdiqlab evolyusion gistologiya va embriologiyaga asos soldilar.
Urug'lanish – deb erkak va ayol jinsiy hujayralari (gameta)ning qushilib yangi sifatli hujayra – zigota hosil bo'lishiga aytiladi.
Shunday qilib, urug'lanish jarayonida spermatozoid tuxum hujayraga ota organizmining irsiy belgilarini soqlovchi yadrodan tashqari sentrasoma va mitoxondriyalarni ham olib keladi.
Gastrulatsiya bosqichlari va embrion rivojlanishi.
Bir qavatli embrionning (pusht, blastulaning) uch qavatli pusht – gastrulaga aylanishi gastrulyatsiya deyiladi. Gastrulyatsiyaning usullaridan biri invaginatsiyadir (ichiga tortilishi).
Invaginatsiya moxiyat e’tibori bilan shundan iboratki, blastulaning bitta yarim shari tortilib ikkinchisining ichiga kiradi, natijada shar o‘rniga qo‘sh devorli kosaga o‘xshagan xosila paydo bo‘ladi. Tashqi qavati tashqi embrion varag‘i (birlamchi ektoderma), ichki qavati esa ichki embrion varag‘i (birlamchi endoderma) deb ataladi.
Odamda gastrulyatsiyaning ikki bosqichi bor. Birinchi bosqichida (8 kuni) embrioblastning bir qismi amnion yoki amniotik pufakcha deb ataladigan xosilaga aylanadi. Uning tubi ektodermadan yuzaga kelgan bo‘ladi, tubi tagida joylashgan entoderma esa sariklik pufakchasini hosil qiladi. Ikkala embrion varag‘i shu joyda birgalikda embrion qalqonchasi, ya’ni embrion tanasini paydo qiladi.
Ikkala embrion varag‘i shu joyda birgalikda embrion qalqonchasi, ya’ni embrion tanasini paydo qiladi. Amniotik pufakchaning qopqogi hamda yon qismlari birgalikda tanasini paydo qiladi.