Endokrin tizimi filogenezi va buzilishlari,
Reja:
Endokrin sistemasi kasallik sabablari, turlari va mehanizmi.
Gipofiz kasalligi – belgilari.
Qalqonsimon bez kasalligi
Endokrin sistema faoliyati buzilishining asosiy sabablari. Endokrin sistemasi funksiyasi buzilishini chaqiruvchi etiologik omillar xilma-xildir. Ko’pincha endokrin sistemasi asab faoliyatining birlamchi buzilishi natijasida paydo bo’ladi. Ruhiy-asab shikastlanishlari natijasida oliy asab sistemasining buzilishi, qalqonsimon bez kasalligiga, Bazedov kasalligiga yoki me'da osti bezi shikastlanishiga va qandli diabetga olib kelishi mumkin. Endrokrin bez faoliyatining buzilishi bosh miya po’stloq qismi va unga yaqin po’stloq osti markazlarining yallig’lanish jarayonlari, travmalari, qon quyilishlari, yoki miya tomirlari trombozi rivojlanishi natijasida kelib chiqadi. Ana shu jarayonlar ko’pincha gipotalamusni qamrashi mumkin. Endokrin sistema faoliyatining og’ir buzilishlari gipofiz o’smalari yoki undagi sil yallig’lanishi qon quyilish va hokazolarda paydo bo’ladi. Davolash maqsadida organizmga periferik endokrin bezlari gormoni uzoq vaqt berilishida (quyiga qaralsin), och qolishda ayniqsa oqsil ochligida gipofiz atrofiyasi yuzaga kelishi mumkin. Periferik bezlari faoliyati ularda o’smalar, yallig’lanishlar, shikastlanishlar paydo bo’lishda autoallergik shikastlanishlarda, gormonlar paydo bo’lishi uchun kerakli moddalarning (oqsil, yod, rux va hokazo) yetishmasligida buziladi. Ayniqsa bu birikmalarni homiladorlik davridagi yetishmovchiligi xavflidir. Masalan, homilador ayolda yod yetishmasligi qalqonsimon bez faoliyatining pasayishiga homila to’qimasi takomilashu-vining buzilishiga va bolani qalqonsimon bez rivojlanmas-dan tug’ilishiga olib keladi. Buzilishlar periferik to’qima darajasida qolishi va ularda gormonlarga nisbatan sezgirlik kamayishi mumkin. Masalan, buyrakni ADG ga nisbatan sezgirligini kamayishi ma'lum va u diurezni keskin ko’payishi va suv yo’qotilishiga olib keladi (qandsiz siydik ajralishining ko’payishi).
Endrokrin sistema funksiyaning buzilish mexanizmlari. Endokrin bezlar faoliyatining turli shakllarda buzilishi asosida bir necha umumiy mexanizmlar mavjud. Muhim mexanizmlardan biri endokrin asab sistemasining o’zaro munosabati buzilishi hisoblanadi. Masalan asab-ruhiy shikastlanishlar natijasida markaziy asab sistemasi faoliya-tining buzilishi qalqonsimon bezning ortiq darajada ish-lashga va tiretoksikoz rivojlanishiga olib keladi. Shuning bilan birga qalqonsimon bez faoliyatining susayishi (masalan nasliy gipotireoz) markaziy asab faoliyatining buzilishiga va aqliy pasayishga (tireopriv kretinizm) olib keladi.
Endokrin buzilishlarining ikkinchi muhim mexanizmiga endokrin sistema ichida o’zaro munosabatining buzilishi, ya'ni endokrin bezlar va ularning gormonlari bog’lanishlarining buzilishi kiradi. Endokrin sistemasining normal faoliyati asosida bezlar o’rtasida musbat va manfiy bog’lanishlar yotadi. Musbat bog’lanish misoliga qaysidir trop (oziqlantiruvchi) gormoni periferik endokrin beziga nisbatan rag’batlantiruvchi ta'siri, masalan adeno-gipofizning TTG gormoni qalqonsimon bezga ta'sirini (bevosita musbat bog’lanish) ko’rsatish mumkin. Manfiy bog’lanish misoliga qalqonsimon bez gormonining, jumladan troksinni adenogipofizga susaytiruvchi ta'siri va TTG ishlab chiqarilishi kamayishini ko’rsatish mumkin (manfiy teskari bog’lanishi). Bu bog’lanishlar muhim moslashuv ahamiyatiga ega bo’ladi. Masalan, organizmga stress omillar ta'sir etilishida adenogipofiz tomonidan AKTG ishlab chiqarilish kuchayadi. AKTG glyukokor-tioksidalar paydo bo’lishi va uni qonga tushishini kuchaytiradi va ular o’z navbatida AKTG ga hosil bo’lishini susaytiradi. Shuning bilan birga patologik sharoitda bunday moslashuv bog’lanishi endokrin sistemasi faoliyati buzilishi mexanizmi bo’lib qolishi mumkin. Jumladan davolash maqsadida periferik endokrin bezlar gormonining (tiroksin, kortikosteroidlar yoki jinsiy gormonlar) noto’g’ri jo’natilishida tegishli trop gormonlari ishlab chiqarilishi susayadi va buning natitjasida periferik bezlar — qalqonsimon bez, buyrak usti bezining po’stloq qismi yoki jinsiy bezlar atrofiyasi rivojlanadi. Bunday mexanizm ko’pincha bir emas bir guruh bezlar funksiya-sining buzilishiga olib keladi.
Endokrin sistemasi faoliyati buzilishilarining uchinchi mexanizmi ichki sekresiya bezlari bilan organlar («nishon organlar») o’rtasidagi bog’lanishining buzilishi hisoblanadi. Bu mexanizm gormonlar transporti buzilishi parchala-nishini o’z ichiga oladi.
Endokrin bezlar faoliyatining buzilishi ikki asosiy shaklda: giperfunksiya (ortiqcha funksiya) va gipofunksiya (etarli bo’lmagan funksiya) bilan namoyon bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |